ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Davlat tili rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan adliya tizimi xodimlari taqdirlandi

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan davlat tili rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xodimlar taqdirlandi.

Bunda xodimlarning davlat tili to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqishdagi ishtiroki, ma’naviy-ma’rifiy va kitobxonlik tadbirlardagi faolligi, davlat tiliga bo‘lgan munosabati orqali ibratli hayot yo‘li e’tirof etildi.

Bayram munosabati bilan adliya organlari va muassasalarining jami 10 nafar xodimlarga adliya vaziri Akbar Toshqulov imzosi bilan tashakkurnomalar topshirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri “Situatsion markaz” hamda yuridik texnikum faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlari faoliyatini doimiy kuzatib boruvchi “Situatsion markaz” bilan tanishdi.

Markazda aholiga tezkor va sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish ahvoli doimiy nazorat qilib boriladi.

Shuningdek, Akbar Toshqulov ta'mirlanishi yakunlanayotgan yuridik texnikum binosini ko‘zdan kechirdi.

Adliya vaziri ta'mirlash ishlarini olib borayotgan korxona mutasaddilari bilan muloqot qilib, mazkur dargoh har tomonlama zamonaviy innovatsion texnologiyalarni o‘zida mujassamlashtirishi va qurilish ishlarida e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun, 25-oktabr kuni Adliya vazirligida “O‘zbekistonda yuridik yordam mexanizmlarini mustahkamlashning hamkorlik yo‘li” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida davlat tomonidan moliyalashtiriladigan yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq so‘nggi o‘zgarishlar muhokama qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Iqtibos

Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov:

— Bugungi kunda "pro bono" doirasida advokatlar tomonidan ham bepul, beg‘araz yuridik yordam ko‘rsatib kelinmoqda, yuridik sohada ta'lim beruvchi oliy ta'lim muassalari qoshida tashkil etilgan yuridik klinikalar va “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan ham aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish sohasida samarali ishlar olib borilmoqda.

Masalan, 2023-yilning birinchi yarmida 100 ming nafardan ortiq fuqarolarga “Madad” NNT tomonidan bepul yuridik yordam ko‘rsatilgan. 2022-yilda advokatlar tomonidan 111 055 nafar fuqarolarga "pro bono" doirasida bepul beg‘araz yuridik yordam ko‘rsatilgan.

Adliya vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi loyihalari ham ushbu sohaning rivojlanishi uchun o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi yangiliklar

AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida shu mavzuda brifing bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi taqdim etadi.

Inson kitob bilan, kitob inson bilan tirik!

@adliyangiliklari