#Maslahat
❓ Tadbirkorlik faoliyatini boshlashda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish majburiy hisoblanadimi?
®️Belgini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirkorning huquqi hisoblanadi. Ya’ni amaldagi qonunchilikda bunday majburiyat mavjud emas.
Biroq, shuni bilishingiz kerakki, tovar belgisiga bo‘lgan mutlaq huquq faqat uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandagina yuzaga keladi (“Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasi).
™️Boshqacha qilib aytganda, mahsulot yoki xizmat brendini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish bu belgiga egalik huquqi faqatgina sizga tegishliligini va boshqa hech kimga tegishli emasligini tasdiqlaydi.
👉На русском
@adliyangiliklari

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob
❓ Zarurat tufayli korxonamni yopmoqchi edim. Buning uchun davlat xizmatlari markaziga qanday hujjatlar taqdim etishim lozim? Korxona taʼsischisining korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarorida qanday maʼlumotlar boʻlishi lozim?
— Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qaroriga muvofiq, Siz korxona taʼsischisining yoki taʼsischilarini umumiy yigʻilish korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarorini, qaror qabul qilingandan keyingi ish kunidan kechikmay ariza bilan davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinigiz lozim.
Korxona taʼsischisining korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarorida quyidagilar koʻrsatiladi:
▫️tugatilayotgan korxona toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (toʻliq va qisqartirilgan nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili);
▫️tugatuvchi haqidagi maʼlumotlar (pasport maʼlumotlari, telefon raqami va elektron pochta manzili);
▫️tugatilayotgan korxona boʻyicha murojaatlarni qabul qilish joyi va muddati;
▫️korxonani tugatish sababi va moʻljallanayotgan tugatish muddati.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori

#Adliya_xabari
Vazirlik va idoralarning huquqiy axborotni tarqatish borasidagi faoliyati baholandi
👉Batafsil

#Adliya_infografika
Adliya vazirligi tizimida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining joriy etish holati
@adliyangiliklari
Adliya vazirligi tizimida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining joriy etish holati
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev Buxoro viloyatidagi xizmat safari davomida viloyatdagi yuridik texnikum hamda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining hududiy bo‘limida bo‘ldi.
Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev Buxoro viloyatdagi yuridik texnikumi binosiga borib, o‘quv muassasasida o‘qish jarayonlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasining ta’minlanganlik darajasi bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, yuridik texnikum faoliyati bilan tanishish jarayonida, mavjud muammolar yuzasidan o‘z tavsiyalarini hamda o‘quvchilarni kelgusida kasbga yo‘naltirishga doir qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
Bundan tashqari, Sh. Rabiyev X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Buxoro viloyati bo‘limi binosiga ham tashrif buyurib, bo‘limdagi mavjud imkoniyatlar, sud ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishda mavjud uskuna va jihozlar bilan ta’minlanganlik holatlari bilan yaqindan tanishdi.
Markazning Buxoro viloyati bo‘limi faoliyati bilan tanishish davomida, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jismoniy va yuridik shaxslar hamda advokatlarga sud ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazishda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, yangi ekspertiza turlarini joriy qilish va zamon talablariga mos bo‘lgan uskuna va jihozlar bilan ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Adliya vaziri o'rinbosari Buxoro viloyatida joylashgan kichik sanoat zonasi faoliyati bilan tanishdi
Adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev Buxoro viloyatidagi kichik sanoat zonasining vakillari bilan uchrashib, uning faoliyati, ishlab chiqarish maydonlari, muhandislik-texnik kommunikatsiyalarining holati bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuvlar davomida, kichik sanoat zonasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga bugungi kunda ular uchun yaratilgan mavjud imkoniyatlar va imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, kichik sanoat zonasining faoliyatida uchrayotgan mavjud muammolar ham o‘rganildi hamda ularni bartaraf qilish yuzasidan hududiy adliya organlariga tegishli topshiriqlar berildi.