ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.3K photos
2.82K videos
39 files
9.69K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev yoshlar bilan uchrashdi

Davlatimiz tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtiga mazmun olib kirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan bo‘lib, hozirda yoshlar bilan ishlashning mahalla-tuman-viloyat-respublika tizimi yaratildi.

Shu o'rinda Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan muntazam ravishda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 14-iyun kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyevning Toshkent viloyati Zangiota tumani yoshlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlarda yoshlarni qiynayotgan muammolar va ular duch kelayotgan qiyinchiliklar tinglanib, har bir yoshga tegishli taklif, tavsiya va maslahatlarni bergan holda ularning muammolarini hal qilish borasida kelishib olindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

📹Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Adliya vazirligining “Inson qadri uchun” tamoyili asosida joriy yilning 2-iyunidan - 30-iyun kuniga qadar o‘tkaziladigan “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi” bo‘yicha Navoiy viloyatida targ‘ibot ishlari davom etmoqda.

Bugun viloyat adliya boshqarmasi Karmana tumanida sayyor qabul o'tkazdi. Sayyor qabulda 80 nafardan ortiq fuqaro murojaatlari tinglandi. Shundan, davlat xizmati, FHDY va adliya ish yurituviga olingan murojaatlar joyida hal etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti boshlig‘i Sanjar Abdullayev boshchiligidagi respublika ishchi guruhi tomonidan joylarda sayyor qabullar hamda aholi va tadbirkorlik subyektlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida mahallalar, savdo majmualari, ta’lim muassasalari hamda boshqa aholi gavjum joylarda sayyor davlat xizmatlari ham tashkil etilmoqda.

Xususan, joriy yilning 13-iyun kuni tuman (shahar) adliya bo‘limlari davlat xizmatlari markazlari tomonidan 20 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida 432 nafar fuqarolarga jami 448 ta (shundan 180 ta “Mobil ID” tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish, 57 nafar bolalarni bog‘chaga navbatga qo‘yish, 76 ta ERI kalitlarini rasmiylashtirish, 3 ta kadastr pasportini rasmiylashtirish, 12 ta sanatoriyaga navbatga qo‘yish, 11 ta sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnoma olish, 2 ta ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, 15 ta ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish hamda 92 ta boshqa masalalar bilan bog‘liq) sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi, shuningdek 89 ta tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ushbu davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlarining 55 tasi yuridik shaxs tashkil etgan holda va qolgan 34 tasi yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.

Birgina Angor tumani “Angor Kelajagi savdo kompleksi”da o‘tkazilgan tadbir davomida, 8 ta YTT shaklidagi tadbirkorlik subyektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Shuningdek, FHDY bo‘limlari tomonidan ham 24 nafar fuqarolarga davlat xizmatlari sayyor tartibda ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Uzbekistan’s club” roʻyxatdan oʻtkazildi

Adliya vazirligi tomonidan “Uzbekistan’s club” nodavlat notijorat tashkiloti qayta roʻyxatdan oʻtkazildi.

Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi xalqaro miqyosda muvaffaqiyat qozonib kelayotgan xorijdagi o‘zbekistonliklar bilan ishlash, ular haqidagi sifatli media mahsulotlar yaratib, targ‘ib qilish, shuningdek, xorijiy davlatlardagi o‘zbekistonliklarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish, ularning O‘zbekiston bilan aloqalarini mustahkamlash orqali milliy diasporamiz salohiyatini hamda ularning O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasini oshirishdan iborat.

Shuningdek, tashkilot xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar bilan aloqa o‘rnatilishiga erishish, dunyo bo‘ylab turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan o‘zbekistonliklar haqida eksklyuziv va yuqori sifatli audiovizual asarlar yaratish, dublyaj qilish va dunyo hamjamiyatiga taqdim etish, xorijdagi o‘zbekistonliklar bilan doimiy muloqot maydonini yaratish maqsadida elektron platforma, mobil ilova, bosma nashrlar kabi turli internet va media vositalarini tashkil etish, xorijdagi o‘zbekistonliklarni yurtimiz tarixi, madaniyati, o‘zbek tili va adabiyoti, buyuk ajdodlarimizning boy madaniy merosi va dunyo tamadduniga qo‘shgan hissasi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirib borish kabi bir qator vazifalarni amalga oshirishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Chust tumanida 54 nafar fuqaroning 200 million soʻmga yaqin ish haqqi undirib berildi

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

"Inson huquqlari — oliy qadriyat" huquqiy aksiyasi doirasida ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Adham Shayjigitovning Mirzaobod tumani “Toshkent” mahallasida o'tkazgan sayyor qabuli davomida aholi vakillari o‘z muammolari bilan murojaat etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari