This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
Ma’muriy shikoyat qanday shaklda beriladi?
— Ma’muriy shikoyat yozma, og‘zaki yoki elektron shaklda beriladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 8-yanvardagi O‘RQ-457-son Qonuni.
@adliyangiliklari

#Adliyadan_javob
❓ Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun nima asos bo‘ladi?
— Talabnoma beruvchi tomonidan arizani tasdiqlashning rad etilishi, shuningdek, davlat xizmatini ko‘rsatishda patent bojini to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Talabnomani qabul qilishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
____
❓ Qanday belgilar tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin?
— Tasvirlar, so‘zlar, muayyan shakl tarzidagi belgilar va boshqa belgilar yoki ularning istalgan bir rangdagi yoki turli rangdagi jamlama ifodasi tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
___
❓ Tasviriy belgilarga qanday belgilar kiradi?
— Tasviriy belgilarga jonli mavjudotlar, predmetlar, tabiiy va boshqa obyektlar tasvirlari, shuningdek, chiziqlar, dog‘lar, har qanday figuralarning tekislikdagi kompozitsiyalari (hajmlilaridan tashqari) kiradi.
____
❓ So‘zli belgilarga qanday belgilar kiradi?
— So‘zli belgilarga so‘zlar, so‘z ko‘rinishiga ega bo‘lgan harfiy birikmalar (xususan, har qanday ketma-ketlikdagi unlilar va undosh tovushlarning bo‘g‘in hosil qiluvchi birikmalari), so‘z birikmalari, gaplar, shuningdek, ularning birikmalari kiradi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 480-son qarori.
@adliyangiliklari
— Talabnoma beruvchi tomonidan arizani tasdiqlashning rad etilishi, shuningdek, davlat xizmatini ko‘rsatishda patent bojini to‘lamaslik davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Talabnomani qabul qilishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
____
— Tasvirlar, so‘zlar, muayyan shakl tarzidagi belgilar va boshqa belgilar yoki ularning istalgan bir rangdagi yoki turli rangdagi jamlama ifodasi tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
___
— Tasviriy belgilarga jonli mavjudotlar, predmetlar, tabiiy va boshqa obyektlar tasvirlari, shuningdek, chiziqlar, dog‘lar, har qanday figuralarning tekislikdagi kompozitsiyalari (hajmlilaridan tashqari) kiradi.
____
— So‘zli belgilarga so‘zlar, so‘z ko‘rinishiga ega bo‘lgan harfiy birikmalar (xususan, har qanday ketma-ketlikdagi unlilar va undosh tovushlarning bo‘g‘in hosil qiluvchi birikmalari), so‘z birikmalari, gaplar, shuningdek, ularning birikmalari kiradi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 480-son qarori.
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Davlat xizmatlari yangiliklari
#Infografika
#FHDY_xizmatlari
#Bu_qiziq
💍Oʻzbekistonda qayd etilgan nikohlar boʻyicha oʻrtacha nikoh yoshi haqida ma'lumot
🗓 2023-yilning 9 oyi davomida FHDY organlari tomonidan respublika boʼyicha 184 469 ta nikohlar qayd etilgan.
🤔 Shundan 168 707 tasi birinchi marotaba qurilgan nikohlarni tashkil qiladi.
O'RTACHA NIKOH YOSHI:
Erkaklar — 26 yosh
Ayollar — 22 yosh
📈 Batafsil, yuqoridagi infografikada👆
😄 Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#FHDY_xizmatlari
#Bu_qiziq
💍Oʻzbekistonda qayd etilgan nikohlar boʻyicha oʻrtacha nikoh yoshi haqida ma'lumot
O'RTACHA NIKOH YOSHI:
Erkaklar — 26 yosh
Ayollar — 22 yosh
https://t.me/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirining O‘zbek tili bayrami munosabati bilan bayram tabrigi
Til bu millatni millat sifatida ko‘rsatadigan, milliy o‘zlikni ifodalaydigan, tarixiyu bugunini bog‘laydigan vositadir. Shu ma’noda tilni asrash, sof o‘zbek tilini barcha jabhalarda birdek qo‘llanishini ta’minlash barchamiz uchun birdek muhim.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ko‘plab soha va tarmoqlar kabi ona tilimiz qadri va nufuzini yanada oshirish borasidagi siyosat va amaliy ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Buning tasdig‘ini o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va obro‘-e’tiborini tubdan oshirish bo‘yicha qabul qilingan tarixiy farmon va qarorlar misolida yaqqol ko‘rish mumkin.
Yurtimizdagi barcha idoralar va tashkilotlarda davlat tilida ish yuritilishini ta’minlashda sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi. Xususan, Adliya vazirligida barcha hujjatlar davlat tilida yuritiladi. Boshqaruvdan tortib eng kichik bo‘g‘inlargacha ish yurituvini lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida olib borishga jiddiy e’tibor qaratiladi.
O‘ylaymanki, bugun mamlakatimizdagi barcha sohalarda, barcha jabhalarda o‘zbek tilining nufuzini oshirish bo‘yicha ana shunday keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Shunday sa’y-harakatlar natijasida ona tilimiz nafaqat mamlakatimizda, balki jahon miqyosida ham o‘zining munosib o‘rni va mavqeiga ega bo‘lib bormoqda.
O‘zbek tili ko‘p marta Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak minbarlarida, ulkan siyosiy sammit va uchrashuvlarda baralla yangrab kelmoqda. Chin ma’noda ona tilimiz tinchlik, do‘stlik va hamkorlik vositasiga aylanib borayapti va bu barchamizga g‘urur, faxr, iftihor bag‘ishlaydi.
Avlodlar, asrlar osha qancha o‘zgarish va evrilishlarni ko‘rib, taraqqiy etib, mustahkamlanib borayotgan tilimizning bundan keyin ham qadri tobora oshaversin, nufuzi yuksaklika ko‘tarilaversin!
Qadrli yurtdoshlar, barchangizni Adliya vazirligi nomidan 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etaman! Ona tilimizga bo‘lgan hurmat-ehtirom, e’tibor doimiy bo‘lsin.

#Adliya_onlayn
💬 Ayni vaqtda "Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati erkinligini ta'minlash bo‘yicha joriy qilingan huquqiy mexanizmlar" mavzusida onlayn muloqot boshlandi.
Onlayn-translyatsiya 👉 https://www.youtube.com/watch?v=yWXykgOAsqU
@adliyangiliklari
💬 Ayni vaqtda "Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati erkinligini ta'minlash bo‘yicha joriy qilingan huquqiy mexanizmlar" mavzusida onlayn muloqot boshlandi.
Onlayn-translyatsiya 👉 https://www.youtube.com/watch?v=yWXykgOAsqU
@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
📹 Qiziltepa tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan tadbirkor Abdug‘affor Mansurovga 1 milliard so‘mga yaqin pullari undirib berildi
@adliyangiliklari
📹 Qiziltepa tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan tadbirkor Abdug‘affor Mansurovga 1 milliard so‘mga yaqin pullari undirib berildi
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Adliya vaziri o‘rinbosari Sirdaryo viloyatida adliya bo‘limlari faoliyati bilan tanishmoqda
Bugun adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Sayxunobod, Mirzaobod, Sirdaryo tumanlari adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari ish faoliyati bilan tanishdi.
Vazir o‘rinbosari dastlab Sayxunobod tuman davlat xizmatlari markazida bo‘lib, bu yerda aholi va tadbirkorliklarga yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik baza, fuqarolar uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlar burchagining mavjudligi, binoning kuz-qish mavsumiga shayligi holatini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan suhbatlashib aholi va tadbirkorlik subyektlari ehtiyojlarini to‘liq qanoatlantirishga to‘sqinlik qilayotgan ayrim tizimli muammolar o‘rganildi hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yana-da yaxshilash bo‘yicha takliflari tinglandi.
Vazirlik masʼullarining tuman adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari bilan muloqotida sohada kuzatilayotgan mavjud muammolar atroflicha tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuvlar davomida xodimlar tomonidan sohani takomillashtirish, kasbiy bilim va malakani oshirish, aholiga huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yana-da yaxshilash bo‘yicha o‘rtaga tashlangan taklif va mulohazalar muhokama qilinib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

#Adliya_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Advokatning kasb etikasi qoidalari loyihasi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining Ustaviga muvofiq Advokatlar kasb etikasi qoidalarini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Advokatlar palatasi Konferensiyaning mutlaq vakolatlaridan biri hisoblanadi.
“Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, Adliya vazirligi o‘z vakolatlari doirasida advokatlik tuzilmalari va Advokatlar palatasining faoliyatiga ko‘maklashadi.
Advokatning kasb etikasi qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo‘lishi mumkin emas.
“Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq advokat o‘z professional faoliyatida amaldagi qonunchilik talablariga, Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etishi shart.
Adliya vazirligi Advokatning kasb etikasi qoidalari loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga zid kelmasligini ta’minlashda ko‘maklashishini ma’lum qiladi.
Adliya vazirligi
Axborot xizmati

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest
📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.
@adliyangiliklari
📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Xalqaro hamkorlik: DXM xodimlari rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganadi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) o‘rtasida “Samarali davlat boshqaruvi” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur loyiha doirasida 2023—2026-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo‘lib, unda Samarqand va Farg‘ona viloyatlari pilot hudud sifatida tanlab olingan. Bunda asosiy e’tibor mazkur hududlardagi davlat xizmatlari markazlari (DXM) xodimlarining bilim va saviyasini oshirish hamda onlayn xizmatlar ulushini oshirishga qaratilgan.
Loyiha rahbari Viktor Kessler amaliy tashrif bilan joriy yilning 23-oktabr kuni mazkur qo‘shma dastur doirasida Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida bo‘ldi.
👉Batafsil

#Adliya_hisobot
Adliya sarhisob: 2023-yilning 9 oyida norma ijodkorligi sohasida amalga oshirilgan ishlar
Batafsil infografikada