ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.81K videos
39 files
9.65K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari uchun “Yangi Mehnat kodeksi normalarini amaliyotda qo‘llash masalalari” mavzusida onlayn seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminar Adliya vazirligi mas’ul xodimlari, Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Seminarda yangi Mehnat kodeksi normalarini amaliyotda qo‘llash masalalari, xususan, xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish, hamda ularga mehnat ta'tillari berish bilan bog'liq normalarga alohida to‘xtaldi.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan hamda sohada vujudga kelayotgan mehnat nizolari yuzasidan barcha savollariga mehnat huquqi bo‘yicha ekspertlardan batafsil javoblar olishdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Xalqaro hamkorlik kengaymoqda

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Osiyo sud ekspertiza tarmog‘ining (Asian Forensic Science Network - AFSN) 15-yalpi yig‘ilishi
va «Yorug‘lik va qorong‘ulik: texnologiya dalillarga qarshi» mavzusidagi simpoziumida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori Akram Xalilov boshchiligidagi delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Markaz delegatsiyasi AFSNning yalpi yig‘ilishi va simpoziumining ochilish marosimida ishtirok etdi hamda O‘zbekistonning Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov bilan birgalikda AFSN boshqaruv kengashi vitse-prezidenti, Malaziya Fan, texnologiya va innovatsiyalar vazirligi qoshidagi Ximiya departamenti rahbari Xalima binti Abdul Raxim xonim bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda ikki sud ekspertiza muassasalari o‘rtasida hamda AFSN bilan sud ekspertiza sohasida keng qamrovli hamkorlik masalalari muhokama etilib, O‘zbekistonda sud ekspertiza faoliyatida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilgan natijalar yuzasidan axborot uchrashuv ishtirokchilari e’tiboriga yetkazildi.

AFSNning yalpi yig‘ilishi va simpoziumi davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Biz_kontrafaktga_qarshimiz

Qoraqalpogʻiston Respublikasida kontrafaktga qarshi kurashish doirasida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi

Joriy yilning 12—13-sentabr kunlari navbatdagi kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot tadbirlari Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi yirik savdo majmualarida boʻlib oʻtdi.

Mas’ullar tomonidan kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish va savdoga taklif etishga nisbatan qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari mavjudligi, kontrafakt mahsulotning iste’molchilar va halol tadbirkorlar uchun keltirib chiqaradigan oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, savdo rastalarning har biriga asl mahsulotni tanlash va sotib olish bo‘yicha tayyorlangan “Kontrafakt mahsulotlar katalogi” tarqatildi.

Respublika bo‘ylab profilaktika tadbirlarini amalga oshirishdan maqsad, aholini intellektual mulkka bo‘lgan hurmat hissini kuchaytirish, kontrafaktga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirishdab iborat.

Targʻibot tadbirlari respublikamizning barcha hududlarida davom etmoqda.

👉На русском

@adliyangiliklari
#Adliya_podkast

⚡️“Uy-joy nizolari bilan bog'liq huquqiy masalalar: yangi qurilayotgan uylar misolida” mavzusida audio-podkast boshlandi

🎙Suhbat spikerlari:
➖O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
➖Toshkent davlat yuridik universiteti;
➖“Interlex” advokatlik firmasi mutaxassislari.

Ovozli chatga ulanish 👉 @huquqiy_gap

@adliyangiliklari