ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.8K videos
39 files
9.64K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan tizimdagi eng quyi bo‘g‘in hisoblangan tuman (shahar) adliya bo‘limlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida doimiy ravishda tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 22-sentabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev sohada kuzatilayotgan mavjud muammolar Qarshi tuman adliya bo‘limi faoliyati misolida atroflicha tahlil qildi.

Adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni tahlil qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari takomillashtirilishini ta‘minlash ekanligi ta‘kidlanib, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, byurokratiya va ortiqcha hujjatbozlikni keskin kamaytirish orqali odamlarni og‘irini engil qilishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishga alohida e‘tibor qaratish kerakligi qayd etildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_birgamiz

Nogironligi bo‘lgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning yarmarkasi ilk bora Samarqandda o‘tkazilmoqda.

Adliyaning ijtimoiy loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan bu yarmarkada butun respublikadan 70 nafar ishtirokchilar qatnashmoqda.

Birinchi kun tafsilotlari videolavhada👆

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari yoshlar bilan uchrashdi

Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan muntazam ravishda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 23-sentabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev Toshkent viloyati Zangiota tumanida yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan muammolar va ular duch kelayotgan qiyinchiliklar tinglanib, har bir yoshga tegishli taklif, tavsiya va maslahatlarni bergan holda ularning muammolari yuzasidan mas’ul tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.

Uchrashuv jarayonida tegishli fuqarolarga zarur tibbiy ko‘riklar tashkil etildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

2013 — 2015-yillarda berilgan haydovchilik guvohnomalarini 2023-yil 30-sentyabrgacha yangisiga almashtirish shart.

Batafsil videoda 👆

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#СМИ_о_нас

Новости 24 | «Мы вместе»: социальный проект Министерства юстиции в поддержку лиц с особыми потребностями

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Sirdaryo tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi

Adliya vazirligi tomonidan tizimdagi eng quyi bo‘g‘in hisoblangan tuman (shahar) adliya bo‘limlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida doimiy ravishda tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 25-sentabr kuni Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov Sirdaryo tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan atroflicha tanishdi.

Adliya bo‘limi xodimlariga aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, qonunchilikdagi yangiliklar, islohotlarni har bir mahallaga va har bir fuqaroga yetib borishini ta’minlash, manzilli targ'ibotni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Sirdaryo tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi faoliyati bilan tanishish asnosida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni ta'minlash, “E-huquqshunos” bilan ishlashdagi afzalliklar, yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlar bilan hamkorlik masallari muhokama etildi.

Shuningdek, davlat xizmatlari markazi, FHDY organida aholiga yaratilgan shart-sharoitlarni ham ko‘zdan kechirildi, shu bilan birga adliya bo‘limiga tashrif buyurgan fuqarolar bilan suhbatlashib, ko’rsatilayotgan davlat xizmatlarinining sifati va samaradorli bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida, bo‘limdagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari