#Adliya_xabari
Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev yoshlar bilan uchrashdi
Davlatimiz tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtiga mazmun olib kirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan bo‘lib, hozirda yoshlar bilan ishlashning mahalla-tuman-viloyat-respublika tizimi yaratildi.
Ushbu tizim asosida eng birinchi o‘rinda yoshlar yetakchilari tomonidan uyma-uy yurib, “Yoshlar balansi”ni to‘liq shakllantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni “Yoshlar daftari”ga kiritish hamda mahallalarda uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan muntazam ravishda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib borilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 9-iyun kuni adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyevning Toshkent viloyati Zangiota tumani “Obod” MFYda yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan muammolar va ular duch kelayotgan qiyinchiliklar tinglanib, har bir yoshga tegishli taklif, tavsiya va maslahatlarni bergan holda ularning muammolari bilan vazirlik vakolati doirasida amaliy yordam yoki yo‘nalishlar berilishi borasida kelishib olindi.
@adliyangiliklari

Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi ISO 9001:2015 sifat standarti bo‘yicha xalqaro sertifikat va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatlarini oldi.
Ushbu sertifikatlar agentlik faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi. ISO 9001:2015 sifat boshqaruvi tizimi bo‘yicha ish faoliyati jarayonlari va ularning natijasini baholash mezonlari ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, har yarim yillik yakuni bo‘yicha vazirlik ish faoliyati jarayonlari va ularning natijalari oldindan belgilangan mezonlarga ko‘ra baholab boriladi. ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikati korrupsiya holatlarining oldini olish, aniqlash, zarur choralarni ko‘rish hamda korrupsiya xavfini kamaytirishga yo‘naltirilgan maqbul va aniq mezonli chora-tadbirlarni nazarda tutadi.
“O‘zarxiv” agentligi boshqaruv faoliyatiga ISO 9001:2015 hamda ISO 37001:2016 xalqaro standartlarini joriy etish bo‘yicha siyosat ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi.
“O‘zarxiv” agentligi boshqaruv faoliyatiga “ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 xalqaro standartlari bo‘yicha boshqaruv tizimini ishlab chiqish” yuzasidan 2022-yil 22-25-noyabr kunlari o‘qitish kursi tashkil etilib, ushbu kursda 21 nafar tinglovchi ishtirok etib, o‘qish yakunida test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlarga tegishli sertifikatlar topshirildi.
“O‘zarxiv” agentligining Arxiv ishi sohasi boshqaruvi – xalqaro standartlar talablariga muvofiq deb topildi.
9-iyun - Xalqaro arxivlar kuni ushbu sertifikatlar “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupovga “CERT International” masu'llari tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Bu boradagi kompleks ishlar hali davom etmoqda. Har yili mazkur sertifikatga muvofiqlik darajasi xalqaro tashkilotlar tomonidan audit qilib boriladi.
Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentlinining korrupsiyaga qarshi siyosatida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni to‘liq amalga oshirish orqali arxiv muassasalarini korrupsiyasiz sohaga aylantirish ustuvor vazifalardandir.

YANGI INKLYUZIV DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI NUKUS TUMANIDA: TEZ, OSON VA QULAY
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanida 2023-yil 10-iyun kuni BMT Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqi ko‘magida yangi inklyuziv davlat xizmatlari markazining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimi va OAV vakillari uchun press-tur bo‘lib o‘tdi.
👉Batafsil

#Adliya_aralashgach
Adliya: Tadbirkorning 942 million so‘mlik ish haqi to‘lanadi
Tadbirkor N.Berdiyev hamda Paxtachi tuman Obodonlashtirish boshqarmasi o‘rtasida 2022-yilda bir qancha shartnomalar tuzilgan bo‘lib, unga ko‘ra, tadbirkor jami 942 632 934 so‘mlik ishlarni bajarib topshirgan, ammo unga ish haqi to‘lanmagan.
Tadbirkor o‘rtada nizo kelib chiqqach, qonuniy manfaatlari ta'minlanishini so‘rab Paxtachi tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi. Bo‘lim tomonidan tadbirkor manfaatini ko‘zlab, Kattaqo‘rg‘on tumanlararo Iqtisodiy sudiga da'vo ariza kiritidi.
Sud O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 118, 176-180-moddalarini qo‘llab, tadbirkor foydasiga 942 632 934 so‘m undirish haqida qaror qabul qildi.

#Adliya_onlayn
“Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga yo‘l harakatini tartibga solishning shaffofligi va ochiqligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qonun loyihasi.
AOKAda Adliya vazirligi mutasaddilari ishtirokida shu mavzuda matbuot anjumani boshlandi.
📹 Quyidagi 👉havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin.