ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan joylarda “Sayyor qabul” oʻtkazildi. 14 ta hududda boʻlib oʻtgan muloqotlarda 250 nafar fuqaroning murojaati tinglandi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan fuqarolarning huquqiy manfaatlarini himoya qilish barobarida ularga qulayliklar yaratish va sohaga oid yangiliklardan boxabar qilish maqsadida ochiq muloqot hamda uchrashuvlar tashkil etilib, fuqarolarning dardi-tashvishlari tinglanib, tegishliligi boʻyicha bartaraf etish mexanizmi yoʻlga qoʻyilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining milliy OAVlardagi mediafaolligi bo‘yicha reytingi tuzildi.

Adliya vazirligi reytingda birinchi o‘rinni egalladi.

@adliyangiliklari
Общественный совет по развитию информационной сферы и массовых коммуникаций при Олий Мажлисе Республики Узбекистан составил Рейтинг цитируемости органов государственной власти и управления Республики Узбекистан в национальных СМИ.

В рейтинге первое место занимает Министерство юстиции.

@adliyangiliklari
#Muhim

Nodavlat notijorat tashkilotlari (shu jumladan, diniy tashkilotlar) har yili 1 fevralga qadar o‘tgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organlariga hisobot taqdim etadi.

Bugun, 7-yanvar kuni soat 16:00 da “NNT va diniy tashkilotlar faoliyati to‘g‘risidagi hisobot 2023" mavzusida “On-line” muloqot bo‘lib o‘tadi.

Muloqot vazirlikning Facebook dagi “Adliya bilan muloqot/Диалог с юстицией” guruhi va YouTube dagi “Adliya vazirligi Ministry of Justice” kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

Onlayn muloqotda Adliya vazirligi mas'ul xodimlari savollarga javob beradi.

Mavzu yuzasi bo‘yicha savollarni @adliyaga_savolbot manzili orqali yuborishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Eslatma

🔰 Huquqiy masalalarda foydali ma'lumotlar bilan @huquqiyaxborot telegram kanalining quyidagi tillarda yuritilayotgan versiyalari orqali ham tanishib borishingiz mumkin:

🔹 @huquqiyaxborot_lotin (lotin alifbosida)
🔹 @pravoinf (rus tilida)
🔹 @leginf (ingliz tilida)

📲 Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, qonunchilikdagi eng muhim yangiliklar, hayotiy zaruratga aylangan huquqiy bilimlar, eng sara tahliliy materiallarni hudud24.uz sayti hamda @hudud24official telegram kanalida kuzatib borishni tavsiya etamiz.

@adliyangiliklari
#Adliya_online

Nodavlat notijorat tashkilotlari (shu jumladan, diniy tashkilotlar) har yili 1 fevralga qadar o‘tgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organlariga hisobot taqdim etadi.

“NNT va diniy tashkilotlar faoliyati to‘g‘risidagi hisobot 2023"
mavzusida “On-line” muloqot davom etmoqda.

👉Onlayn translyatsiya

Mavzu yuzasi bo‘yicha savollarni @adliyaga_savolbot manzili orqali yuborishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash o‘quv kurslariga qabul boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi 2023-o‘quv yili uchun Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash o‘quv kurslariga hujjatlarni qabul qilishni boshladi.

O‘quv kurslarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar quyidagi hujjatlarni topshiradi.

🔹Markaz direktori (komissiya raisi) nomiga ariza (arizada talabgorning qaysi tilda ta’lim olish istagi ko‘rsatiladi);

🔹pasport nusxasi;

🔹ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

🔹3,5×4,5 hajmdagi ikki dona fotosurat;

🔹nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti nomidan tavsiyanoma (agar talabgor yuridik shaxs xodimi bo‘lsa);

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markaziga kelib yoki pochta yoxud info@sudex.uz elektron pochta orqali sifatli (ko‘rinarli, yaxshi o‘qiladigan) darajada taqdim qilishlari (suhbat jarayonida hujjatlarning asli ko‘rsatiladi) lozim.

Qabul komissiyasi tomonidan (o‘zbek yoki rus tilida) suhbat 2023-yil mart oyining ikkinchi o‘n kunligida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi binosi (Toshkent shahri, Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasi)da o‘tkaziladi.

O‘qish muddati olti oydan (24 xafta) kam bo‘lmagan muddatda tashkil etiladi.

O‘qish uchun to‘lov miqdori o‘quv jarayoni an’anaviy ta’lim shaklida tashkil etilganda, amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining 45 (qirq besh) baravari miqdorida, masofaviy ta’lim shaklida tashkil etilganda esa, bazaviy hisoblash miqdorining 40 (qirq) baravari miqdorida amalga oshiriladi.

Hujjatlar 2023-yilning 4-yanvar kunidan 10-mart kuniga qadar qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon:
(71) 209-11-55 ichki (214);
(91) 554-15-55;
(93) 587-49-94.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Diqqat e’lon!

💯Sud ekspertiza sohasida dual ta’lim prinsipi asosida kadrlarni qayta tayyorlash o’quv kurslariga hujjatlarni qabul qilish jarayoni boshlandi!

Batafsil ma'lumot
👇🏻

https://sudex.uz/?p=5309

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram|🌐 sudex.uz|🆘@sudexuz_bot
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ilgari surilgan ustuvor yo‘nalishlar aks ettirilgan INFOGRAFIKALAR JAMLANMASI e'tiboringizga havola qilinmoqda.

@adliyangiliklari
#Kun_tarixi

🗓 8-yanvar (1992-yil)

Prezident Farmoni bilan O'zbekiston SSRning ittifoq-respublika Adliya vazirligi O'zbekiston Respublikasining Adliya vazirligiga aylantirilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Hurmatli prokuratura organlari xodimlari!

Adliya vazirligi Sizlarni prokuratura organlari tashkil etilgan kun munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

Huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish yo'lidagi sharafli va fidokorona faoliyatingizda hamisha muvaffaqiyat yor bo'lsin!

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

✅Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

🕊Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🇺🇿 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo'nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

❓Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak?

❗️Javob
:

📄Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.

📃Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

🔅Soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Kadastr (yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

✅Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi 535-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#FHDY_xizmatlari

👶🏻FHDY organlari tomonidan 2021—2022-yil davomida qayd etilgan tug‘ilishlar o‘zaro nisbati haqidagi ma'lumotlar

2022-yil davomida FHDY organlari tomonidan respublika bo‘yicha 939 046 nafar bolalarning tug‘ilish qayd etildi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12 826 nafarga ko‘p.

Shular jumlasidan:

🔹2022-yil davomida 486 114 nafar o‘g‘il bolalarning tug‘ilishi qayd etilgan bo‘lib, 2021-yilga nisbatan 7 017 nafarga ko‘paygan.

🔹2022-yil davomida 452 932 nafar qiz bolalarning tug‘ilishi qayd etilgan bo‘lib, 2021-yilga nisbatan 5 816 nafarga ko‘paygan

Batafsil #infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Navoiyda ta’lim muassasalari xodimlariga 800 million so‘mga yaqin pul mablag‘lari undirib berildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi joylarda ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni monitoring qilish va prognozlash, axborot makonining g‘oyaviy mazmunini tizimli tahlil qilish, hududlar va mamlakat darajasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni sog‘lomlashtirish, milliy birdamlik va konfessiyalararo totuvlikni ta’minlashga qaratilgan choralarni ishlab chiqishdan iborat.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Xodimlarning 107 mln soʻm ustama pullari undirib berildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Mutaxassis_sharhi

Ixcham davlat boshqaruvi qanday natija beradi?

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo'limlari;
▫️yuridik xizmat ko'rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo'linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1322) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

@adliyangiliklari
#Muhim

📣📣Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar diqqatiga

Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlarning 2022-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni 2023-yil 1-fevralidan kechiktirmay e-ngo.uz portali orqali elektron shaklda taqdim qilishingiz so‘raladi.

Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 239-moddasiga asosan nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, o‘z faoliyati to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma'lumotlar taqdim etishi, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining axborotni, shu jumladan ular tomonidan mol-mulk va pul mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasligi — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

💻e-ngo.uz portali

📹 Hisobotni to‘ldirish yuzasidan video qo‘llanma bilan batafsil tanishing

@adliyangiliklari