ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Matbuot_anjumani

2-noyabr kuni soat 15:00da O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Adliya vazirligining matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish sohasida fuqarolarga yaratilgan qulaylik.

📲 Matbuot anjumani translyasiyasini UzREPORT TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qiling.

📣Ushbu matbuot anjumaniga OAV vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Xodimlarning mehnat huquqlari tiklandi

Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Toza hudud” DUK viloyat boshqarmasida xodimlarning oylik ish haqilari berilganlik holati yuzasidan o‘tkazilgan monitoring davomida korxona tomonidan xodimlarning joriy yil iyul, avgust va sentabr oylari oylik ish haqilaridan qariyb 1 milliardan so‘m ortiq ish haqilari to‘lanmaganligi aniqlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan 31 nafar obodonlashtirish xodimlariga 168 mln so‘m mablag‘lar undirib berildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Firibgarlikdan himoyalanish bo‘yicha audio podkast o‘taziladi

Adliya vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan firibgarlikning oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi amalga oshirilmoqda.

🎙Dastur doirasida “Huquqiy axborot minbari” ruknida:

▫️firibgarlik, uning yangicha turlari;
▫️onlayn firibgarlik ko‘payishiga imkon yaratayotgan omillar;
▫️firibgarlar tuzog‘iga tushmaslik choralari haqida audio podkast tashkil etiladi.

Suhbat spikerlari: Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Click kompaniyasi mas'ul xodimlari.

⏰ Ovozli chat 4-noyabr kuni soat 18:00 da “Huquqiy axborot” Telegram kanalida boshlanadi.

📥 Savollaringizni ushbu havola orqali oldindan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.

Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹 O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Adliya vazirligining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mavzu: Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish sohasida fuqarolarga yaratilgan qulaylik.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralshgach

Uy-joylari davlat ehtiyojlari uchun olingan bo‘lsada, kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirilmaganligidan norozi bo‘lgan 6 nafar fuqarolarning murojaatlari Yakkasaroy tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Murojaatlarni o‘rganish natijasida, davlat ehtiyojlari uchun olingan uy-joylar uchun kompentsatsiya undirish maqsadida Yakkasaroy tuman adliya bo‘limi tomonidan 6 nafar fuqarolarning manfaatida Fuqarolik ishlari bo’yicha Mirobod tumanlararo sudiga kiritilgan jami 9 086 192 546 so‘mlik da’vo arizalari qanoatlantirildi va fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanishi ta’minlandi.

@adliyangiliklari
#ESLATMA

🔰Hozirgi kunda mualliflar va boshqa huquq egalarining huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar davlat ro‘yxatidan o‘tib amalda faoliyat yuritmoqda.

📌Bular:
– O‘zbekiston mualliflik va turdosh huquq egalari jamoat birlashmasi (uzip.uz);
– O‘zbekiston Respublikasi mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati (
uzavtor.uz);
– San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi (
siip.uz).

✅Bunday tashkilotlarning tuzilishi mualliflarning o‘z huquqlarini himoya qilishda ortiqcha vaqt sarflamasdan xotirjam ijod bilan shug‘ullanishlari uchun qulay imkoniyat yaratib beradi va ushbu tashkilotlarga a’zo bo‘lish mutlaqo bepul hisoblanadi.

❗️Yuqoridagi jamoat birlashmalari mualliflar yoki ularning vorislariga tegishli bo‘lgan ijod namunalarini himoya qilishlari hamda buzilgan huquqlarini va qonuniy manfaatlarini tiklashda yordam beradi.

@adliyaimd
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida Belarus Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari M. Starovoytov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“O‘zbekistonda ijtimoiy himoya” mavzusida nodavlat notijorat tashkilotlar ishtirokidagi davra suhbati o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ESLATMA

🔻“Kontrafakt” soʻzi fransuz tilidan tarjima qilinganida “Mualliflik huquqini buzish” degan maʼnoni bildiradi.
U har qanday shaxsning intellektual mulk huquqlarini buzgan holda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotga tegishli.

🔻Bunday mahsulot ishlab chiqaruvchilar bozorda keng tarqalgan, ommalashgan, taniqli brendlar va logotiplarni oʻz mahsulotiga joylashtirish yoki shunga monand holat orqali xaridorlarni oʻziga ishontirishga harakat qiladilar va aksariyat hollarda bunga erishadilar ham.

❗️Bu kabi mahsulotlarning sifati tegishli idoralar nazoratidan oʻtkazilganida ular isteʼmolga yaroqli va inson salomatligi uchun xavfsiz boʻlishi mumkin, biroq ularni ishlab chiqarish va sotish noqonuniy hisoblanadi.

@adliyaimd