ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
40 files
9.72K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiyaning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish sohasidagi ilg‘or tajribasi bilan tanishmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Toshkent davlat yuridik universitetida Yaponiya Adliya vazirligi delegatsiyasi aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yaponiya Adliya vazirligining Xalqaro hamkorlik departamenti hamda Tadqiqot va trening instituti direktori Naito Sintaro boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ham Bosh prokuratura akademiyasi xodimlari bilan aynan huquqiy targʻibot sohasida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tajribasi, jumladan, mazkur yoʻnalishda mahallabay asosida qilinayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar koʻlami bilan tanishish maqsadida Samarqand viloyat adliya boshqarmasida boʻlishdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliyadan_javob

❓Aktuariy malaka sertifikati nima?

— Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan “Aktuariy malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti”ga muvofiq, jismoniy shaxsga, agar ushbu shaxs aktuar tashkilot shtatida yoki u bilan aktuar tashkilot oʻrtasida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan boʻlsa, aktuar xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi hujjat aktuariy malaka sertifikati hisoblanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 305-son qarori.

@adliyangiliklari
#Adliya_fahriylari

Adliya vazirligi tizimida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan, ardoqli ustoz, hurmatli Yakub Sanobarovich Bazarbayev "Nuroniy" jamg‘armasi Vasiylik Kengashining tegishli qarori asosida 1-darajali "Mehnat fahriysi" ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan edi.

Bugun ushbu mukofot vazirlik xodimlari tomonidan o‘z egasiga topshirildi.

Adliya vazirligi jamoasi nomidan Ustozni yana bir bor ushbu e'tirof bilan qutlaymiz.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Yolg‘iz ayolning ohi: “kompensatsiyam nega to‘xtatildi?”

👉 Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Turkiya Adliya vaziri o‘rinbosari Hasan Yilmaz boshchiligidagi delegatsiya Adliya vazirligiga tashrif buyurdi

2022-yil 21-sentabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari Aktam Muhammadiyev Turkiya adliya vaziri o‘rinbosari Hasan Yilmaz bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida A. Muhammadiyev vazirlik faoliyati va tizimi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi, Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori Sherzod Rabiyev markaz faoliyati hamda islohotlar to‘g‘risida aytib o‘tdi.

O‘z o‘rnida, Turkiya delegatsiyasi vakillari Turkiya Adliya vazirligining O‘zbekiston Adliya vazirligidan farqli jihatlari to‘g‘risida so‘zlab berdilar. Shu bilan birga, tomonlar adliya va huquq sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalari jadal suratlar bilan rivojlanib borayotganini taʼkidladi.

Doʻstona ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida, tomonlar ikki davlat adliya va huquq sohasida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan olib borilayotgan faoliyatlarini yanada kengaytirishga kelishib oldi.

@adliyangiliklari