ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

ADLIYA ARALASHMAGANDA QARIYB 100 MILLIONLIK USTAMA PULLARI TO‘LANMAGAN BO‘LARDI

Pastdarg‘om tumanidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarining kutubxonachi-xodimlari Pastdarg‘om tuman adliya bo‘limiga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Chunki ularga to‘lanishi lozim bo‘lgan qariyb 100 million so‘mlik ustama pullari o‘z vaqtida to‘lanmasdan, qonuniy manfaatlari buzilayotgandi.

Ya'ni, tuman xalq ta'limi bo‘limi hisobxonasi tomonidan tumandagi 128 ta umumiy o‘rta ta'lim maktablaridagi jami 158 nafar kutubxonachi-xodimlarga 73 million 518 ming 845 so‘m miqdoridagi qo‘shimcha ustama pullari to‘lanmasdan kelingan.

Ma'rifat maskanlari xodimlarining manfaatini ko‘zlab adliya bo‘limi tomonidan tuman xalq ta'limi bo‘limiga ta'sir choralari kiritildi. Natijada paysalga solinib kelingan qo‘shimcha ustama haqlari undirilib berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Darslik kitoblarning kontrafakt nusxalari aniqlandi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Diqqat

🎙Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti tomonidan 20-dekabr soat 11:00da tadbirkorlarda intellektual mulk sohasidagi mavjud muammolarni oʻrganish boʻyicha "Huquqiy gap" ovozli chati tashkillashtirilmoqda.

📈Ushbu ovozli chatda tadbirkorlar intellektual mulk sohasidagi amaliyotda qiynayotgan muammoli holatlarga va oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

👥Savollarga Sanoat mulkini huquqiy himoya qilish boshqarmasi xodimlari javob beradi.

Ovozli chatga @adliyaimd Telegram kanal orqali ulanishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
ISHTIXONDA O‘QITUVCHILARNING HUQUQLARI BUZILDI

Ishtixon tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta'lim maktabining direktor o‘rinbosari T.Z. joriy yilning 5-sentabr sanasidan mehnat ta'tiliga chiqqan bo‘lsa-da, unga 6 million 564 ming so‘m ta'til puli to‘lab berilmagan.

Shuningdek, tumandagi 47-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘qituvchisi O.X. ham homiladorlik va tug‘ish ta'tiliga chiqqaniga qaramay, mazkur mazmundagi buyruq rasmiylashtirilmagan va 11 million 273 ming 514 so‘m so‘m miqdordagi homiladorlik va tug‘ruq ta'tili pullari to‘lanmagan.

Mazkur fuqarolarning murojaatlariga asosan Ishtixon tuman adliya bo‘limi o‘rganish olib borib, natijasiga ko‘ra, tegishli ta'sir choralarini qo‘lladi. Shundan so‘ng ikkala fuqaroning ham qonuniy manfaatlari ta'minlandi.

Eslatib o‘tamiz, bugungacha Ishtixon tuman adliya bo‘limiga 421 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 30 dan ortig‘i aynan mehnat va ish bilan bog‘liq masalalarga oid.

@adliyangiliklari
​#Adliyadan_javob

❓Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʻlumotnomani olish uchun nima qilish kerak?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan “Koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida maʻlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʻmuriy reglamenti”ga koʻra, ariza beruvchi ma’lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXP orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun BHMning 5 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.

Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.

Davlat xizmati uchun yigʻim undirilganligini tasdiqlash elektron tarzda amalga oshiriladi. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

Vakolatli organ soʻrovnoma tushgan va toʻlov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi.

@adliyangiliklari
#murojaatnoma2022

⚡️2023-yil — "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim" yili deb e'lon qilindi.

@adliyangiliklari
​#Adliyadan_javob

❓Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish arizasiga qanday nimalar ilova qilinadi?
a) o‘qish xarajatlari uchun subsidiya olishda:
▫️agar ariza o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR)va bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
▫️nodavlat ta’lim tashkiloti tomonidan ariza beruvchini o‘qitish to‘g‘risida shartnomaning elektron nusxasi (“pdf” yoki “jpg” formatda). Shartnomada nodavlat ta’lim tashkilotining nomi, STIR, bank hisobvarag‘i, joylashgan manzili, ariza beruvchi o‘qishni istagan kasb-hunar turi yoki ta’lim yo‘nalishi, o‘qish muddati, o‘qishning bir oylik va umumiy to‘lov miqdori ko‘rsatilishi lozim.
b) yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya olishda:
▫️transport xarajatlarini qoplash so‘ralganda — yo‘l xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari (agar mavjud bo‘lsa, “pdf” yoki “jpg” formatda);
▫️yashash xarajatlarini qoplash so‘ralganda — ijara shartnomasi va uning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi haqidagi bildirishnomaning elektron nusxasi (agar mavjud bo‘lsa, “pdf” yoki “jpg” formatda).

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida “Adliya spartakiadasi” bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

“P.I.N.” MChJ rahbari Sh.T. Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi hamda Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib Toshkent shahar adliya boshqarmasiga murojaat qilgan.

Boshqarma tomonidan "P.I.N." MChJning arizasi o‘rganib chiqilib, uning manfaatida “P.I.N.” MChJ rahbari Sh.T ga tegishli turar-joy obyektiga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiyatini yuklash to‘g‘risida shikoyat ariza kiritilgan.

Toshkent tumanlararo ma‘muriy sudining 2022-yil 14-dekabrdagi hal qiluv qarori bilan, boshqarma tomonidan kiritilgan shikoyat qanoatlantirilib, murojaatchi "P.I.N." MChJning buzilgan huquqlari tiklanishiga erishildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach
Zarafshonda mahalla raislari va xotin-qizlar faollariga 500 mln soʻmga yaqin qoʻshimcha pul mablagʻlari toʻlab berildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Advokatlik firmasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlanadigan davlat boji miqdori qancha?

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga muvofiq, advokatlik byurolarini, advokatlik firmalarini va advokatlar hayʼatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 2 baravari, yuridik maslahatxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun BHMning 1 baravari miqdorida davlat boji toʻlanishi belgilangan.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan yetim bolaning buzilgan huquqlari tiklandi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Toshkent shahridagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi
6 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha toʻxtatildi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 16-dekabrdagi 9/2022-sonli bayonnomasiga asosan:

1. Sergeli tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius N.Munavvarovaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 22-dekabr kunidan 15 kun muddatga;
2. Shayxontohur tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Y.Ergashevaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 24-dekabr kunidan 2 oy muddatga;
3. Shayxontohur tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius T.Usmanovning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 24-dekabr kunidan 15 kun muddatga;
4. Olmazor tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius K.Saipovaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 22-dekabr kunidan 2 oy muddatga;
5. Bektemir tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius E.Shadiyevaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 22-dekabr kunidan 1 oy muddatga;
6. Shayxontohur tumanida xususiy amaliyot notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius S.Abdujalolovaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 22-dekabr kunidan 1 oy muddatga to’xtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓Advokatlik tuzilmalarining tashkiliy shakllari qanday?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-sentyabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 542-sonli qarorga ilova qilingan “Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”gi muvofiq, Advokatlik tuzilmalarining quyidagi takshkiliy shakllari mavjud. Bular advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlik hayʼati va yuridik maslahatxona.

@adliyangiliklari