ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.3K photos
2.82K videos
39 files
9.67K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Qabul

📣 Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan “Mehnat migrantlari uchun ko‘p kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibi” nomli qisqa muddatli o‘quv kurs uchun qabul boshlanganini ma‘lum qilamiz.

Malaka oshirish kurslari shartnoma asosida pullik amalga oshiriladi. 1 nafar tinglovchi uchun o‘quv kursining (4 soatlik) narxi – 92 400 so‘mni tashkil etadi.

Mashg‘ulotlar malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

O‘z joyingizni band qilishga ulguring, kursga yozilish uchun: +998909690609, +998915918180 raqamlari bilan bog‘laning.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI SIRDARYODA

Aholi va tadbirkorlik subyektlari muammolarini o'rganish hamda huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash sohasida Sirdaryo viloyatida "Adliya-mahalla-maktab" hamda "Adliya tadbirkorga ko'makchi" loyihalarini amalga oshirish bo'yicha namunaviy tizimni yaratish yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Adliya vaziri A.Toshqulov boshchiligidagi ishchi guruh o‘z faoliyatini Xovos tumanidagi “Tinchlik” mahallasida sayyor qabul bilan boshladi. Sayyor qabulda subsidiya olish, kadastr hujjatini rasmiylashtirish, ish haqini undirish, ishga joylashish, kommunal sohadagi muammolar yuzasidan 30 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.
Shundan 20 ta murojaatga joyida zarur huquqiy tushuntirishlar berildi, o‘rganish muddat talab qiladigan 10 murojaat ish yurituvga qabul qilinib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda ijrosi alohida nazoratga olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

ISHCHI GURUHNING PEDAGOGLAR BILAN MULOQOTI SAMARALI BO'LDI

Aholi va tadbirkorlik subyektlari muammolarini o'rganish hamda huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash sohasida Sirdaryo viloyatida "Adliya-mahalla-maktab" hamda "Adliya tadbirkorga ko'makchi" loyihalarini amalga oshirish bo'yicha namunaviy tizimni yaratish yuzasidan Respublika ishchi guruhining navbatdagi uchrashuvi Xovos tumanidagi umuta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan Davlat huquqi va asoslari fani o‘qituvchilari bilan bo‘lib o‘tdi.

Ishchi guruh rahbari, adliya vaziri A.Toshqulov pedagoglar bilan muloqotga kirishar ekan, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishda ularning roli muhimligini alohida ta’kidladi.

Uchrashuvda ta’lim tizimidagi muammolar, sohani va huquqiy ta'limni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va fikr-mulohazalar bilan o‘rtoqlashildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

YOSHLAR BILAN MULOQOT O'TKAZILDI

Xovos tuman aholisining 22 540 nafarini yoshlar tashkil qiladi.
Aholi va tadbirkorlik subyektlari muammolarini o'rganish hamda huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash sohasida Sirdaryo viloyatida "Adliya-mahalla-maktab" hamda "Adliya tadbirkorga ko'makchi" loyihalarini amalga oshirish bo'yicha namunaviy tizimni yaratish yuzasidan Respublika ishchi guruhi xovoslik yoshlar bilan uchrashib, ularning maqsad va intilishlari, muammo va takliflari bilan yaqindan tanishdi.

Tadbirda dastlab yoshlarning konstitutsion huquq va majburiyatlari, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z yuritildi.

Ochiq muloqot davomida tadbirkorlik, bandlik kabi masalalar yuzasidan yigit-qizlarning murojaatlari va muammoli masalalari tinglanib, murojaatlarni ijobiy hal etish uchun mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda ijrosi alohida nazoratga olindi.

@adliyangiliklari