ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_loyiha

❗️Qonun loyihasida xotin-qizlar, bolalar huquqiy himoyasi tizimini kuchaytirish maqsadida yangi javobgarlik turlarini joriy etish taklif etilmoqda.

Ushbu havola orqali loyiha muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/75074

Batafsil #infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

2022-YIL DAVOMIDA MAHALLALARDA JINOYATCHILIKNI OLDINI OLISH YUZASIDAN OLIB BORILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI

Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-may kuni “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to'g'risida”gi qarori qabul qilingan edi.

Shunga ko'ra, viloyat adliya va ichki ishlar boshqarmalari va ularning tizimidagi bo'limlar tomonidan jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish dasturi bo'yicha 2022-yil davomida bir qancha ishlar amalga oshirilgan edi.

Amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish maqsadida joriy yilning 11-yanvar kuni viloyat adliya boshqarmasi binosida adliya va ichki ishlar xodimlari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Tanqidiy ruhda o'tgan mazkur yig'ilishda yo'l qo'yilgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilinib 2023-yilda amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing

Xotin-qizlar, bolalar va keksa yoshdagi ota-onalarning huquqlarini himoya qiluvchi qonun loyihasi bo‘yicha ma'lumot.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

ADLIYA YORDAMIDA FUQAROGA 613 MILLION 646 MING SO‘M KOMPENSATSIYA UNDIRILADIGAN BO‘LDI

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Toshkent shahrida yashovchi fuqaro X.B.ning murojaati o‘rganib chiqildi. Aniqlanishicha, Pastdarg‘om tuman hokimining 2018-yil 7-martdagi 978-Q-sonli qaroriga asosan fuqaro X.B.ga tumanning Juma shahar Furqat mahallasi hududidan tuman hokimligi zahirasida bo‘lgan 0.44 gektar yer maydoni ajratilgan.

Ammo Pastdarg‘om tuman hokimining 2021-yil 23-iyundagi 908-Q-sonli qarori bilan tuman hokimining yuqorida qayd etilgan qaroriga o‘zgartirish kiritilib, fuqaroga ajratilgan 0,44 gektar yer maydonining 0,24 gektar qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Qadrli vatan himoyachilari!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimiz tinchligi va farovonligi, osoyishta hayotini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashdek sharafli va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar doimiy hamroh bo‘lsin.

Ushbu qutlug‘ damda barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik yor bo‘lishini, xonadoningizdan fayzu baraka arimasligini tilaymiz.

Hurmat bilan, Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida Vatan himoyachilari kuni nishonlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Forwarded from Poytaxt_adliya
#Diqqat_e'lon!

⚡️Hurmatli fuqarolar! Mirobod tumanida elektr tarmog'ida kuzatilgan nosozliklar sababli Mirobod tumani FHDY bo‘limi fuqarolarga vaqtinchalik xizmat ko'rsata olmasligi ma'lum qilinadi.

🙏🏻 Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoni bilan fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshirilishi belgilangan.

✅ Shunga ko‘ra, Siz Toshkent shahridagi boshqa tuman FHDY bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt:
https://toshkent.adliya.uz
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlari markazlarining barcha resurslari fuqarolarga yordam rejimiga o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, oʻzgarishlar roʻy berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

@adliyangiliklari