ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Adliya boshqarmasi tomonidan yoshlarning muammolari hal etilmoqda

Bugungi kunda, aholi va tadbirkorlik subyektlarini qiynab kelayotgan muammo va masalalarini hal etish, ayniqsa mahallalardagi ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor har qachongidanda dorzarb ahamiyatga ega.

Bunday jarayonlarda hududiy adliya organlarining roli va ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshqarma boshlig‘ining noodatiy uchrashuvlaridan biri "Rahbar va yoshlar" uchrashuvida Namangan shahrining “Majnuntol” hamda “Yangiobod” mahallasida istiqomat qiluvchi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning turli masalalardagi muammolari ijobiy hal etildi.

Xususan, yoshlarga payvandlash uskunasi, eshitish moslamalari hamda tikuv mashinalari topshirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Pop tumanida adliya ko’magida 18 nafar murojaatchining 200 million so’m ish haqi undirib berildi

Pop tumanida adliya bo’limi tomonidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash, qonuniy manfatlarini himoya qilish borasida bir qator izchil ishlar bajarib kelinmoqda.

Xususan, Pop tumani adliya bo’limining bevosita aralashuvi va amaliy ko’magi bilan “Pop paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatida ishlovchi 18 nafar xodimning to’lanmagan ish haqlarini undirishda fuqarolik ishlari bo’yicha Chust tumanlararo sudiga arizasi kiritildi.

Natijada to’lanmagan ish haqlarini undirish bo’yicha sud buyruqlari chiqarilib, 200 million so’m ish haqlari undirib berishga erishildi.

@adliyangiliklari
#bir_murojaat_izidan

Bog‘cha ishchilarining 114 million so‘mda ortiq ish haqi undiriladi

Toyloq tumanidagi 21-DMTT muassasa ishchisi Z.X. va 13 nafar ishchilarning bir yillik ish haqlarini to‘lamagan. Fuqaro Z.X. adliya bo‘limiga murojaat qilmaganida balki masala shu holicha qolgan bo‘lardi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun Adliya vazirligida vazirlik markaziy apparati, hududiy adliya organlari va muassasalarining mas’ul xodimlari uchun “Shartnoma tuzishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan masalalar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra professori v.b R. Xursanov tomonidan olib borildi.

Tadbirda shartnomalarni tuzish uchun qo'yiladigan asosiy talablar, ularning shartlari va ularni rasmiylashtirish uchun e’tibor qaratish lozim bo‘lgan eng muhim masalalari bo‘yicha kerakli ma’lumotlar berib o‘tildi.

Mazkur tadbir davomida vazirlik ma'sul xodimlari, hududiy adliya organlari va muassasalari xodimlari tomonidan savollar va takliflar berilib, shartnomalarni tuzish va rasmiylashtirish bo'yicha muammo va kamchiliklar alohida muhokama qilindi.

Tadbir natijasi yuzasidan hududiy adliya organlari va muassasalari xodimlariga tegishli tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Surxondaryo viloyati Denov tumanida yangi arxiv binosi foydalanishga topshirildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston delegatsiyasi Bryusselda “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va tegishli masalalar bo‘yicha Kichik qo‘mitasining navbatdagi majlisida qatnashdi

Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Bryussel shahrida bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va tegishli masalalar bo‘yicha Kichik qo‘mitasining 19-majlisida ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi vakillari qonun ustuvorligi va sud-huquq sohasini takomillashtirish, inson huquqlarini himoya qilish, fuqorolik jamiyatini mustahkamlash sohalarida o‘zaro hamkorlik masalarini ko‘rib chiqildi.

Shuningdek tadbir doirasida terrorizm, narkotrafik va terrorizmga qarshi kurashish, chegaralarni boshqarish, bojxona tizimini rivojlantirish sohalarda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollarini ham muhokama qilindi.

@adliyangiliklari