ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Diqqat eʻlon!!!

📣Endilikda 1148 ishonch telefoni kunu tun xizmatingizda

☎️Xabaringiz bor, Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazining 1148 qisqa raqami orqali davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida soat 09:00 dan 18:00ga qadar huquqiy tushuntirish va maslahatlar berib kelinmoqda edi.

📌Aholi va tadbirkorlik subyektlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida sinov tariqasida 24 soat ishlovchi 1148 ishonch telefoni faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

⏱Tungi paytda (soat 18:00 dan keyingi kuni 08:00 ga qadar) qabul qilib olingan qoʻngʻiroqlarda koʻtarilgan masalalar yozib olinib, 2 kun davomida unda keltirilgan masalalar yuzasidan mutaxassislar tomonidan qayta aloqaga chiqilib javob berilishi maʻlum qilinadi.

❗️Maʻlumot uchun: Ishonch telefoni uzluksiz faoliyati joriy yilning 31-dekabr kuniga qadar tajriba tariqasida ishga tushirildi. Kelgusida ushbu tajriba orqali kutilgan samaradorlikka erishilganda, mazkur amaliyotni davom ettirish rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi hamda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi delegatsiyasi Turkiya Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud tibbiyot institutida sud ekspertiza sohasida ilg‘or tajriba bilan tanishmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

🇺🇿 Adliya vazirligi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

@adliyangiliklari
#Adliyadan_qulaylik

❗️Adliya vazirligi tomonidan kontrafakt mahsulotlar katalogining doimiy yangilanib boruvchi elektron shaklini QR-kod orqali ma’lumot olish imkoniyati yaratildi.

Mazkur kontrafakt mahsulotlar kataloginining elektron shakliga yo‘naltiruvchi QR-kod “Korzinka”, “Makro” kabi supermarketlarda hamda Adliya vazirligining davlat xizmatlarini ko’rsatish markazlari binolarida, “O’zstandart” agentligining mahsulotlarga muvofiqlik sertefikatini berish binolarida, shuningdek respublika hududidagi barcha chegara va TIF bojxona postlariga joylashtirildi.

Endilikda istalgan shaxs kontrafakt mahsulotlar haqida erkin ma’lumot olishi mumkin.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni. Shu munosabat bilan Fargʻona shahrida kichik ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkazildi. Natijalar haqida oʻzingiz xulosa qiling.

@adliyangiliklari
#Adliya_onlayn

⚡️Ayni vaqtda Adliya vazirligining hay'at majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda 2022-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar ijrosi hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinmoqda. Hay'at majlisi videkonferensaloqa shaklida o‘tkazilib, unda adliya organlari va muassasalarining rahbar va mas'ul xodimlari ishtirok etyapti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi tomonidan onlayn shaklda tashkil etilgan “Munitsipal normativ-huquqiy hujjatlarning federal reyestrini yuritish bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiyasi” huquqiy axborotlarni tarqatish bo‘yicha ilg‘or tajriba almashish maydoni bo‘ldi. Unda “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktori F. Tojiyev o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Intellektual mulk yangiliklari kanali orqali quyidagi ma’lumotlardan xabardor boʻlishingiz mumkin:👇

▪️Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etiladi;
▪️Intellektual mulk sohasiga oid qonunchilikdagi yangiliklar e’lon qilinadi;
▪️Apellyatsiya kengashi qarorlari taraflar roziligiga qarab e’lon qilib boriladi;
▪️Intellektual mulk obyektlarining (sanoat) muhofazasi yuzasidan muhim ma’lumotlar, shuningdek, ularga oid savollarga javob beriladi;
▪️Tegishli sud qarorlariga muvofiq mualliflik huquqi bilan bog‘liq ma’lumotlar joylanadi;
▪️Ekspert xulosasiga asosan kontrafakt mahsulotlar e’lon qilinadi va ularning asl nusxalari bilan solishtirma layfxaklar tayyorlanadi;
▪️Mualliflik huquqiga oid huquqiy ma’lumotlardan xabardor etib boriladi;
▪️Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topshirgan yohud muhofaza hujjatiga ega bo‘lgan tovar belgilari e’lon qilib boriladi;
▪️Intellektual mulk sohasiga oid xorij mamlakatlarining tajribalari yuzasidan ma’lumotlar beriladi;
▪️Soha bilan bogʻliq tarixiy faktlar keltiriladi.

Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd