ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.2K photos
2.81K videos
39 files
9.66K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Vazirlik va idoralarning huquqiy axborotni tarqatish borasidagi faoliyati baholandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_infografika

Adliya vazirligi tizimida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining joriy etish holati

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev Buxoro viloyatidagi xizmat safari davomida viloyatdagi yuridik texnikum hamda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining hududiy bo‘limida bo‘ldi.

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev Buxoro viloyatdagi yuridik texnikumi binosiga borib, o‘quv muassasasida o‘qish jarayonlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasining ta’minlanganlik darajasi bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, yuridik texnikum faoliyati bilan tanishish jarayonida, mavjud muammolar yuzasidan o‘z tavsiyalarini hamda o‘quvchilarni kelgusida kasbga yo‘naltirishga doir qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Bundan tashqari, Sh. Rabiyev X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Buxoro viloyati bo‘limi binosiga ham tashrif buyurib, bo‘limdagi mavjud imkoniyatlar, sud ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishda mavjud uskuna va jihozlar bilan ta’minlanganlik holatlari bilan yaqindan tanishdi.

Markazning Buxoro viloyati bo‘limi faoliyati bilan tanishish davomida, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jismoniy va yuridik shaxslar hamda advokatlarga sud ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, yangi ekspertiza turlarini joriy qilish va zamon talablariga mos bo‘lgan uskuna va jihozlar bilan ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari Buxoro viloyatida joylashgan kichik sanoat zonasi faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev Buxoro viloyatidagi kichik sanoat zonasining vakillari bilan uchrashib, uning faoliyati, ishlab chiqarish maydonlari, muhandislik-texnik kommunikatsiyalarining holati bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvlar davomida, kichik sanoat zonasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga bugungi kunda ular uchun yaratilgan mavjud imkoniyatlar va imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, kichik sanoat zonasining faoliyatida uchrayotgan mavjud muammolar ham o‘rganildi hamda ularni bartaraf qilish yuzasidan hududiy adliya organlariga tegishli topshiriqlar berildi.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

✅ Ўзбекистонда амалга оширилаётган маъмурий ислоҳотлар натижасида вазирлик ва идоралар сони оптималлаштирилди, айрим ташкилотлар бир-бирига қўшилди ёки қисқарди. Шунинг учун, биз давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхатини янгиладик.

🔵 Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanganlik uchun ilk marotaba moliyaviy sanksiya qoʻllanildi

Adliya vazirligi tomonidan Quyichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudiga javobgar “A” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari, ya’ni 60 million so‘m miqdorida jarima qo‘llash to‘g‘risida da’vo arizasi kiritilgan.

“LOROBEN” so‘z ko‘rinishidagi tovar belgisi “B” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli boʻlib, javobgar “A” MChJ tomonidan ushbu tovar belgisiga fonetik jihatdan o‘xshash bo‘lgan hamda iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan “LORABEN” so‘z ko‘rinishidagi belgidan foydalanilgan.

Quyichirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qaroriga asosan javobgar “A” MChJga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi.

Ma’lumot uchun…

👉На русском

@adliyangiliklari