ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.8K videos
39 files
9.63K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyati davlat arxivlari faoliyati bilan tanishmoqda

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbarining “Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan O‘zarxiv agentligi Adliya vazirligi tarkibiga o'tkazildi. Bugungi kunda Agentlik tizimidagi arxivlarni adliya organlari bilan uyg‘unlashtirish jarayonlari faol ravishda amalga oshirilmoqda.

Xususan, aholiga arxiv sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini va qulayligini yanada oshirish maqsadida, arxiv organlarini zamonaviy binolar bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu o‘rinda, adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tuman xokimi va sektor mas’ullari bilan birgalikda Shofirkon tuman davlat arxivining moddiy texnik bazasi, hujjatlarni saqlanish holati, arxiv xodimlari tomonidan raqamlashtirilayotgan arxiv hujjatlarini elektron tizimga kiritish jarayonlari bilan tanishib, mavjud muammolar ham o‘rganildi.

Shofirkon tuman davlat arxivi hujjatgohida asosan 1926-yildan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va jamoat tashkilotlarining xujjatlari saqlanmoqda.

Arxivdagi xujjatlar o‘zbek va rus tillarida bo‘lib, arab, lotin va krill alifbolarida yozilgan asl nusxa va nusxalar hamda elektron nusxalardan iborat. Bundan tashqari arxivimizda 14 mingdan ortiq saqlov birlikdagi shaxsiy tarkib hujjatlari saqlanadi.

Respublikadagi arxiv organlarini ham bosqichma-bosqich zamonaviy binolar bilan taʼminlash bir qatorda Shofirkon tuman davlat arxivi ham tez kunlarda yangi binoga oʻtishi rejalashtirilgan.

O‘rganish davomida davlat arxivi sohani tubdan takomillashtirish bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi yuzasidan soha xodimlari bilan muhokama qilindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Shofirkon tumanida zamonaviy davlat xizmatlari markazi binosi foydalanishga topshirildi


Endilikda ushbu markaz orqali fuqarolar 300 dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin boʻladi.

Yangi davlat xizmatlari markazi ham davlat xizmatlaridan eksterritoriallik tamoyili asosida, yaʼni yashash joyidan qatʼiy nazar foydalanish imkonini beradi.

Shu oʻrinda takrorlanmas meʼmoriy dizaynga ega Markaz Shofirkon tumanining 184 000 dan ortiq aholisiga xizmat koʻrsatish uchun barcha shart-sharoitlarga ega.

Yangi binoda adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, FHDY boʻlimi va davlat xizmatlari markazining bir joyda boʻlishi hudud aholisiga yana bir qulaylik yaratadi.

Tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev, Buxoro viloyat hokimi, adliya boshqarmasi rahbariyati va Shofirkon tuman hokimi A.Fayzulloyev, adliya boʻlimi vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishib, Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yilida fuqarolarimizga yaxshi qulayliklar yaratilganligini taʼkidlab oʻtishdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev yoshlar bilan uchrashdi.

Davlatimiz tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtiga mazmun olib kirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan bo‘lib, hozirda yoshlar bilan ishlashning mahalla-tuman-viloyat-respublika tizimi yaratildi.

Shu o'rinda Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan muntazam ravishda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 29-sentabr kuni  adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Toshkent viloyati Zangiota tumanida yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan muammolar va ular duch kelayotgan qiyinchiliklar tinglanib,  har bir yoshga tegishli taklif, tavsiya va maslahatlarni bergan holda ularning muammolari yuzasidan mas’ul tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Aziz ustoz va murabbiylar!

Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy qutlaymiz.

Mamlakat kelajagi, yosh avlod ta'lim-tarbiyasi yo‘lidagi sharafli va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Hurmat bilan
Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Mening_ustozim

✨Adliya xodimlari ustozlarini xotirladi

Shoxidaxon Yuldasheva, Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i: Ustozlarim motivatorim bo‘lishgan. Kreativlik, tashkilotchilik qobiliyatlari ustozlarimdan singgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mening_ustozim

✨Adliya xodimlari ustozlarini xotirladi

Esemurat Kanyazov, Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti boshlig‘i birinchi sinfga borgani va birinchi ustozini xotirladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mening_ustozim

✨Adliya xodimlari ustozlarini xotirladi

Shahnoza Soatova, Adliya vazirining davlat tili bo‘yicha maslahatchisi: Ustozim shogirdining haqqiga, hatto bitta so‘ziga ham xiyonat qilmaydigan inson bo‘lgan...

👉Batafsil

@adliyangiliklari