ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Nishon tumanidagi mahalla "beshligi" bilan uchrashdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Nishon tumanidagi "Ulug‘bek" mahallasida bo‘lib, fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektorlaridan iborat mahalla "beshligi" bilan muloqot qildi.

Muloqot davomida yuzaga kelayotgan muammolar, sohaga oid qonun hujjatlarini ijrochilarga yetkazilishi ahvoli hamda mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat tili rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan adliya tizimi xodimlari taqdirlandi

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan davlat tili rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xodimlar taqdirlandi.

Bunda xodimlarning davlat tili to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqishdagi ishtiroki, ma’naviy-ma’rifiy va kitobxonlik tadbirlardagi faolligi, davlat tiliga bo‘lgan munosabati orqali ibratli hayot yo‘li e’tirof etildi.

Bayram munosabati bilan adliya organlari va muassasalarining jami 10 nafar xodimlarga adliya vaziri Akbar Toshqulov imzosi bilan tashakkurnomalar topshirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri “Situatsion markaz” hamda yuridik texnikum faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlari faoliyatini doimiy kuzatib boruvchi “Situatsion markaz” bilan tanishdi.

Markazda aholiga tezkor va sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish ahvoli doimiy nazorat qilib boriladi.

Shuningdek, Akbar Toshqulov ta'mirlanishi yakunlanayotgan yuridik texnikum binosini ko‘zdan kechirdi.

Adliya vaziri ta'mirlash ishlarini olib borayotgan korxona mutasaddilari bilan muloqot qilib, mazkur dargoh har tomonlama zamonaviy innovatsion texnologiyalarni o‘zida mujassamlashtirishi va qurilish ishlarida e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun, 25-oktabr kuni Adliya vazirligida “O‘zbekistonda yuridik yordam mexanizmlarini mustahkamlashning hamkorlik yo‘li” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida davlat tomonidan moliyalashtiriladigan yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq so‘nggi o‘zgarishlar muhokama qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari