ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.8K videos
39 files
9.63K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini o‘rganish davom etmoqda

Bugun adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyatining Chirchiq shahar hamda Qibray tumani adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organlari hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazida jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan tez, oson va qulay foydalanishlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘lami bilan tanishdi.

O'rganishlar davomida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, tizim masʼullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirish kerakligi ta'kidlandi.

Ishchi guruh tumanlarning davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish bilan bir qatorda DXMga tashrif buyurgan fuqarolar bilan ham muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida aholining davlat xizmatlarini olishda duch kelayotgan muammolar bo'yicha murojaatlari tinglandi va ayrim masalalar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, ishchi guruh vakillari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY organi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirishdi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

🔐7 NAFAR NOTARIUSNING LITSENZIYASI VAQTINCHA TO‘XTATILDI

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2023-yil 28-sentabrdagi 13-son yig‘ilish qaroriga asosan, boshqarma tomonidan

🔴 Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar L.Shukurova, I.Yusupova, U.G‘afforov, M.Xazratkulovga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati "Sirli mijoz" ko'rinishidagi qisqa muddatli tekshirish davomida aniqlangan holatlar bo'yicha 2023-yil 3-oktabrdan e’tiboran 1 oy muddatga,
🔴 Jomboy tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius U.Kadirovga, Oqdaroyo tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius J.Sadullayevga hamda Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius X.Xo‘jamkulovga xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati 2023-yil 3-oktabrdan e’tiboran 2 oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_onlayn_muloqot

💬Onlayn muloqot: Adliya organlari va muassasalarida HR-menejment tizimi: qulaylik va shaffoflik

Onlayn muloqot bugun, 4-oktabr kuni soat 16:00 da vazirlikning Facebook'dagi “Adliya bilan muloqot/Диалог с юстицией” guruhi va yutubdagi “Adliya vazirligi Ministry of Justice” kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.

Mavzu bo‘yicha savollarni @adliyaga_savolbot manzili orqali yuborishingiz mumkin.

Savollarga Inson resurslari boshqarmasi mas'ul xodimlari javob beradi.

❗️ Jonli efir vaqtida mavzuga oid o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan navbatdagi o'rganish Toshkent viloyti Yangiyo'l tumani adliya bo'limida bo'ldi.

Ishchi guruh vakillari tomonidan avvalo davlat xizmatlari markazi binosida yaratilgan sharoitlar, mavjud moddiy-texnik baza ko'zdan kechirildi.

Muloqot mobaynida, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirishdan  tashqari,  markaz binosida kuz-qishga tayyorgarlik ko'rish borasida muhim topshiriqlar  belgilab berildi.

Shuningdek, ishchi guruh vakillari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY organi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, arxiv hujjatlari, FHDY tantanalar uyi holati, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirishdi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘ribosari Sh.Rabiyev Xatirchi tumani adliya organlari faoliyati bilan tanishdi.

Dastlab, Xatirchi tumani davlat xizmatlari markazi faoliyat bilan yaqindan tanishdi. Davlat xizmatlari markaziga kuniga 400—500 nafar fuqaro tashrif buyurgan holda xizmatlardan foydalanadi. Aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun qulaylik yaratish hamda xizmat foydalanuvchilarni ortiqcha vaqtlarini tejash maqsadida alohida yo‘laklar tashkil etilgani ayni muddao ekanligi ta'kidlandi.

Uchrashuvda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularga huquqiy axborotni yetkazish hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda tuman adliya boʻlimi, yuridik xizmat va davlat xizmatlarining faoliyatini yanada jonlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ayniqsa, "Madad" huquqiy ko'mak byurosining aholi va fuqarolarga huquqiy yordami, murojaatchilarga to'g'ri huquqiy yo'nalish va tavsiyalar berishdagi faoliyatining ahamiyati xususida fikr bildirildi. Yuzma-yuz muloqotda har bir xodim bilan suhbatlashilib, sohani yanada rivojlantirish, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha xodimlarning fikr-mulohazalar tinglandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari mahalla "beshligi" bilan uchrashdi

Adliya vaziri o'rinbosari Sh. Rabiyev Xatirchi tumanidagi xizmat safari davomida "Do'stlik" mahallasiga tashrif  buyurib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektorlaridan iborat mahalla "beshligi" bilan muloqot qildi.

Muloqot davomida mahalla beshligi faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar, mahalla faoliyatiga oid qonun hujjatlarini ijrochilarga etkazilishi holati, mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish bo'yicha takliflar eshitildi. Shuningdek, mahalla faoliyatiga oid online-mahalla.uz elektron platformani takomillashtirish bo'yicha fikr- mulohazalar almashildi.

Bundan tashqari hududda prezident hujjatlari ijrosi ta'minlanganlik holati o‘rganilib, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora tadbirlar yuzasidan hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari bilan alohida suhbatlar tashkil etildi.

Advice.uz huquqiy axborot portali bugungi kunda huquqiy axborotni tarqatish, huquqiy xizmatlar, davlat xizmatlari to‘g‘risida aniq va batafsil ma'lumotlarni yetkazib borish, fuqaro murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirish va savol-javoblar tashkil etib borayotgan eng yaxshi elektron manbalardan biri hisoblanadi. Muloqotlar davomida portal imkoniyatlaridan samarali foydalanish, qonunchilik hujjatlarini amaliyotda qo'llash bo'yicha lex.uz hamda "huquqiy axborot" kanallariga ulanishi yuzasidan ham amaliy tavsiyalar berib borildi.

@adliyangiliklari