ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Tuman (shahar) adliya bo‘limlari tashkil etilganiga 5 yil to‘ldi!

Sana munosabati bilan adliya vaziri tabrik yo‘lladi:

"Bugun adliya tizimida tarixiy sana — tuman (shahar) adliya bo‘limlari tashkil etilganligiga 5 yil to‘ldi.

Bo‘limlar tashkil etilishi bizga fuqarolar huquqini himoya qilish, davlat boshqaruv faoliyatini huquqiy ta'minlash, jamiyatda huquq ustuvorligini targ‘ib qilish uchun xalqimizga yanada yaqinroq bo‘lib ishlash imkonini berdi. Albatta hali qilishimiz kerak bo‘lgan ishlar ko‘lami keng.

Bugungi sana murosabati bilan barcha hamkasblarni tabriklayman!

Vatanimiz va xalqimiz oldidagi vazifamizni to‘la bajarishda omad yor bo‘lsin. Bu yo‘lda bizga ishonch bildirib, qo‘llab-quvvatlayotgan va hamkorlik qilayotgan barchaga yurtdoshlarimizga minnatdorchilik bildiramiz"
.

@adliyangiliklari
#Yangi_Konstitutsiya

Davlat o‘qituvchilarning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.

@adliyangiliklari
Shilqimlik, abortga majburlash, oilaviy zo‘ravonlikka qarshi qonun: yangi qonun bilan nimalar o‘zgarmoqda? 10 ta asosiy o‘zgarish

Oilaviy zo‘ravonlik og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa (masalan, homiladorga, o‘ta shafqatsizlik bilan, ikki yoki undan ortiq shaxsga va hk. shikast yetkazish), jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarsa (masalan, ko‘rish, so‘zlash qobiliyatini yo‘qotish, o‘lim), 3 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga sabab bo‘ladi.

Ilgari mazkur harakatlar uchun umumiy moddalarga (badanga shikast yetkazish) asosan javobgarlikka tortilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Savol: ®️Tovar belgisi qanday ro‘yxatga olinadi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasida tovar belgisini ro‘yxatga olish yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan Intellektual mulk departamentiga talabnoma topshirish orqali amalga oshiriladi.

Talabnomada quyidagilar bo‘lishi kerak:

❇️tovar belgisi sifatida belgini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza;
❇️talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri;
❇️belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlarning ro‘yxati.

Shuningdek, talabnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

❇️talabnoma berganlik uchun patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
❇️talabnoma patent vakili orqali berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Koreyalik ishbilarmon Konimexda 20 daqiqada xorijiy korxonasiga asos soldi

Xorijlik hamkorlarning imkoniyati kengaymoqda, ayniqsa, Navoiy viloyatida. Tadbirkorlik qilish uchun qulay ishbilarmonlik muhiti va mahalliy xom-ashyo, ishchi kuchi mavjud.

Ma’lumki, qaysi bir investor kelmasin, u albatta o‘z biznesini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. Demak, xorijlik ishbilarmonning birinchi galda kiradigan manzili bu davlat xizmatlari markazidir. Konimex tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazidan koreyalik investorlar "SNCUBE 70" MCHJ ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Bu hamkorlar quyosh panelli batareyalar ishlab chiqaradi.

Markazda investorga "yashil yo‘lak" tamoyili asosida xizmat ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari
#Yangi_Konstitutsiya

Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas. Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_nazorat

⚡️Davlat xizmatlarini ko'rsatishda 2023-yilning 1-choragi mobaynida eng ko‘p qonun buzilishi holatlari aniqlangan vazirlik va idoralar:

🔹Kommunal idoralar – 8 970 ta
🔹Kadastr idoralari – 4 274 ta
🔹
Qurilish idoralari – 3 875 ta
🔹Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi organlari - 2 279 ta
🔹
Bandlikka ko'maklashish organlari - 943 ta

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida “Mediatsiya sohasidagi muammo, taklif va yechimlar” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Teri Xakala bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
🔊Hurmatli fuqarolar !

📌Bugungi kunda Adliya vazirligi tomonidan FHDY organlarining ish samaradorligini oshirish, fuqarolarga xizmat koʻrsatishda yanada qulay sharoitlar yaratish, xizmat koʻrsatish jarayonida turli xil qonun buzilishi holatlarining oldini olish boʻyicha bir qancha choralar koʻrilmoqda.

🔅Xususan, FHDY organlari tomonidan xizmat koʻrsatish natijasida fuqarolardan davlat boji va boshqa toʻlovlarni undirish jarayonida qonuniylikni taʼminlash maqsadida ariza beruvchining mobil raqamiga SMS yuborish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.

💸Mazkur SMS xabarda Sizdan undirilishi kerak boʻlgan summa koʻrsatiladi. Bu orqali toʻlovlarni undirish jarayonida qonun buzilishi holatlari oldi olinadi.

❗️Shu sababli, Sizdan ortiqcha toʻlov undirilgan yoki SMS xabar yuborilmagan hollarda 1148 "ishonch telefoni"ga qoʻngʻiroq qilishingiz soʻraladi!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

"Biz birgamiz!": ezgulik ulashing!

Muborak Ramazon hayiti saxovat, shukronalik, mehr-oqibat kabi olijanob xislatlarni kuchaytiruvchi muqaddas ayyomdir.

Shu sababli, keksalar holidan xabar olish, nogironligi bor shaxslarga ko‘maklashish, moddiy ta'minoti yetarli bo‘lmagan oilalarga yordam qo‘lini cho‘zish va ularga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida Adliya vazirligi, Shodiyev xalqaro fondi hamda “Madad” NNT hamkorlikda navbatdagi xayriya tadbiriga qo‘l urdi.

Bugun Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarida 1 500 dan ortiq xonadonlarga oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena vositalaridan iborat xayriya to‘plamlari tarqatish uchun jo‘natib yuborildi.

Bu kabi sa'y-harakatlarning zamirida har qanday sharoitda ham aholini qo‘llab-quvvatlash va ularga e'tibor berish kabi ezgu maqsadlar yotadi.

Shunday ekan, ezgulik ulashishdan hech qachon to‘xtamang!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Patent vakillari faoliyatini jonlantirish maqsadida sudyalar va patent vakillari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari