ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.8K videos
39 files
9.64K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari X.Meyliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatida adliya bo'limlari faoliyatini o'rganish jarayoni davom etmoqda.

Mas'ullar kunning ikkinchi yarmida Navoiy shahri va Konimex tumani adliya bo'limi faoliyati bilan tanishdi.

O'rganish mobaynida, avvalo, binoda xodimlar uchun yaratilgan shart- sharoitlar, moddiy- texnik baza, mavjud qulayliklar ko'zdan kechirildi.

Shundan so'ng, fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatish sifati, xizmatdan foydalanishda ularga yanada qulaylik yaratish imkoniyatlari, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralari va xodimlarning mazkur sohadagi bilm-salohiyati bilan yaqindan tanishildi.

Notarial arxiv hujjatlari saqlanish holati, turkumlanishi, yuridik xizmat ko'rsatish sohasi, adliya bo'limlarida fuqaro murojaatlari bilan ishlash tizimi yuzasidan muloqotlar tashkil etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliyada yoshlar

Bugun Adliya vazirligida bir guruh yoshlar mehmonda bo‘lishdi. Ular uchun "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.

60 nafarga yaqin Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari Adliya vazirligi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Tadbir davomida Adliya organlari tarixi muzeyi, qonun ijodkorligiga mas'ul boshqarmalarga sayohat qilindi.

Vazirlik matbuot xizmatining ish jarayoni bilan yaqindan tanishib, vazirlik media-markazi faoliyatini ko‘zdan kechirishdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari tadbirkorlar bilan uchrashdi

Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Tadbirda Prezidentimizning tadbirkorlar bilan uchrashuvida belgilangan vazifalar kelgusida biznes uchun yanada qulay muhit yaratishi haqida o'zaro fikr almashildi.

Shuningdek, bugungi kunda tadbirkorlar faoliyatiga huquqiy jihatdan yordamlashishga qaratilgan loyihalar, xususan b-advice — tadbirkorlarga bepul huquqiy yordam berishga mo'ljallangan portal, yurxizmat.uz — mustaqil ravishda onlayn shaklda shartnoma, da'vo va talabnoma hujjatlarini tayyorlovchi tizimlar haqida batafsil tushuntirish berildi.

Bundan tashqari, erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va ishchilar bilan ishlab chiqarish joylarida bevosita suhbat o‘tkazildi, ularning muammo va takliflari o‘rganilib, ularni hal qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari