ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Tayinlov

Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi direktori tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Ulug‘bek Shuxratovich Tashxodjayev Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Tayinlov

O‘zarxiv agentligiga direktor tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Ulug‘bek Mirtalibovich Yusupov Adliya vazirligi huzuridagi O‘zarxiv agentligi direktorligiga tayinlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida may oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi

Dilafruz Ulug‘bekovna Sufiyeva Adliya vazirligi markaziy apparatining may oyidagi eng yaxshi xodimi sifatida e'tirof etildi.

D. Sufiyeva 1986-yilda Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, mutaxassisligi bo‘yicha huquqshunos.

Mehnat faoliyatini 2009-yilda Sud departamenti Toshkent shahar hududiy boshqarmasi Uchtepa tuman bo‘limida sud ijrochisi lavozimidan boshlagan.

2011–2017-yillarda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutida, 2017-yilda bir muddat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonida turli mas'ul lavozimlarda ishlagan.

D.Sufiyeva 2017-yilda Adliya vazirligi markaziy apparatida o‘z mehnat faoliyatini boshlagan. 2023-yildan boshlab Adliya vazirligi Qonunchilik departamenti boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlab kelmoqda.

Dilafruz Ulug‘bekovna huquq ijodkorligi, normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining tartibga solish ta'sirini baholash hamda korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish faoliyatni muvofiqlashtirish, huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash, huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish sohalarida ayniqsa samarali mehnat qilib kelmoqda.

Shuningdek Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladigan halqaro miqyosdagi tadbirlar tashkillashtirishga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda.

Adliya vazirligi jamoasi Dilafruz Sufiyevani ushbu e'tirof bilan samimiy qutlaydi hamda kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.

@adliyangiliklari
#sayyor_qabul

YANGI BATOSHDA FUQARO MUROJAATLARI IJOBIY HAL ETILDI

Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

Adliya vazirligi Davlat xizmatlari Departamenti boshlig'i Sanjar Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qarshi tumanidagi "Yangi Batosh" mahalla fuqarolar yig'inida sayyor qabul o'tkazildi.

Shu kuni Qarshi tumanida  o‘tkazilgan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatish davomida jami 39 ta fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi, Shundan 12 ta  “Mobil ID”ro‘yhatga olingan bo'lsa, 2 nafar fuqaroning kadastr pasporti shakllantirildi, 4 nafar bolalarni  bog'chaga navbatga qo'yish, ERI kalitlarini rasmiylashtirish, 3 nafar nikoh masalasida murojaatlar qabul qilinib, 6 ta tug'ilganlik guvohnomasi o'z egalariga topshirildi.

Shuningdek, sayyor qabul davomida ishchi guruh tumanning "Kasanachilik" markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

@adliyangiliklari
“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan Fargʻona viloyatida sayyor qabul oʻtkazildi

Davlat rahbarining tegishli qarorida belgilangan “Istiqbolli geografik ko’rsatkichlarni ishlab chiqaruvchilar bilan joylarda uchrashuvlar tashkil etish, mahsulot spetsifikatsiyasini ishlab chiqishga ko’maklashish” kabi vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida Intellektual mulk markazi rahbariyati ishtirokida Farg’ona viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbirda muassasa direktori Bahodir Sagdullayev boshchiligida jismoniy va yuridik shaxslarning intellektual mulk sohasidagi murojaatlarini ko’rib chiqish maqsadida aholi bilan ochiq muloqot olib borildi. Unda mintaqaviy brendlarni rivojlantirish, oliy ta’lim, ilmiy-taqiqot va boshqa tashkilotlarda yaratilgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofazasi, mualliflik huquqi va turdosh huquqlari obyektlarini deponentlashga talabnomalar tayyorlash hamda kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining huquqiy oqibatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash, tovar belgilari va xizmat ko‘rstish belgilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun talabnoma topshirish, elektron xizmatlardan foydalangan holda ish yuritish jarayonida yuridik ahamiyatga molik yozishmalarni yuritish bo’yicha  atroflicha ma'lumotlar berildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarning o‘z tarmog‘ida mavjud muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Advokatlik tuzilmasi yangidan tashkil etilganda advokatlik guvohnomasini olish uchun murojaat qilish talab etilmaydi

Advokatga guvohnoma avtomatik tarzda kompozit xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan beriladi.

Vazirlar Mahkamasining 226-son qarori bilan tasdiqlangan Advokatlik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomi bilan advokatlik guvohnomalarining QR-kod qo‘yilgan ID-karta shaklidagi yangi namunasi tasdiqlandi.

📱QR-kodni skanerlash orqali advokatning advokatlik guvohnomasi kim tomonidan berilganligi, advokat maqomi, advokat faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmasining nomi, advokatning ixtisosligi, lisenziya raqami va berilgan sanasi aniqlanadi.

Bunda advokatning ixtisosligi va faoliyat yuritadigan tuzilmasi o‘zgarganda guvohnomani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva advokatura sohasidagi o‘zgarishlar mazmun-mohiyati haqida ma'lumot berdi:

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Diqqat_aksiya

Adliya vazirligi tomonidan “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi.

⏳ Aksiya 2023-yil 30-iyunga qadar davom etadi.

Hududiy adliya organlari tomonidan mahallalarda ommaviy sayyor qabullar tashkil etiladi.

Sayyor qabullarda:

🔹fuqarolarning muammolarini joyida hal etish choralari ko‘riladi;
🔹o‘rganilishi talab etiladigan murojaatlar nazorat tartibida ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi;
🔹aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli ta'sir choralari qo‘llaniladi;
🔹sayyor xizmatlar (notarius, davlat xizmatlari, FHDY va boshqalar) tashkil etiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Qatar davlati Adliya vazirligi o‘rtasida 2023–2025-yillar uchun hamkorlik dasturi imzolandi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Tayinlov

Azamat Hamraqulovich Aliyev O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining tegishli buyrug'i bilan Toshkent shahar yuridik texnikumi direktori lavozimiga tayinlandi.

A.Aliyev 1990-yil, 31-iyulda Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, huquqshunos, 2012-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

A.Aliyev shu kunga qadar Toshkent shahar yuridik texnikumi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

@adliyangiliklari
#Eslatma

Kontrafakt mahsulotni qanday aniqlash  haqida tushunchaga ega emasmisiz? Unda yuqoridagi tasvir orqali haqiqiy tovar va kontrafakt oʻrtasidagi farqni taqqoslashingiz mumkin!

Kontrafakt
bu xuddi  "Adidas" tovarini xarid qilaman deb “Abibas”ni adashtirib sotib olishga oʻxshaydi.

Asosiysi arzon mahsulotni koʻrganda uni sotib olishga shoshilmang.

Eslatma! Tovar belgisidan noqonuniy foydalanib, iste’molchini chalg’itganlik uchun javobgarlik belgilangan.

🔰Hurmatli tadbirkor, oʻzganing tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanishdan saqlaning, oʻz brendingizni yarating va uni rivojlantiring.

@adliyangiliklari
#Diqqat_loyiha

Taqiqlovchi yo‘l belgilari jamoatchilik xabardor qilinganidan so‘ng o‘rnatiladi va yo‘l belgilarining dislokatsiyasi e'lon qilib boriladi

👉
Batafsil

Muhokamada faol bo‘ling ✏️ https://regulation.gov.uz/oz/d/81246

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Inson qadri uchun” tamoyili asosida “Inson huquqlari oliy qadriyat” hamda “Mehnat huquqlarini o‘rganamiz” huquqiy aksiyalari doirasida ommaviy sayyor qabullar tashkil etilmoqda.


Sayyor qabuldan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning muammolarini joyida hal etish, o‘rganilishi talab etiladigan murojaatlar nazorat tartibida ko‘rib chiqish uchun qabul qilish, aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli ta’sir choralari qo‘llash, sayyor xizmatlar (notarius, davlat xizmatlari, FHDY va boshqalar) tashkil etishdan iboratdir.

Sayyor qabulda ishtirok etgan aholi uy-joy bilan ta’minlashda subsidiya olishda ko‘maklashish, elektr tarmoqlaridagi past kuchlanishni bartaraf etish, ish bilan ta’minlash va boshqa masalalarda huquqiy maslahatlar berish yuzasidan murojaatlar qildilar. Aksariyat murojaatlarni qabul davomida hal etish choralari ko‘rildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining
15-3 va 22-10-moddasiga muvofiq Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining buyrug‘iga asosan:
 
▫️Guliston tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Davron Djamoliddinovich Israilovning (litsenziya SI № 0024, 23.03.2021-y.) litsenziyasining amal qilishi hamda notarius maqomi tugatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-2-moddasiga asosan Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining tegishli majlisi bayonnomasiga asosan:

▫️Boyovut tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Shavkat Egamkulovich Narkulovning (litsenziya SI 0023, 21.04.2020-y.) litsenziyasining amal qilishi va notarius maqomi 2023-yilning 6-iyun kunidan 1 oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari