ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati va ijtimoiy innovatsiyalar bo‘yicha davlat agentligi raisi bilan uchrashdi

👉
Batafsil

🌐 На русском

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasi davlat xizmatlari markazlari faoliyati bilan tanishdi

Ayni vaqtda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati va ijtimoiy innovatsiyalar boʻyicha davlat agentligi raisi Ulvi Mehdiyev boshchiligidagi delegatsiyasi Oʻzbekistonda ishchi tashrif bilan boʻlib turibdi.

Tashrif doirasida delegatsiya Chilonzor tumani davlat xizmatlari markazi faoliyati hamda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan tanishdilar.

Xususan, fuqarolarga davlat xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirish va optimallashtirish maqsadida Markazlardagi elektron navbat uskunalarida (Q-matic) xizmatlardan foydalanishda toifalarga ajratgan holda navbat olish imkoniyati va “Navbatsiz xizmat maskanlari” shular jumlasidandir.

Tanishish davomida, elektron hujjat almashinuvining yoʻlga qoʻyilishi natijasida qogʻoz va vaqt sarfining kamayishiga erishilganligi, FHDY organlari va notarius tizimlari faoliyatining raqamlashtirilishi, kompazit va proaktiv davlat xizmatlari yaratilishi natijasida aholiga yaratilayotgan qulayliklar haqida aytib o'tildi.

Shu bilan birga, tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish tizimining takomillashtirilishi hamda “Litsenziya” axborot tizimida yaratilayotgan litsenziya, ruxsatnoma va xabardor qilish tartibidagi davlat xizmatlari natijasida tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, xorijiy fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga xorijiy konsulliklar orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar, axborot xavfsizligi sohasida olib borilayotgan faoliyat hamda xalqaro hamkorlik yuzasidan batafsil maʼluot berildi.

Samarali muloqot so'ngida tomonlar aholiga davlat xizmatlari koʼrsatish tizimini isloh qilish, xizmat koʼrsatish sohasini rivojlantirish, koʼrsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga takomillashtirish va ushbu sohada hamkorlikni yo‘lga quyish bo‘yicha kelishib oldilar.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri mirzacho‘llik tadbirkorlar bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i tomonidan Marg'ilon hamda Farg'ona shaharlarida sayyor qabul o'tkazildi

Sayyor qabulda Farg'ona, Marg'ilon shaharlaridan, Farg'ona, Quva hamda Toshloq tumanlaridan jami 45 ta fuqaro o'z murojaatlari bilan ishtirok etdi.

Qabul davomida fuqarolardan pensiya tayinlash, kadastr pasportini shakllantirish, kompensatsiya undirish, bog'chaga navbatga qo'yish, moddiy yordam olish, mulk huquqini davlat ro'yxatidan o'tkazish hamda boshqa masalalarga oid murojaatlar kelib tushdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

⚡️Yana bir qog‘ozbozlik endi o‘tmishda. Endilikda, bog‘chaga shakllangan yo‘llanmani olishga Davlat xizmatlari markaziga borish shart emas!

Adliya vazirligi, Maktabgacha taʼlim agentligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi
birgalikda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida yana bir byurokratiyaga chek qo‘yishdi.

Xabaringiz bor, bugungi kunga qadar farzandingizni bog‘chaga joylashtirish uchun yo‘llanmani Davlat xizmatlari markazidan (agar markaz orqali yuborilgan bo‘lsa) olishingiz lozim edi va buning uchun Siz vaqt va mablag‘ kabi omillarga duch kelgansiz.

Yangi tartib bilan bunday ovoragarchiliklar endi bo‘lmaydi!

❓Qanday deysizmi?

Endilikda, yo‘llanma shakllanishi bilan Sizga SMS xabar orqali ariza raqami va maxfiy kod yuboriladi. Ushbu maxfiy kod bilan Siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘chaga borishingiz va mudiraga aytishingiz kifoya.

Asosiysi, Sizga shakllangan yo‘llanmani tasdiqlovchi maxfiy kodi MTM mudirasiga aytilmaguncha u yo‘llanmani ko‘ra olmaydi va bu bilan korrupsiya holatlari oldi olinadi.

Yana bir ahamiyatli jihati, birgina 2022 yilning ozida bog‘chaga joylashtirish uchun 1 405 424 ta, 2023 yilning 9 oyi mobaynida esa 1 022 065 ta yo‘llanma shakllangan. Bu degani, ushbu qulaylik orqali fuqarolarning nafaqat vaqti balki har yili 1.2 milliondan ortiq (6 tonna) qog‘oz tejalishiga erishiladi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#milliy_reyting

Yuridik texnikumlar reytingi

▶️ Namangan viloyati yuridik texnikumi
▶️ Toshkent shahri yuridik texnikumi
▶️ Buxoro viloyati yuridik texnikumi
▶️ Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi
▶️ Toshkent viloyati yuridik texnikumi
▶️ Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi
▶️ Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi
▶️ Jizzax viloyati yuridik texnikumi
▶️ Andijon viloyati yuridik texnikumi
▶️ Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi
▶️ Samarqand viloyati yuridik texnikumi
◀️ Xorazm viloyati yuridik texnikumi
◀️ Navoiy viloyati yuridik texnikumi
◀️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi yuridik texnikumi

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 20-oktabrdan 20-noyabrga qadar «Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish» huquqiy aksiyasi o'tkaziladi.

Huquqiy aksiya doirasida:
🔹 Nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlari OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritiladi;
🔹 Audio-video podkastlar tashkil qilinadi;
🔹 Sayyor qabullar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi;
🔹 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini tiklash bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.

📌 Shuningdek, aksiya yakunlari bo'yicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish maqsad qilingan.

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️“Byudjet tashkilotlari va nodavlat sektorda ishlovchi ayollarga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash masalalari” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi.

🎙Suhbat spikerlari:

➖O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
➖Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
➖Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutaxassislari.


⏰Ovozli chat 20-oktyabr kuni soat 16:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📥Savollaringizni izohlarda qoldiring.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
#Adliya_munosabat

Hozirgi kunda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan avtomobilning old kapoti hamda yon tomon ustunlariga qora rangli plyonka yopishtirganligi natijasida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan MJtKning 125-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi, ya'ni tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositasini boshqarganligi uchun jarima jazosi qo‘llanilganligi hamda avtotransport vositasi bugungi kunga qadar mazkur Kodeksning 291-moddasi asosida vaqtincha ushlab turilganligi ma'lum qilingan.

Mazkur holatda Adliya vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining fuqaroga nisbatan ma'muriy jazo chorasini qo‘llash bilan bog‘liq harakatlari qonunchilik normalariga zid deb hisoblaydi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev hamda Italiya Oliy sudi rahbariyati o‘rtasida nizolarni hal qilishda mediatsiya institutini qo‘llash masalasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda nizolarni sudgacha hal qilishning muqobil imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, sudlarda ish hajmini maqbullashtirishda mediatsiya institutini qo‘llash masalasida tajriba almashildi.

Shuningdek, Italiya tajribasi asosida O‘zbekistonda mediatsiyani yanada rivojlantirish va uning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

@adliyangiliklari