ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.3K photos
2.82K videos
39 files
9.67K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

Tadbirkorning 3 milliard so‘mdan ortiq xizmat haqi adliya ko‘magida undirilmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Farg‘onadagi davlat xizmatlari markazi hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarida bo‘ldi

Shu kunlarda adliya vaziri Akbar Toshqulov Farg‘onada xizmat safarida. Dastlab vazir viloyatdagi adliya tizimidagi xodimlarning ish sharoitlari, ish jarayonidagi muammolar hamda davlat xizmatchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish borasdagi takliflarni o‘rgandi.

Farg‘ona shahar davlat xizmatlari markazi hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazida bevosita fuqarolar bilan ishlash jarayonlarini kuzatdi. Mijozlar va fuqarolar bilan tizimda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan yangiliklar, hayotga tatbiq etilishi shart bo‘lgan takliflar, fikr-mulohazalar bilan qiziqdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri farg‘onalik tadbirkorlar bilan uchrashdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Farg‘ona viloyatiga qilgan xizmat safari davomida “qizil hudud” tarkibidagi mahallalar hamda adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari bilan birgalikda ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlik subyektlarida ham bo‘ldi.

Farg‘ona shahrida faoliyat olib borayotgan gilam ishlab chiqarish korxonasi, oynaga qayta ishlov berish zavodi, trikotaj maxsulotlari tayyorlovchi eksportyor bilan uchrashib ularning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yuzasidan qonunchilikka takliflari bilan qiziqdi. Qonunchilik nuqtai nazaridan faoliyat uchun to‘siq bo‘layotgan ayrim omillar, huquqiy jihatlar ham o‘rganildi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Pochta xizmati xodimi tayyor bo‘lgan milliy haydovchilik guvohnomasini so‘rovnomada ko‘rsatilgan manzilga qancha muddatda yetkazib beradi?

— Pochta xizmati xodimi tayyor bo‘lgan milliy haydovchilik guvohnomasini olgandan so‘ng, ariza beruvchi bilan telefon orqali bog‘lanib, so‘rovnomada ko‘rsatilgan manzilga (Toshkent shahri va viloyatlar markazida bir ish kuni, qolgan hududlarda ikki ish kuni ichida) milliy haydovchilik guvohnomasini yetkazib beradi.

Ariza beruvchi bilan telefon orqali kelishilgan vaqtda ariza beruvchi ushbu manzilda bo‘lmasa, ariza beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini ushbu hududdagi pochta aloqasi bo‘limidan o‘n ish kuni davomida olishi mumkin.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.04.2023 yildagi 152-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri davlat xizmatlari markazlarida yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi

Joriy yilning 29-iyul kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov poytaxtimizning Chilonzor va Olmazor tumanlaridagi davlat xizmatlari markazlari faoliyati hamda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan tanishdi.  

Xususan, fuqarolarga davlat xizmati ko‘rsatish vaqtini qisqartirish va optimallashtirish maqsadida markazlardagi elektron navbat uskunalarida xizmatlardan foydalanishda toifalarga ajratgan holda navbat olish imkoniyati va “Navbatsiz xizmat maskanlari” shular jumlasidandir.

Endilikda davlat xizmatlari markazidagi elektron navbat uskunalarida xizmatlar “oson”, “o‘rta” hamda “murakkab” toifalarga ajratilib, tashrif buyuruvchilarning navbatda turish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi. Bugungi kunda ushbu qulayliklar Chilonzor va Olmazor tumanlarida joriy etildi.

Yana bir qulayliklardan biri bu Chilonzor tumani davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan “Navbatsiz xizmat maskani”dir. Ushbu maskan orqali tashrif buyuruvchilar qo‘shimcha to‘lov evaziga alohida sharoitlarga ega bo‘lgan hududda istalgan xizmatdan navbatsiz foydalanishlari mumkin, bunda fuqarolarga alohida xodim tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunda respublikaning 208 ta tuman (shahar)larida mavjud davlat xizmatlari markazlari xalqimizning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishga harakat qilmoqda. Jumladan, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga 300 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilib, kuniga o‘rtacha 70-75 ming fuqarolar markazlarga tashrif buyurishmoqda.

@adliyangiliklari