ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Konstitutsiya — farovon hayotimiz va kelajagimiz kafolati!

Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi bilan chin qalbdan tabriklaymiz.

Vatanimizni tinchlik-osoyishtalik, xonadoningizni fayzu baraka tark etmasin.

Hurmat bilan
Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹E’TIBOR VA E’TIROF

Navoiy viloyati adliya boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda adliya organlari tizimida samarali faoliyat yuritgan, tashabbuskorligi, mehnatsevarligi va fidoyiligi bilan namuna ko‘rsatolgan bir guruh xodimlar alohida e’tirof etildi.

Viloyat adliya boshqarmasi, yuridik texnikumi, notarius, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Navoiy viloyat filiali vakillaridan jami 18 nafar xodim "O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni, Navoiy viloyat FHDY arxivi mudirasi M. Qo‘ldosheva "Adliya a'lochisi" ko'krak nishoni, adliya boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchi D. Kattayeva “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan, adliya vaziri faxriy yorlig‘i, adliya boshqarmasi boshlig‘ininng tashakkurnoma va faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Tabiiyki, sizda parfyumeriya, ayerozol, odekolon va shu kabi ifor tarqatadigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar hidlarni savdo belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazsa kerak degan fikr keldi.

❗️Biroq unday emas. Hidni tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishda asosiy talab, avvalo, mahsulotning asosiy vazifasi ifor taratish bo‘lmasligi lozim. Mahsulot boshqa vazifani bajarishi hamda undan taraladigan ifor uning qo‘shimcha xususiyati hisoblanishi kerak.

Xorijiy davlatlar amaliyotida ip tolasining hidini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga erishilgan. Ip tolasi tikuvchilik va to‘qimachilik sanoatida ishlatiladi va u hid taratish vazifasini bajarmaydi. Hidli paypoqlar aynan shu ip tolasidan tikiladi va undan yaratilgan mahsulotlarning hidi o‘sha ip tolasini eslatadi.

@adliyangiliklari
#Mehr_ulash

“Mehr ulashing va hayotlarni saqlab qoling”

Bugun, 9-dekabr kuni Adliya vazirligi tashabbusi bilan Respublika qon quyish markazi bilan birgalikda “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi o‘tkazildi.

Unda markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari xodimlari faol ishtirok etishdi.

Qon va qon mahsulotlari murakkab tibbiy va jarrohlik muolajalarni boshdan kechirayotganlarga va baxtsiz hodisalar oqibatida jarohatlanganlarga samarali yordam ko‘rsatishda juda muhim manbadir.

Donor anashunday bemorlarni hayotini saqlab qolishi, unga yangi hayot tuhfa qilishi mumkin.

Adliya vazirligi jamoasi “Donor sifatida mehr ulashing va hayotlarni saqlab qoling” chaqirig‘i bilan qolganlarni ham ushbu xayriya aksiyasida ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida “Baholash faoliyati hamda baholash yo’nalishidagi sud ekspertlik faoliyatiga oid qonunchilik va uning amaliyotda to’g’ri qo’llanilishi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari