ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi — elektron davlat xizmatlarini joriy qilish bo'yicha eng yaxshi hamkor tashkilot

“ICTWEEK UZBEKISTAN – 2023” AKT
doirasida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan “Raqamli hukumat – hukumat insonlar uchun” sammiti o‘tkazildi.

Tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti ekspertlari, Xitoy, Koreya, Qozog‘iston kabi davlatlardan yetakchi vakillar qatnashdi. Mahalliy ekspertlarning taqdimotlari tinglandi.

Sammitda soha vakillari va faollar davlatning raqamli transformatsiyasi va uning fuqarolar hayotiga ta’siri bilan bog‘liq muhim masalalarni, shuningdek, turli mamlakatlar va mintaqalarda raqamli hukumatlar erishayotgan muvaffaqiyatlar, duch kelinayotgan muammolar hamda imkoniyatlarni muhokama qilindi.

Shu o'rinda, sammit doirasida davlat va xo'jalik tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, raqamlashtirish sohasiga qo'shgan xizmatlari uchun belgilangan nominatsiyalar bo'yicha taqdirlash marosimi o'tkazildi.

Jumladan, Adliya vazirligi "Elektron davlat xizmatlarini joriy qilish bo'yicha eng yaxshi hamkor tashkilot" nominatsiyasida g'olib deb topildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Sirdaryoda quyi tizimlar faoliyatini o‘rgandi

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev Sirdaryo viloyatidagi xizmat safari davomida Boyovut, Guliston, Sardoba, Oqoltin tumanlari, Shirin shahar adliya boʻlimlarida boʻlib, jismoniy va yuridik shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanishlari uchun mavjud imkoniyatlar, nogironligi boʻlgan fuqarolarga yaratilgan qulayliklar, davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatilayatgan yuridik xizmatlar sifati, FHDY idoralarida aholiga xizmat koʻrsatish jarayoni, FHDY arxivida hujjatlarning saqlanishi holatini oʻrgandi.

Shuningdek, tizim xodimlari bilan suhbatlashib, jamoaviy birdamlik ruhini koʻtarish, kasb etikasiga rioya qilish va xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish koʻnikmalarini rivojlantirish, o‘z ustida ishlash hamda kasbiy bilim va malakani oshirish, eng muhimi xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish zarurligi taʼkidlandi.

Muloqotda quyi tuzilmalar faoliyatida duch kelinayotgan tizimli muammolar tahlil qilinib, ularning yechimi yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi hamda o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Qashqadaryo viloyatdagi adliya tuzilmalari faoliyatini o‘rgandi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hisobot

Adliya sarhisob: 2023-yilning 9 oyida huquqni qo‘llash va inson huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar

Batafsil infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Nishon tumanidagi mahalla "beshligi" bilan uchrashdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Nishon tumanidagi "Ulug‘bek" mahallasida bo‘lib, fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektorlaridan iborat mahalla "beshligi" bilan muloqot qildi.

Muloqot davomida yuzaga kelayotgan muammolar, sohaga oid qonun hujjatlarini ijrochilarga yetkazilishi ahvoli hamda mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat tili rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan adliya tizimi xodimlari taqdirlandi

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan davlat tili rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xodimlar taqdirlandi.

Bunda xodimlarning davlat tili to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqishdagi ishtiroki, ma’naviy-ma’rifiy va kitobxonlik tadbirlardagi faolligi, davlat tiliga bo‘lgan munosabati orqali ibratli hayot yo‘li e’tirof etildi.

Bayram munosabati bilan adliya organlari va muassasalarining jami 10 nafar xodimlarga adliya vaziri Akbar Toshqulov imzosi bilan tashakkurnomalar topshirildi.

@adliyangiliklari