ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📄Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri Akbar Toshqulov "O‘zarxiv" agentligida bo'ldi.

📄"O‘zarxiv" agentligi direktori sohaga joriy etilgan axborot tizimlari va 2023-yilga belgilab olingan vazifalar bo‘yicha axborot berdi.

📄Shu bilan birga O‘zbekiston Milliy arxivida hujjatlarni saqlanishi, raqamlanishi jarayonlari bilan, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan vazir yaqindan tanishdi. Tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

📄Ma'lumot uchun, 2023-yi 25-yanvardan "O‘zarxiv" agentligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuriga o'tkazilgan.

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | Twitter
#Bir_murojaat_izidan

Adliya vazirligiga “A.M.A.” MChJ ga tegishli “JETOUR” tovar belgisidan fuqaro Sh. B. F. tomonidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganligi hamda jamiyatning mutlaq huquqlari buzilayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Murojaatni ko‘rib chiqish natijasida tovar belgisidan fuqaro Sh.B.F. tomonidan ruxsatsiz foydalanilayotganlik holati aniqlanib, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi hamda tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun sudga taqdim etildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijasida fuqaro Sh.B.F.ning harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasi birinchi qismida keltirilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi, fuqaro tomonidan o‘zga shaxsga tegishli bo‘lgan tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilgan deb topdi. Sudning qarori bilan fuqaro Sh.B.F.ga belgilangan tartibda jarima jazosi tayinlandi.

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Chinoz tumanidagi 14-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 16-mart kuni Toshkent viloyati Chinoz tumani 14-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida Adliya vazirligi va tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan davlat organlari rahbarlari uchun konstitutsiyaviy islohotlarni referendum orqali o‘tkazish yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi.

Davra suhbati davomida davlat organlari rahbarlariga Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida, shuningdek referendum o‘tkazish tartibi, unda ishtirok etish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari sezilarli darajada kengaytirilayotganligi ta'kidlandi. Xususan, konstitutsiyaviy huquqlar doirasi ta'lim, ekologik huquqlar, sog‘liqni saqlash, gender tenglik, erkin harakatlanish kabi huquqlar bilan to‘ldirilayotganligi aytib o‘tildi.

Davra suhbati yakunida davlat organlari rahbarlari konstitutsiyaviy islohotlarga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

⚡️Asosiy qonunimizni bugungi hayot talablariga mos holda yangilash — davr talabi

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Markaziy bank bosh boshqarmasi xodimlari uchun tashkil etilgan seminarda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi hamda referendum qonunchiligi mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Toshkent viloyati pedagoglari uchun Konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha tadbirlar tashkil qilinmoqda

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
0️⃣0️⃣0️⃣ • TDYU Kovorking markazi: talabalarning startap loyihalarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyat

👉 Batafsil va FOTOlar...

0️⃣0️⃣0️⃣ • В ТГЮУ открылся коворкинг-центр: новые возможности для развития студенческих стартап-проектов

👉 Подробнее и ФОТОграфии...

0️⃣0️⃣0️⃣ • TSUL has launched a co-working center: new opportunities for the development of student start-up projects

👉 More & PHOTOs...

👍👍 @tsulofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_munosabat

Adliya vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi blogerlar assotsiatsiyasi nodavlat notijorat tashkiloti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasining 2023-yil 11-martdagi 1/1-38-sonli xati va Arnasoy tuman FHDY bo‘limi tomonidan 2023-yil 13-mart kuni V 46759815-raqami bilan rasmiylashtirilgan o‘lim guvohnomasiga asosan hamda “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-3-moddasiga asosan:

▪️Arnasoy tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Do‘stmurodov Ismoil Muxtarovich vafot etganligi sababli unga Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2020-yil 21-aprel kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi GZ № 0019-son bilan berilgan litsenziyaning amal qilishi va notarius maqomi tugatildi.

@adliyangiliklari
#Bu_muhim

Tadbirkorlik faoliyatida to‘siqlarga duch kelyapsizmi?
b-advice.uz portaliga murojaat qiling!

🌐 Adliya vazirligi tomonidan aholining tadbirkorlik faoliyatiga har tomonlama ko‘mak berishga mo‘ljallangan “Biznesga maslahat” (b-advice.uz) interfaol axborot portali ishlab chiqilgan.

❕ Mazkur portalni yaratishda Buyuk Britaniya, Singapur, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi o‘rganilgan.

🔰 Mazkur portal orqali quyidagi masalalar bo‘yicha ma'lumotlarga ega bo‘lish mumkin:

▫️tadbirkorlikka oid qonunchilik hujjatlari va yangiliklar;
▫️biznesni boshlash va yuritish tartib-taomillari;
▫️litsenziyalash va ruxsatnoma olish tartiblari;
▫️soliq, bank va bojxona organlarining tadbirkorlik bilan bog‘liq xizmatlari;
▫️kredit va ssuda olish tartiblari.

📲 Shuningdek, portal orqali tadbirkorlarning onlayn murojaatlari qabul qilinadi.

Tadbirkorlik faoliyatingizni b-advice.uz portali bilan yanada rivojlantiring!

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

"Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i kubogi" doirasida sport musobaqalari o'tkazildi

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

📹 Yangiliklar 24 | Yangilanayotgan Konstitutsiya – yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

✅Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

🕊Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🇺🇿 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк