ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.81K videos
39 files
9.65K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Ayni kunlarda adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini o‘rganishmoqda, navbatdagi manzil Surxondaryo viloyati bo‘ldi.

Maqsad — fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan tashqari, tizim mas’ullari faoliyati yanada jadallashtirish, byurokratik cheklovlarni qisqartirish, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish qobiliyatlari va stressni boshqarish kabi koʻnikmalarni oshirish hamda yuqori professionallik bilan ularga xizmat koʻrsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishdan iborat.

Joriy yilning 18-sentabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan Surxondaryo viloyatining Termiz shahar, Termiz va Angor tumani adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organi hamda, yuridik xizmat ko‘rsatish markazida bo‘lib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson foydalanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ko‘lami bilan tanishdi.

Shuningdek, davlat xizmatlardan foydalanish uchun tashrif buyurgan fuqarolar bilan muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida aniqlangan muammolar hamda aholi tomonidan berilgan takliflar bo'yicha adliya bo‘limi mas'ullariga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Jumladan aholining huquqiy muammolari bilan joyiga chiqqan holda ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarni uyma-uy yurib hal qilishga ko‘maklashish hamda sayyor qabullarni samarali tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Joriy yilning 18-sentabr kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy me’ros agentligi va uning tizimdagi yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislari uchun huquqiy bilimlarni oshirishga qaratilgan o‘quv kurslar yuzasidan taqdimot o'tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Аdliya_xabari

Vazir o‘rinbosari Qarshi shahridagi kichik sanoat zonasida bo‘ldi

Joriy yilning 18-sentyabr kuni adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev Qarshi shaharda joylashgan “Buyuk Turon” MFYda tashkil etilgan kichik sanoat zonasida boʻlib, u yerda faoliyat koʻrsatib kelayotgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlik subyektlari vakillariga kichik sanoat zonasi faoliyatiga oid qonun hujjatlari mazmun – mohiyati tushuntirilib tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qiziqtirgan savollariga javoblar berildi va ularning faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar va qaonunchilikdagi yangiliklar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari O‘rtachirchiq tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Vazir o'rinbosari tizim xodimlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Bugun, 18-sentabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev Qarshi shahri adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.

Sh.Rabiyev tomonidan adliya organlarining asosiy vazifasi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, aholining huquqiy madaniyatini oshirishda mahallalardagi faollar imkoniyatidan foydalanish, mahalladagi beshlik bilan bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholining huquqiy ongini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, yuridik xizmat ko’rsatish markaz faoliyati bilan tanishib, ulardagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi. “E- huquqshunos” bilan ishlashdagi afzalliklar, yuridik xizmat ko’rsatilayotgan tashkilotlar bilan hamkorlik muhokama etildi.

Shu kuni Qarshi shahridagi davlat xizmatlari markazida bo‘lib, bu yerda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, ko’rsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish burchaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi.

@adliyangiliklari