#Adliya_xabari
Bugun Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyat adliya boshqarmasi, tuman hokimligi va keng jamoatchilik, OAV vakillari ishtirok etdi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi, davlat xizmatlari hamda yuridik xizmat ko'rsatish markazi tuman adliya bo‘limi tarkibiga kiritilib, bitta binoda faoliyat yurituvchi yagona tizimga aylantirildi. Aniqroq aytganda, yagona “Adliya uyi” shakllantirildi.
Bu esa huquqiy muammosi bor yoki davlat xizmatlaridan foydalanishga ehtiyoji bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarga 4 ta tuzilma xizmatidan “Bir darcha” tamoyili asosida, bir joyning o‘zida foydalanish imkonini beradi.
Endi tashrif buyuruvchilarga davlat xizmatlari keng, yorug‘ va shinam xonalarda, qulay sharoitda ko‘rsatib boriladi.
Bino qurilishida, zamonaviy shaharsozlik normalariga muvofiqlik va fuqarolar uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor berildi. Birgina davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida murojaatchilarga bir vaqtning o‘zida 240 ga yaqin xizmatlarni ko‘rsatish imkoni yaratildi. Bu yerda elektron navbat tizimi, axborot kioskasi, elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish burchagi tashkil qilingan. Tashrif buyuruvchilar xizmatlardan mustaqil foydalanishlari, shuningdek turli imkoniyatlardan xabardor bo‘lishlari uchun axborot stendlari va posterlar qo‘yilgan.
Ushbu binoda tumandagi 200 mingdan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatilishi bilan birga eksterritorial tamoyil asosida Toshkent shahri va respublikamizning barcha hududlardan tashrif buyurgan fuqarolar ham foydalanishlari mumkin.
Binoda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ham zarur sharoitlar yaratilgan. Bir so‘z bilan aytganda, har bir fuqaroga — alohida e’tibor, jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari hisobga olingan.
@adliyangiliklari

#Ochiq_adliya
📢📢 Adliya JAMOATChILIKKA HISOBOT beradi!
Nima?
Ochiq muloqot va savol-javob tarzidagi suhbat.
Maqsad — Adliya vazirligi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta'minlash, uning 2022-yildagi faoliyati va istiqboldagi rejalarini keng jamoatchilikka yetkazish, OAV va jamoatchilik vakillari bilan samarali qayta aloqani mustahkamlashdan iborat.
Adliya vazirligi tomonidan mana to‘rtinchi yildirki, jurnalistlar, blogerlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida tizimdagi mavjud muammolar ochiq muhokama qilinadigan uchrashuv o‘tkazib kelinmoqda.
2023-yil ham bundan mustasno emas. Vazirlik rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tadigan media iventda nafaqat vazirlik faoliyati tahlil qilinadi, balki jamiyatda huquqiy sohadagi asosiy tendensiyalar ham ko‘rib chiqiladi. Jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga vazirlik bo‘ylab media tur tashkil etiladi.
⏳Qachon?
28-mart, soat 11.00 da
🏢 Qaerda?
Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 5

Joriy yilning 25-mart kuni Yuqorichirchiq tumani “Sultonravod” MFY axolisiga Fuqarolik va Iqtisodiy ishlari bo‘yicha Yuqorichirchiq tumanlararo sudlarining sudyalari bilan hamkorlikda Konstitutsiyaviy islohotlarni referendum orqali o‘tkazish yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilarga Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida, shuningdek referendum o‘tkazish tartibi, unda ishtirok etish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilar Konstitutsiyaviy islohotlarga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

#Yangi_Konstitutsiya
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistondan tashqari majburiy chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi mumkin emas.

Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas.

Bugun Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentida Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan TRIPS bo‘yicha xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar-treninglar boshlandi.
Ushbu tadbirning asosiy maqsadi – O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi jarayonida Tashkilotga a’zo mamlakatlar bilan ikki va ko‘p tomonlama muzokaralarga tegishli hujjatlarni sifatli hamda o‘z vaqtida tayyorlashni ta’minlash, shuningdek, JSTning ikkita asosiy bitimi bo‘yicha tegishli vakolatli organlari mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish hisoblanadi.
Shu bilan birga, tadbirni o‘tkazish hozirda milliy qonunchilikni TRIPS bitimi talablariga uyg‘unlashtirish maqsadida ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda yuzaga kelayotgan savollarga batafsil javob olishda muhim ahamiyati kasb etadi.

Joriy yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumi va Konstitutsiyaviy islohotlar yuzasidan Chirchiq shahrida seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda xalq deputatlari kengashlari deputatlari, sektorlar mas'ullari, hokim yordamchilari, mahallalar faollari, xotin-qizlar va boshqa faol fuqarolar ishtirok etishdi.
Toshkent davlat yuridik universiteti dekani A. Babadjanov Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning ijobiy tomonlarini taqdimot orqali tushuntirdi.
Tadbirda shahar hokimi D. Xidoyatov 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan tadbirni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish, olib borilayotgan islohotlar va tashabbuslarning mazmun-mohiyatini aholiga to‘liq yetkazib berish yuzasidan fikr bildirdi.
Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi, aholini qiynayotgan masalalar, yechimini topishi kerak bo‘lgan muammolar yuzasidan hokimlik tomonidan tegishli choralar ko‘rilishi qayd etildi.

Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.

📣📣 Bugun Adliya JAMOATCHILIKKA HISOBOT beradi!
Maqsad — Adliya vazirligi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta'minlash, uning 2022-yildagi faoliyati va istiqboldagi rejalarini keng jamoatchilikka yetkazish, OAV va jamoatchilik vakillari bilan samarali qayta aloqani mustahkamlash.
Ochiq muloqot va savol-javob tarzidagi suhbatga OAV va jamoatchilik vakillarini taklif etamiz!
Uchrashuv vaqti: 11.00 da
Qaerda? Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 5

Toshkent viloyatida Konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha hududlar kesimida shakllantirilgan targ‘ibotchilar uchun seminarlar o‘tkazildi
Joriy yilning 27-mart kuni Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlarida shakllantirilgan targ‘ibotchilar uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mas'ul xodimlari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchilari tomonidan Konstitutsiyaviy islohotlarni referendum orqali o‘tkazish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Seminarda Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida, shuningdek referendum o‘tkazish tartibi, unda ishtirok etish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Seminar so‘ngida barcha ishtirokchilarga tarqatma materiallar (tezislar, ma'ruza matni va slayd, o‘zgarishlarning mazmun va mohiyati, fuqarolar uchun eng ahamiyatli qoidalar bo‘yicha sharhlar) berilishi ta'minlandi.