ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.7K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Ochiq_adliya

Adliya vazirligi jamoatchilikka hisobot berdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Yangi_Konstitutsiya

Har bir inson o‘z shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega.

@adliyangiliklari
Savol: Foydali model deb nimaga aytiladi?

Javob:
Mahsulot yoki usulga tegishli har qanday sohadagi texnik yechim foydali model sifatida eʼtirof etiladi. Foydali model sifatida, masalan, usullar, qurilmalar, moddalar, mikroorganizmlar shtammlari, oʼsimliklar va hayvonlar hujayralarining turlari tan olinadi.

Quyidagilar foydali model sifatida tan olinmaydi:

🔹ilmiy nazariyalar va matematik usullar;
🔹tashkillashtirish va boshqarish usullari;
🔹shartli belgilar, jadval, qoidalar;
🔹aqliy operatsiyalarni bajarish qoidalari va usullari;
🔹elektron hisoblash mashinalari uchun algoritm va dasturlar;
🔹bino, inshoot, hududlar planirovkasining loyiha va sxemalari;
🔹estetik ehtiyojlarni qondirishga yoʼnaltirilgan buyumning faqat tashqi koʼrinishiga taalluqli qarorlar;
🔹integral mikrosxemalar topologiyasi;
🔹oʼsimlik navlari va hayvon zotlari;
🔹jamoatchilik qiziqishlari, insonparvarlik tamoyillari va axloqqa zid boʼlgan yechimlar.

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

Ayni vaqtda Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda tayyorlanib efirga uzatilayotgan "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi jonli efirda chiqmoqda.

Mavzu: Inson huquqlari

Ko‘rsatuvda Adliya vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi mas'ul xodimlari sizlardan kelib tushgan savollarga javob beradi.

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti yoki to‘g‘ridan- to‘g‘ri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bog‘lanish orqali yuborishingiz mumkin.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz

Jonli efirni kuzatish uchun havola 👉https://www.youtube.com/embed/ufB_YSFfV_E

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Advokatlar bilan ochiq muloqot: “Advokatura sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati, muammo va yechimlar”

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Gidrogeologik xulosada qanday ma’lumotlar aks ettiriladi?

— Gidrogeologik xulosada quyidagi asosiy ma’lumotlar aks ettiriladi:
▫️ko‘rsatilgan hududning geologik-gidrogeologik tuzilishi haqida ma’lumot;
▫️yer osti suv qatlamining tavsifi, gidrokimyoviy va gidrodinamik xossalari haqida ma’lumot;
▫️tegishlicha loyihalashtirilayotgan quduqlarning konstruksiyasiga tavsiyalar.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-son qarori bilan tasdiqlangan “Gidrogeologik xulosa berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.
 
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Mobil-ID tizimi orqali 804 356 nafar fuqarolar ro‘yxatdan o‘tgan

Mobil-ID tizimi
– interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatishda foydalanuvchini ro‘yxatga olish, identifikatsiyalash, autentifikatsiyalash, verifikatsiya qilish hamda idoralararo elektron hamkorlik qilishda foydalanuvchilar bilan aloqani ta minlashga mo‘ljallangan ʼ mobil telefon raqamiga bog‘langan identifikatsiya tizimi hisoblanadi.

Mobil-ID tizimi “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanib, shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi.

Bugungi kunga qadar Mobil-ID tizimi orqali 804 356 nafar fuqarolar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, uning xizmatlaridan 90 ming martadan ortiq foydalanilgan.

@adliyangiliklari
#Yangi_Konstitutsiya

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbatlari, uchrashuvlar, seminarlar oʻtkazilmoqda.
__________

▪️Toyloqda
yangilanayotgan Konstitutsiya boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi

👉Batafsil
__________

▪️Kosonsoy tuman FHDY bo‘limi tomonidan bo‘limiga tashrif buyurgan fuqarolar bilan "Yangilanayotgan Konstitutsiya — yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi" mavzusida uchrashuv va davra suhbati tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari