ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Mutaxassis_sharhi

Mutaxassis: xorijda ishlayotgan fuqarolarga moddiy yordam ajratiladi, faqat...

Har bir fuqaroning qonuniy huquqlari va majburiyatlari bor. Bu qonunlar bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Lekin biz ana shu huquqlarimizdan yetarli darajada boxabarmiz, deyolmaymiz. Buni fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar ham tasdiqlaydi. Bugun ana shu murojaatlar asosida xorijda ishlayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash tizimining barchani qiziqtirgan yo‘nalishi bo‘yicha suhbatlashamiz. Samarqand viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi Alisher Primov savollarga javob beradi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Fuqaro R.R. Sergeli tumani adliya bo‘limiga murojaat qilib, imtiyozli asoslarda yoshga doir pensiyaga chiqishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Ish hujjatlari o‘rganilganda, fuqaro bundan avval O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sergeli tuman bo‘limiga umumiy asoslarga ko‘ra murojaat qilgan, biroq ish joyi attestatsiyadan o‘tkazilmaganligi sababli imtiyozli asoslarda yoshga doir pensiyaga chiqish to‘g‘risidagi arizasi rad etilganligi aniqlandi.

Shunga ko‘ra, tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaroning manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudiga yuridik ahamiyatga ega faktni belgilash to‘g‘risida ariza kiritildi. Mazkur ariza natijasida fuqaroga 14 yil davomida haqiqatan mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishda ishlaganlik faktini belgilash to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori qabul qilinishiga erishildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

📈So‘nggi 5 yilda davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilayotgan xizmat turlari 37 tadan 253 taga yetkazildi. 78ta xizmat turi 2022-yilda tashkil etildi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara U‘rinbayeva ma'lum qildi.

2018–2022-yillarda davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilayotgan xizmat turlari 37 tadan 253 taga yetkazildi. 2022-yilda 78 ta davlat xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Adliya vazirligi mutaxassislari Latviyaning Riga shahrida davlat xizmatlari ko'rsatish bo'yicha o'quv safarida ishtirok etmoqda.

Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturining “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida Vazirlikning masʼul xodimlari uchun Latviyaning Riga shahrida davlat xizmatlarini tranformatsiya qilish, davlat xizmatlari ko'rsatishni baholash, raqamlashtirish va BPRni qo'llash tajribalarini o'rganish bo'yicha o'quv kurslari bo'lib o'tmoqda.

Xususan, 2—3-dekabr kunlari Latviyaning Smiltene mintaqasi meri (hokim) Edgars Avotins boshchiligidagi aholiga davlat xizmatlari ko'rsatishga mas'ullar bilan uchrashuv o'tkazildi hamda o'zaro tajriba almashildi.

Uchrashuvda mintaqada davlat xizmatlari ko'rsatish, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati va ijro organlarini shakllantirishdagi o'ziga xos xususiyatlar bo'yicha fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi, bevosita davlat xizmatlari ko'rsatish markazlari ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Shu kuni bunday uchrashuv Olaine mintaqasida ham o'tkazildi.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

✅Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

🕊Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🇺🇿 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tanlovi

📣📣 Jurnalist va blogerlar diqqatiga! Adliya SIZni kuzatadi.

Adliya e'tirofi: “OAVda huquq”

Adliya vazirligi tomonidan OAVda huquqiy mavzuda qalam tebratuvchi ijodkorlar e'tirof etiladi. Bunda huquqni va qonun ustuvorligini targ‘ib qiluvchi eng yaxshi jurnalistik material va blogpostlar jamoatchilik faollari va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan saralab olinadi.

Saralab olingan ishlar mualliflari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Bunda nomzodlar hujjat topshirmaydi, g‘oliblar komissiya tomonidan bosma, elektron OAVda, tele- va radioefirlarda, shaxsiy bloglarda nihoyasiga yetayotgan 2022-yil davomida e'lon qilingan materiallar orasidan tanlab olinadi.

G‘oliblar quyidagi nominasiyalar bo‘yicha taqdirlanadilar.
▪️ Huquqni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi jurnalistik material
▪️ Huquqni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi blogpost

Bizni kuzatib boring! G‘oliblarni tez kunlarda ma'lum qilamiz!

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari #Qulaylik

⚡️Endilikda ariza natijasini olish uchun markazga qayta borishingiz shart emas!

💠Telefon raqamingizga SMS xabarnoma orqali ariza raqami bilan birga murojatingiz natijasini olish uchun havola hamda tekshirish paroli yuboriladi.

❗️Ushbu havolaga o’tgandan so’ng tekshiruv parolini kiritasiz va ariza javobini yuklab olishingiz mumkin!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, oʻzgarishlar roʻy berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“O‘zbеkiston xalqaro rеyting va indеkslarda: siyosiy-huquqiy soha” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Diqqat_tanlov

Adliya vazirligi adliya organlari va muassasalariga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan boʻsh yer uchastkasida koʻp qavatli turar va noturar joy bino-inshootini qurib noturar joy qismiga Mirobod tumani davlat xizmatlari markazi binosini joylashtirish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Eslatma

Intellektual mulk obyektini muhofaza qiluvchi GUVOHNOMA va PATENT tushunchasi nimani anglatadi?

👉Guvohnoma va patent — intellektual mulk obyekti ma'lum bir shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi yuridik kuchga ega hujjat.

Bu hujjatlar orasidagi farq faqat obyekt turida hisoblanadi.

Masalan, tovar belgisini huquqiy muhofazalovchi hujjat guvohnoma bo‘lsa, ixtiro uchun muhofaza hujjati patent hisoblanadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Huquqiy targ‘ibot a'lochilari aniqlandi

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini keng aholi ommasiga tezkor va tushunarli yetkazishdagi xizmatlari uchun bir guruh davlat organlari va tashkilotlar xodimlari, OAV vakillari hamda jamoatchilik faollari “Huquqiy targ‘ibot ishlari a'lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti idoralararo ilmiy-uslubiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari