ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

Qo‘qon shahar hokimligidan 1,5 mlrdga yaqin moddiy zarar undiriladigan bo‘ldi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
​#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

5-sentabr
▪️ Yuridik texnikumlarga kirish sinovlari natijalari e'lon qilindi.

▪️ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Faxriylari kengashining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.

6-sentabr
▪️ “Korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olishda innovatsiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayoniga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etish” tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

▪️ AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum bilan uchrashuv.

7-sentabr
▪️ “Tadbirkorlik kodeksi” – tadbirkor manfaatlari uchun” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

▪️ Milliy matbuot markazida Adliya vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni identifikasiyalashning Mobil-ID tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

9-sentabr
▪️ Tovar belgilari o‘z egalariga qaytarildi.

10-sentabr
▪️ Adliya vazirligi Teatr arboblari uyushmasining xatiga munosabat bildirdi.

@adliyangiliklari
​#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Yakkabog‘lik o‘rmon xo‘jaligi xodimlariga ustama haqlari undirib berildi.

🔹 23 nafar sobiq MFY xodimlariga maxsus ustama haqlari undirib berildi.

🔹 Kosonlik fuqaro 68 yoshida guvohnoma oldi.

🔹 Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan profilaktik kuzatuv tadbiri jarayonida “Shadozi” xizmat koʻrsatish belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganlik holati aniqlandi.

🔹 Bandixon tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazining amaliy yordami bilan tuman maktabgacha ta’lim bo‘limidan noqonuniy ravishda 1 mlrd 559 mln undirilishi belgilangan sud qarori bekor qilinib da’vo ariza rad qilindi.

🔹 Uzun tumanidagi 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisiga xalq ta’limi tomonidan shu kunga qadar to‘lab berilmay kelayotgan ustama puli undirib berildi.

🔹 Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi qurilish muammolariga amaliy ko‘mak berdi.

🔹 Qo‘qon shahar hokimligidan 1,5 mlrdga yaqin moddiy zarar undiriladigan bo‘ldi.

🔹 Farg‘onada davlat xizmatlari markazining “Qumtepa” filiali ish boshladi.

🔹 Namanganda “Biz birgamiz” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.

🔹 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan mustaqillikning 31 yilligiga bag’ishlab “Adliya xalq orasida” nomli huquqiy aksiyasi o‘tkazildi.

🔹 Sirdaryo viloyatida sportchilarga 11 milliondan ortiq xizmat safari xarajatlari to‘lanmagani aniqlandi.

🔹 Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish yuzasidan Samarkand davlat tibbiyot universitetida seminar o‘tkazildi.

🔹 Ohangaron shahrida “Adliya xalq orasida” nomli huquqiy festival o‘tkazildi.

🔹 Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi ko‘magi bilan 48 nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.

🔹 Kogon tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Kontrafakt mahsulotlari savdosiga qarshimiz!” shiori ostida targʻibot loyihasiga start berildi.

🔹 Onaxonning Andijondagi muammosi Navoiyda hal bo‘ldi.

🔹 Karmanada veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlariga 1 mlrd soʻmga yaqin pul mablag‘lari undirib berildi.

🔹 Nurotalik kutubxonachilarga 42 mln soʻmga yaqin qo‘shimcha haq to‘lab berildi.

🔹 Xatirchida 72 nafar shirkat xo‘jaligi a’zolariga 380 mln soʻmdan ortiq pay ulushlari undirildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Muhim

📢📢 Ertaga Adliya vazirligida brifing bo‘lib o‘tadi!

Mavzu:
O‘zbekiston Respublikasining ayrim fuqarolari tomonidan jinoiy yo‘l bilan orttirilgan va xorijiy davlatlarga olib chiqib ketilgan aktivlarni qaytarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, joriy yilning 16-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi va Shveysariya Konfederatsiyasi o‘rtasida imzolangan G. Karimova ilgari tegishli bo‘lgan aktivlarni qaytarishga qaratilgan Restitutsiyaga oid bitim.

Qachon:
13-sentabr, soat 11:00 da.

Qayerda: Adliya vazirligi binosi (Toshkent sh., Sayilgoh ko‘chasi, 5).

Brifing translyatsiyasini Adliya vazirligining YouTube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI tomosha qilishingiz mumkin.

Jurnalist va blogerlarni taklif etamiz!

@adliyangiliklari
#Adliya_online

⚡️ Adliya vazirligida media-brifing boshlandi!

Mavzu:
O‘zbekiston Respublikasining ayrim fuqarolari tomonidan jinoiy yo‘l bilan orttirilgan va xorijiy davlatlarga olib chiqib ketilgan aktivlarni qaytarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, joriy yilning 16-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi va Shveysariya Konfederatsiyasi o‘rtasida imzolangan G. Karimova ilgari tegishli bo‘lgan aktivlarni qaytarishga qaratilgan Restitutsiyaga oid bitim.

Onlayn translyatsiya 👉
https://m.youtube.com/watch?v=wlUdBDZa-as

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Gulnora Karimova va uning boshchiligidagi uyushgan jinoiy guruh a'zolaridan undirilishi lozim bo‘lgan jami aktivlari taqriban 686 million AQSh dollariga teng.

Hozirgacha taqriban 336 million AQSh dollar uzil-kesil musodara qilingan. Shundan 131 mln AQSh dollari O‘zbekistonga qaytishi hal bo‘lgan, 205 mln AQSh dollari bo‘yicha esa yakuniga yetmoqda.

Hozirgi kunda, qo‘shimcha taqriban 350 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘larni musodara qilish masalasi Shveysariya sudlarida ko‘rib chiqilmoqda.

16-avgust kuni O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasida imzolangan bitim noqonuniy orttirilgan taqriban 131 mln AQSh dollariga teng aktivlarni O‘zbekistonga qaytarishning asosiy prinsiplari, mexanizm va maqsadlarini belgilaydi.

Xususan, mablag‘larni qaytarish Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Uzbekistan Vision 2030 Fondi” deb nomlangan ko‘p sheriklik trast jamg‘armasi orqali amalga oshiriladi.

Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramovning nutqidan.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Shveysariyada joylashgan aktivlardan tashqari, boshqa mamlakatlarda ham G. Karimova va uning jinoiy sheriklari tomonidan noqonuniy orttirilgan va O‘zbekistondan olib chiqilgan aktivlarni qaytarish bo‘yicha bir qator davlatlarda ish olib borilmoqda. Jinoiy aktivlarning umumiy qiymati qariyb 1,3 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi.

O‘z navbatida hozirgi kunga kelib, mazkur pullar 14,3 trillion so‘mni tashkil etib, ularni hisobiga 1400 tadan ortiq maktablar qo‘rsa bo‘ladi.

Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramovning nutqidan

@adliyangiliklari
​#Adliya_munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent shahar hokimining ayrim qarorlari “E-qaror” elektron tizimi orqali e'lon qilinmaganligi yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabar yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi.

1.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 390-son qaroriga asosan “E-qaror” elektron tizimini 2021-yil respublikaning barcha darajadagi mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga joriy etilib, qabul qilinayotgan qarorlarning monitoringini yuritish adliya organlari zimmasiga yuklatilgan.

Shunga ko‘ra, adliya organlari tomonidan o‘tkazilgan monitoring davomida hokimliklarning assosiz ravishda e'lon qilinmagan qarorlari aniqlangan taqdirda, mustaqil ravishda tizimda tegishli o‘zgartirish kiritish orqali ularni foydalanuvchilarga ochiq holatda e'lon qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, hududiy adliya organlari tomonidan o‘tkazilgan monitoring davomida hokimliklarning 1 800 dan ortiq qaror va farmoyishlari assosiz ravishda e'lon qilinmaganligi aniqlandi hamda ushbu qarorlarni tizim foydalanuvchilari uchun ochiq holatda bo‘lishi ta'minlandi.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlash joizki, qonunchilikka muvofiq hokimliklar tomonidan ayrim hollarda foydalanilishi cheklangan axborotlarni (mudofaa, xavfsizlik, shaxsga doir ma'lumotlar, vasiylik va homiylik hamda boshqalar) o‘z ichiga olgan qaror va farmoyishlar qabul qilinadi.

2. Maqolada keltirilgan Toshkent shahar hokimining 2022-yil 3-avgustdagi 788-14-0-Q/22-sonli va 2022-yil 30-avgustdagi 895-14-0-Q/22-sonli qarorlari “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilingan, biroq ushbu qarorlar foydalanilishi cheklangan axborotlarni o‘z ichiga olganligi (mudofaa, xavfsizlik va boshqalar) sababli barcha foydalanuvchilar uchun e'lon qilinmagan.

Adliya organlari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarini “E-qaror” elektron tizimida barcha tanishishi uchun qulay shaklda ochiq e'lon qilib borilishi nazoratda ekanligi ma'lum qilinadi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Elektron_ishonchnoma

🌐 My.gov.uz orqali avtotransportni boshqarish uchun elektron ishonchnoma rasmiylashtirish xizmati ishga tushirildi!

⚡️ Endi ishonchnoma rasmiylashtirish uchun notarial idora izlab yurish, hujjatni tasdiqlatish uchun navbatlarda turish shart emas. Barcha jarayonlar onlayn amalga oshiriladi.

📑 Hujjat unutib qoldirilganida ham muammo yuzaga kelmaydi. Chunki elektron ishonchnomalar YPX xodimlari tomonidan onlayn tekshiriladi.

💸 Elektron ishonchnoma uchun alohida to‘lov tartibi (davlat boji – BHM ning 3 baravari – 900 ming so‘m) belgilangan.

💠Bunda davlat boji:

🔸 1 oygacha bo‘lgan muddatga – 10 % (90 ming so‘m);
🔸 6 oygacha bo‘lgan muddatga – 50 % (450 ming so‘m);
🔸 3 yilgacha bo‘lgan muddatga – 100 % (900 ming so‘m miqdorida) undiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_xabari

Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar IV Respublika savdo yarmarkasi o‘tkaziladi

Ushbu tadbir Adliya vazirligi tomonidan 2018-yildan buyon O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinayotgan “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Yarmarkada o‘z uylarida turli xil buyum va mahsulotlar tayyorlash bilan shug‘ullanadigan, biroq ularni sotishda qiyinchiliklarga uchrayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar tayyorlagan mahsulotlar sotiladi.

Tadbir san'atkorlar ishtirokida ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi.

⏰ Vaqti va sanasi: 16—17-sentabr kunlari, 10.00 dan 17.00 gacha

📍 Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Temur Malik ko‘chasi, 3A-uy (“ECOBOZOR” savdo majmuasi)

Barchani yarmarkada faol ishtirok etishga, o‘zgalar parvarishiga muhtoj va turmushda qiynalayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashash sharoitlarini yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shishga chaqiramiz!
#Adliya_xabari

Toshkent davlat yuridik universitetida O‘zbekiston Respublikasida Fan arbobi, yuridik fanlar doktori, professor, Toshkent davlat yuridik universiteti Faxriylar Kengashi raisi Halimboy Boboyevich Boboyevning 80 yillik yubeleyiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tashabbus

⚡️Bugun Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar IV Respublika savdo yarmarkasi o‘z ishini boshlaydi

Ushbu tadbir Adliya vazirligi tomonidan 2018-yildan buyon O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinayotgan “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Yarmarkada o‘z uylarida turli xil buyum va mahsulotlar tayyorlash bilan shug‘ullanadigan, biroq ularni sotishda qiyinchiliklarga uchrayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslar tayyorlagan mahsulotlar sotiladi.

Bugun va ertaga soat 10:00 dan 17:00 ga qadar shaharliklar hamda Toshkent mehmonlari yarmarkada ishtirok etib, o‘zgalar parvarishiga muhtoj va turmushda qiynalayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning yashash sharoitlarini yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.

📍 Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Temur Malik ko‘chasi, 3A-uy (“ECOBOZOR” savdo majmuasi)

@adliyangiliklari
#fotonigoh

⚡️ Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar IV Respublika savdo yarmarkasi o‘z ishini boshladi.

Ushbu tadbir Adliya vazirligi tomonidan 2018-yildan buyon O‘zbekiston nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirib kelinayotgan “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

📍 Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Temur Malik ko‘chasi, 3A-uy (“ECOBOZOR” savdo majmuasi)

@adliyangiliklari