ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.8K videos
39 files
9.62K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev yoshlar bilan uchrashdi.

Davlatimiz tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtiga mazmun olib kirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan bo‘lib, hozirda yoshlar bilan ishlashning mahalla-tuman-viloyat-respublika tizimi yaratildi.

Shu o'rinda Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan muntazam ravishda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 29-sentabr kuni  adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Toshkent viloyati Zangiota tumanida yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan muammolar va ular duch kelayotgan qiyinchiliklar tinglanib,  har bir yoshga tegishli taklif, tavsiya va maslahatlarni bergan holda ularning muammolari yuzasidan mas’ul tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Aziz ustoz va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy qutlaymiz.

Mamlakat kelajagi, yosh avlod ta'lim-tarbiyasi yo‘lidagi sharafli va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Hurmat bilan
Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Mening_ustozim

✨Adliya xodimlari ustozlarini xotirladi

Shoxidaxon Yuldasheva, Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i: Ustozlarim motivatorim bo‘lishgan. Kreativlik, tashkilotchilik qobiliyatlari ustozlarimdan singgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mening_ustozim

✨Adliya xodimlari ustozlarini xotirladi

Esemurat Kanyazov, Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti boshlig‘i birinchi sinfga borgani va birinchi ustozini xotirladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mening_ustozim

✨Adliya xodimlari ustozlarini xotirladi

Shahnoza Soatova, Adliya vazirining davlat tili bo‘yicha maslahatchisi: Ustozim shogirdining haqqiga, hatto bitta so‘ziga ham xiyonat qilmaydigan inson bo‘lgan...

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mening_ustozim

✨Adliya xodimlari ustozlarini xotirladi

Xayriddin Fayziyev, Adliya vazirligi faxriylar kengashi raisi: Ustozimiz bizga juda mehribon va samimiy inson edi. Ayol bo‘lsa ham biz bilan futbol o‘ynardi...

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mening_ustozim

✨Adliya xodimlari ustozlarini xotirladi

Sevara O‘rinboyeva, Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i: Ustozlarimiz ancha bag‘rikeng, toqatli va sabrli bo‘lishgan...

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mening_ustozim

✨Adliya xodimlari ustozlarini xotirladi

Shuhrat Tursunboyev, “O‘zarxiv” agentligi direktori maslahatchisi: Maktabga bormaslik biz uchun fojia edi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mening_ustozim

✨Adliya xodimlari ustozlarini xotirladi

Hayot Klichev, "Adolat" milliy huquqiy axborot markazi direktori o‘rinbosari: Ustozlarim halol, adolatli, oqibatli bo‘lishni o‘rgatgan

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mening_ustozim

✨Adliya xodimlari ustozlarini xotirladi

Bobur Alixanov, “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bo‘lim boshlig‘i: 6 yoshdan maktabga chiqish uchun maktab direktorimiz bilan shaxmat o‘ynaganman...

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1-oktabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan adliya faxriylari uchun "Farg'ona viloyati bo'ylab sayohat" tashkil etildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_layfxak

Xarid vaqtida original mahsulot bilan kontrafakt mahsulotni farqlashda ikkilanyapsizmi?

📹Mazkur video maslahat bilan tanishish orqali Siz kontrafakt mahsulotni aniqlashda nimalarga e'tibor qaratish kerakligi haqida ma'lumot olishingiz mumkin.
_____________

Затрудняетесь отличить оригинальный товар от контрафакта при совершении покупок?

📹Посмотрев этот видео-руководство, вы сможете получить информацию о том, на что следует обращать внимание при выявлении контрафактного товара.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini o‘rganish davom etmoqda

Bugun adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyatining Chirchiq shahar hamda Qibray tumani adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organlari hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazida jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan tez, oson va qulay foydalanishlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘lami bilan tanishdi.

O'rganishlar davomida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, tizim masʼullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirish kerakligi ta'kidlandi.

Ishchi guruh tumanlarning davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish bilan bir qatorda DXMga tashrif buyurgan fuqarolar bilan ham muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida aholining davlat xizmatlarini olishda duch kelayotgan muammolar bo'yicha murojaatlari tinglandi va ayrim masalalar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, ishchi guruh vakillari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY organi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirishdi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari