ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
​#Adliyadan_javob

❓Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish arizasiga qanday nimalar ilova qilinadi?
a) o‘qish xarajatlari uchun subsidiya olishda:
▫️agar ariza o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR)va bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
▫️nodavlat ta’lim tashkiloti tomonidan ariza beruvchini o‘qitish to‘g‘risida shartnomaning elektron nusxasi (“pdf” yoki “jpg” formatda). Shartnomada nodavlat ta’lim tashkilotining nomi, STIR, bank hisobvarag‘i, joylashgan manzili, ariza beruvchi o‘qishni istagan kasb-hunar turi yoki ta’lim yo‘nalishi, o‘qish muddati, o‘qishning bir oylik va umumiy to‘lov miqdori ko‘rsatilishi lozim.
b) yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya olishda:
▫️transport xarajatlarini qoplash so‘ralganda — yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari (agar mavjud bo‘lsa, “pdf” yoki “jpg” formatda);
▫️yashash xarajatlarini qoplash so‘ralganda — ijara shartnomasi va uning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi haqidagi bildirishnomaning elektron nusxasi (agar mavjud bo‘lsa, “pdf” yoki “jpg” formatda).

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida “Adliya spartakiadasi” bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

“P.I.N.” MChJ rahbari Sh.T. Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi hamda Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib Toshkent shahar adliya boshqarmasiga murojaat qilgan.

Boshqarma tomonidan "P.I.N." MChJning arizasi o‘rganib chiqilib, uning manfaatida “P.I.N.” MChJ rahbari Sh.T ga tegishli turar-joy obyektiga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiyatini yuklash to‘g‘risida shikoyat ariza kiritilgan.

Toshkent tumanlararo ma‘muriy sudining 2022-yil 14-dekabrdagi hal qiluv qarori bilan, boshqarma tomonidan kiritilgan shikoyat qanoatlantirilib, murojaatchi "P.I.N." MChJning buzilgan huquqlari tiklanishiga erishildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach
Zarafshonda mahalla raislari va xotin-qizlar faollariga 500 mln soʻmga yaqin qoʻshimcha pul mablagʻlari toʻlab berildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Advokatlik firmasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlanadigan davlat boji miqdori qancha?

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga muvofiq, advokatlik byurolarini, advokatlik firmalarini va advokatlar hayʼatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 2 baravari, yuridik maslahatxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 1 baravari miqdorida davlat boji toʻlanishi belgilangan.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan yetim bolaning buzilgan huquqlari tiklandi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Toshkent shahridagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi
6 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha toʻxtatildi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 16-dekabrdagi 9/2022-sonli bayonnomasiga asosan:

1. Sergeli tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius N.Munavvarovaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 22-dekabr kunidan 15 kun muddatga;
2. Shayxontohur tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Y.Ergashevaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 24-dekabr kunidan 2 oy muddatga;
3. Shayxontohur tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius T.Usmanovning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 24-dekabr kunidan 15 kun muddatga;
4. Olmazor tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius K.Saipovaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 22-dekabr kunidan 2 oy muddatga;
5. Bektemir tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius E.Shadiyevaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 22-dekabr kunidan 1 oy muddatga;
6. Shayxontohur tumanida xususiy amaliyot notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius S.Abdujalolovaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 22-dekabr kunidan 1 oy muddatga to’xtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Advokatlik tuzilmalarining tashkiliy shakllari qanday?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentyabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 542-sonli qarorga ilova qilingan “Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”gi muvofiq, Advokatlik tuzilmalarining quyidagi takshkiliy shakllari mavjud. Bular advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlik hayʼati va yuridik maslahatxona.

@adliyangiliklari
​#Adliyadan_javob

❓Fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinganligi qanday hollarda bekor qilinadi?

— Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 785-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 15-bandiga asosan, fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinganligi quyidagi hollarda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan bekor qilinadi:

▫️O‘zbekiston Respublikasi hududida bir manzildan boshqa manzilga doimiy ro‘yxatga olinganda;

▫️mulkdorning arizasiga ko‘ra — O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar joy maydonining ijtimoiy normasi to‘g‘risidagi qoidalar asosida doimiy ro‘yxatga olingan fuqarolar;

▫️mulkdor o‘zgarganda, uning arizasi va uy-joyga egalik qilishni tasdiqlovchi hujjatlar asosida;

▫️sudning fuqaroni uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan, shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish va ko‘chirish haqidagi qarori asosida;

▫️fuqaro qonunda belgilangan tartibda xorijga doimiy yashashga ketganda;

▫️soxta hujjatlar yoki haqiqatga muvofiq bo‘lmagan hujjatlar asosida doimiy ro‘yxatga olinganligi aniqlanganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;

▫️umrbod ozodlikdan mahrum qilinganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;

▫️vafot etganda — FHDY organining o‘lim haqidagi guvohnomasi yoki ma’lumotnomasi asosida.
Bunda, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning doimiy ro‘yxatini bekor qilish mahkumning ishonchnomasi asosida yoki uy-joy binosidan foydalanish huquqini yo‘qotganlik haqidagi sud qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Yuridik shaxs qachon tugatilgan hisoblanadi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi hamda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 704-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 8-bandiga muvofiq, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning davlat reestriga tegishli yozuvlar qayd etilgandan keyin tijorat tashkiloti tugatilgan, tadbirkorlik subyekti ― jismoniy shaxs esa oʻz faoliyatini toʻxtatgan hisoblanadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari bilan onlayn-uchrashuvida qatnashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari