ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida Belarus Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari M. Starovoytov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“O‘zbekistonda ijtimoiy himoya” mavzusida nodavlat notijorat tashkilotlar ishtirokidagi davra suhbati o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ESLATMA

🔻“Kontrafakt” soʻzi fransuz tilidan tarjima qilinganida “Mualliflik huquqini buzish” degan maʼnoni bildiradi.
U har qanday shaxsning intellektual mulk huquqlarini buzgan holda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotga tegishli.

🔻Bunday mahsulot ishlab chiqaruvchilar bozorda keng tarqalgan, ommalashgan, taniqli brendlar va logotiplarni oʻz mahsulotiga joylashtirish yoki shunga monand holat orqali xaridorlarni oʻziga ishontirishga harakat qiladilar va aksariyat hollarda bunga erishadilar ham.

❗️Bu kabi mahsulotlarning sifati tegishli idoralar nazoratidan oʻtkazilganida ular isteʼmolga yaroqli va inson salomatligi uchun xavfsiz boʻlishi mumkin, biroq ularni ishlab chiqarish va sotish noqonuniy hisoblanadi.

@adliyaimd
#Adliya_xabari

⚡️Firibgarlikdan himoyalanish bo‘yicha audio podkast boshlandi

Adliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan firibgarlikning oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi amalga oshirilmoqda.

🎙Dastur doirasida “Huquqiy axborot minbari” ruknida:

▫️firibgarlik, uning yangicha turlari;
▫️onlayn firibgarlik ko‘payishiga imkon yaratayotgan omillar;
▫️firibgarlar tuzog‘iga tushmaslik choralari haqida audio podkast tashkil etildi.

Suhbat spikerlari: Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Click kompaniyasi mas'ul xodimlari.

⏰ Ovozli chat “Huquqiy axborot” Telegram kanalida bo‘lib o‘tmoqda.

📥 Savollaringizni ushbu havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.

Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

"NAVOIYURAN" DAVLAT KORXONASIDA 7000 NAFARDAN ORTIQ XODIMLAR MOBIL-ID TIZIMIGA IDENTIFIKATSIYA QILINMOQDA

Maʼlumki, respubikada 2022-yilning 1-avgustdan boshlab davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qoʻshimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etildi.

Mobil-ID tizimi — fuqarolarga elektron raqamli imzodan foydalanmagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratadi. Faqat bundan moliyaviy xizmatlar mustasno. Mobil-ID tizimi esa mobil aloqa xizmatlaridan foydalanayotgan barcha aholi uchun alohida flesh-kartani olib yurmasdan xizmatlardan foydalanish imkonini beradi.

Mazkur jarayon joylardagi davlat xizmatlari markazlari xodimlarining huquqiy va amaliy koʻmagi bilan amalga oshirilmoqda. Karmana tumani adliya boʻlimi DXM xodimlari tomonidan Navoiy kon-metallurgiya konbinati xodimlari mobile-ID tizimiga identifikatsiya qilinmoqda.

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

🔰 Yangi Mehnat kodeksiga ko'ra:

❗️Yillik asosiy ta'til muddati 21 kalendar kun etib belgilanmoqda

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Yashil_makon

Navoiy viloyat yuridik texnikumi hududida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi. 

👉Batafsil

@adliyangiliklari