ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.8K videos
39 files
9.64K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari yoshlar bilan uchrashdi

Adliya vaziri o‘rinbosari А. Karimovning Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta'minlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to'xtalib o'tildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida vazir o’rinbosari tomonidan yoshlarni qiynayotgan huquqiy muammolar, xususan tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, subsidiya va kredit olishda ko’maklashish, bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoya kabi masalalarda tumandagi va viloyatdagi mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga ko’rsatmalar berilib, muammolarning hal qilinishi nazoratga olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev yoshlar bilan uchrashdi

Davlatimiz tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtiga mazmun olib kirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan bo‘lib, hozirda yoshlar bilan ishlashning mahalla-tuman-viloyat-respublika tizimi yaratildi.

Shu o'rinda Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan muntazam ravishda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 22-sentabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyevning Toshkent viloyati Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Mahalla fuqarolar yig‘ini binosida hamda yoshlarni uyiga tashrif buyurgan holda tashkil etilgan uchrashuvlarda, har bir yosh bilan yuzma-yuz (tet-a-tet) shaklida suhbatlashildi.

Uchrashuvlar davomida, bugungi kunda yoshlarga berilayotgan eʼtibor hamda ularga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida to‘xtalib, yoshlarni qiynab turgan muammolar, ular duch kelayotgan qiyinchiliklar tinglandi hamda har bir yoshga tegishli taklif, tavsiya va maslahatlarni bergan holda vazirlik vakolati doirasida amaliy yo‘rdam ko‘rsatilishi borasida kelishib olindi.
 
Shu bilan birga, ayrim yoshlarga qiziqish va intilishlaridan kelib chiqqan holda, ularni kelgusidagi ish faoliyatini samarali tashkil etishda ko‘maklashish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari (IT – biznes, SMM) bo‘yicha o‘quv kurslariga yo‘llanma bilan bir qatorda noutbuklar topshirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan tizimdagi eng quyi bo‘g‘in hisoblangan tuman (shahar) adliya bo‘limlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida doimiy ravishda tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning 22-sentabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev sohada kuzatilayotgan mavjud muammolar Qarshi tuman adliya bo‘limi faoliyati misolida atroflicha tahlil qildi.

Adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni tahlil qilib borish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari takomillashtirilishini ta‘minlash ekanligi ta‘kidlanib, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, byurokratiya va ortiqcha hujjatbozlikni keskin kamaytirish orqali odamlarni og‘irini engil qilishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishga alohida e‘tibor qaratish kerakligi qayd etildi.

@adliyangiliklari