ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.3K photos
2.82K videos
39 files
9.68K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

✅ Ўзбекистонда амалга оширилаётган маъмурий ислоҳотлар натижасида вазирлик ва идоралар сони оптималлаштирилди, айрим ташкилотлар бир-бирига қўшилди ёки қисқарди. Шунинг учун, биз давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхатини янгиладик.

🔵 Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Yuridik texnikumlarga qabul boshlandi

🗓 Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga hujjat topshirish 1-avgustdan boshlandi.

⚠️ Ma'lumot uchun: Yuridik texnikumlariga 2023/2024 o‘quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari 20-avgustgacha
(20-avgust kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti (my.uzbmb.uz) orqali qabul qilinadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlaridan bir finjon qahva ustida foydalaning

Adliya vazirligi tomonidan fuqarolarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularga qulaylik yaratish maqsadida, poytaxtimizning Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazida Navbatsiz xizmat maskani tashkil etildi.

Ushbu maskanning o'ziga xosligi shundaki, fuqarolar bir finjon qahva ustida:
▫️ xorijga chiqish biometrik pasportini olish;
▫️ biometrik pasportlarni ID-kartalarga almashtirish;
▫️Tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish kabi 300dan o‘rtiq davlat xizmatlaridan foydalanishishlari hamda bir vaqtning o‘zida qo‘shimcha qulayliklardan bahra olishlari mumkin.

Vaqtingiz tig‘iz, har daqiqangiz g‘animat bo‘lsa, qulaylik siz uchun odat va turmush tarziga aylangan bo‘lsa, Chilonzor davlat xizmatlari markazidagi Navbatsiz xizmat maskaniga tashrif buyuring.

Sizni ko‘rishdan doim xursandmiz!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Anvarjon Tursunaliyev Adliya vazirligi markaziy apparatining iyul oyidagi eng yaxshi xodimi sifatida e'tirof etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan bir murojaatchining pensiyasi, birining esa ustamasi undirib berildi

Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman, shahar adliya boʻlimlari aholi va tadbirkorlik subyektlarini buzilgan huquqlarini tiklash, ularga huquqiy koʻmak berish borasida tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Boshqarma tomonidan Mingbuloq tumani, "Mulkobod" mahallasida yashovchi fuqaroning Mingbuloq tumani bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan muddatidan avval yoshga doir pensiyaga chiqish uchun asos boʻlgan taqdimnoma berilmayotganligidan noroziligi toʻgʻrisidagi murojaati oʻrganib chiqildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_live

Ayni damda Adliya vazirligi tomonidan Poytaxtimizning Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazi faoliyati hamda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan tanishtirish maqsadida Jamoatchilik va OAV vakillari ishtirokida press-tur bo'lib o'tmoqda.  

Press-tur doirasida, fuqarolarga davlat xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqartirish va optimallashtirish maqsadida Markazlardagi elektron navbat uskunalarida (Q-matic) xizmatlardan foydalanishda toifalarga ajratgan holda navbat olish imkoniyati va “Navbatsiz xizmat maskanlari” shular jumlasidandir.

Shu bilan birga Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti boshlig'i Sanjar Abdullayev ishtirokida Davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Matbuot anjumani o'tkazilishi ham rejalashtirilgan.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

❓Savol: ®️Tovar belgisi qanday ro‘yxatga olinadi?

✅Javob: O‘zbekiston Respublikasida tovar belgisini ro‘yxatga olish jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan Adliya vazirligining Sanoat mulki muhofazasi portaliga (ip.adliya.uz) talabnoma topshirish orqali amalga oshiriladi.

Talabnomada quyidagilar bo‘lishi kerak:
▫️Portalda tovar belgisi sifatida belgini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza shakllantiriladi;
▫️talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri;
▫️belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlarning ro‘yxati.

Shuningdek, talabnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
▫️talabnoma patent vakili yoki ishonchli vakil orqali berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi;
▫️tegishli davlat boji toʻlovi onlayn shaklda invoys orqali amalga oshiriladi.
▫️Talabnomalar avtomatik ravishda 24/7 rejimida qabul qilinadi.

Читать новость на русском языке

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM