ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.79K videos
39 files
9.61K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Ishchi guruhning Samarqand viloyatiga xizmat safari yakunlandi

Bugun adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Pastdarg‘om, Bulung‘ur, Jomboy, Nurobod tumanlari adliya bo‘limlari davlat xizmatlari markazlari, FHDY bo‘limlari, shuningdek, adliya vazirligi huzuridagi viloyat davlat arxivi ish faoliyati bilan tanishdi. Lo‘nda qilib aytganda, viloyatdagi adliya organlaridagi mavjud sharoitlarni, jarayondagi muammolar hamda davlat xizmatchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Pastdarg‘om tumanidan boshlangan o‘rganish ishlari markazda yo‘lga qo‘yilgan yangi tajriba — “oson”, “o‘rta” hamda “murakkab” toifadagi yo‘laklar hamda boshqa qulayliklar bilan tanishdi. Bundan tashqari, Nurobod, Bulung‘ur, Jomboy tumanlaridagi markazlarda ilk marta yo‘lga qo‘yilgan xorijga chiqish biometrik pasportlarini rasmiylashtirish xizmatini ko‘rsatish jarayoni, mavjud imkoniyatlar ko‘lami, ulardan foydalanishda duch kelinayotgan to‘siqlar, qolaversa, FHDY organlarining bugungi holati, ulardagi xizmatlar sifati hamda ushbu xizmatlarni aholiga taqdim etishda yuzaga kelayotgan noqulayliklar, muammolarni o‘rgandi. Xodimlar bilan birgalikda tahlil qildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish jarayonini sifat jihatidan yaxshilash bo‘yicha zarur tavsiyalar, muhim topshiriqlarni belgilab berdi.

Shuningdek, ishchi guruh viloyat davlat arxivida ham bo‘lib, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning sifati, arxiv hujjatlarini shakllantirish, belgilangan talablar asosida saqlash, xodimlarning ish jarayoni, ularga yaratilgan sharoitlarni ham borib ko‘rdi. Sohadagi mavjud muammo va kamchiliklar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash davomida duch kelinayotgan muammoli holatlar o‘rganildi. Bu borada tizim xodimlarining fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Sirdaryodagi xorijiy investorlar bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Sirdaryo va Oqoltin tumanlarida quyi tuzilmalar faoliyati bilan tanishdi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

"O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Abu-Dabi shahrida o‘tkazilayotgan "Xalqaro Arxivlar Kengashi Bosh Assambleyasi-2023" (ICA CONGRESS ABU DHABI-2023) doirasida Juma Al Majid madaniyat va meros markaziga tashrif buyurdi.
____

Директор агентства «Узархив» Улугбек Юсупов в рамках Генеральной ассамблеи Международного совета архивов-2023 (ICA CONGRESS ABU DHABI-2023), проходящей в Абу-Даби, посетил Центр культуры и наследия «Джума аль-Маджид»

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan fuqaroning murojaatiga yechim topildi

Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi. Bayon qilinishicha, 2017-yilda Uchqo‘rg‘on shahridagi "Do‘stlik" mahallasida joylashgan savdo shaxobchasi bino-inshootlari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olinib, buzib tashlangan bo‘lsada, tuman hokimligi tomonidan hozirgi kunga qadar kompensatsiya pullari to‘lab berilmagan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari