ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

⚡️Yuridik texnikumlarni tamomlagan 51 nafar bitiruvchilar suhbat asosida Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi bo‘ldi!

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son "O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining yo‘llanmaga ega bo‘lgan bitiruvchilariga, Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga yakka tartibdagi suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga kirish huquqi belgilangan.

Ma’lumot uchun: 2021-yilda 9 nafar o‘quvchilar TDYU talabasi bo'lgan. Joriy yilda mazkur ko‘rsatkich 6 baravarga oshdi.

@adliyangiliklari
❗️DIQQAT, EʼLON!

⚡️Ichki ishlar elektron tizimida profilaktika ishlari olib borilmoqda.

✅Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati sohasida “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi” joriy qilinganligi munosabati bilan, texnik-profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.

📌Shu sababdan, ayrim davlat xizmatlaridan (ID-karta rasmiylashtirish, haydovchilik guvohnomasini almashtirish hamda Avtomobil tarixi maʼlumotlarini aniqlash) foydalanishda vaqtincha uzilishlar yuzaga kelmoqda.

💁🏻‍♂️ Yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi mutaxassislari tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔅Texnik-profilaktik tadbirlar yakunlangani haqida qoʻshimcha xabar beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliya_hudud

Stipendiatlarga guvohnomalar topshirildi

Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti va Adliya vazirligining yuridik texnikumlarining 78 nafar iqtidorli talaba va o‘quvchilari Adliya vazirligi stipendiyasi bilan taqdirlangani e'lon qilingan edi.

Jumladan Samarqand viloyat yuridik texnikumi 5 nafar o‘quvchisi ham Adliya vazirligi stipendiyasi sovrindori bo‘lishdi. Bugun texnikumda Vazirlik stipendiyasini qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga guvohnomalar tantanali tarzda topshirildi.

— Men eng baxtli o‘quvchilardanman, — deydi Texnikum o‘quvchisi Sitora Oydinova. — Bugungi kunda biz yoshlarga, ayniqsa, bo‘lajak yuristlarga katta e'tibor qaratilmoqda. Biz yoshlar yaratilayotgan bunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, namunali o‘qishimiz bilan munosib javob qaytarishga va'da beramiz.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

💡Sizda yuridik texnikumlarda o‘qish uchun yana bir imkoniyat bor

Ma'lumki, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-son qaroriga muvofiq:
▪️Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyni tamomlagan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 56 va undan yuqori foizlik natijalariga ega bitiruvchilar;
▪️respublika oliy ta’lim muassasalarida “yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etib, biroq yuridik texnikumlardagi test sinovlaridagi o‘tish balini to‘plagan ( Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari bo‘yicha minimal o‘tish bali (44 ball)), o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar;
▪️chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi B2 va undan yuqori darajadagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlarga ega abituriyentlar kirish imtihonlarisiz yuridik texnikumlarga qabul parametrlaridan tashqari to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Ushbu toifadagi abituriyentlar, joriy yilning 25-sentabriga qadar (shu kuni ham) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirish uchun ariza bilan yuridik texnikumga murojaat qilishlari mumkin.

Siz ham shoshiling imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

@adliyangiliklari
#Intellektual_mulk

Mualliflik huquqlarini qanday himoyalash mumkin? Seminarlarda shu haqida so‘z bormoqda.

Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish yuzasidan Samarkand davlat tibbiyot universitetida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_munosabat

⚡️Adliya vazirligi Teatr arboblari uyushmasining xatiga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Teatr arboblari uyushmasi”ning teatr spektakli bo‘yicha xulosa olinishi lozimligi yuzasidan davlat tashkilotlariga kiritgan xati muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Nodavlat notijorat tashkilotlarini ro‘yxatga oluvchi organ sifatida Adliya vazirligi ushbu masala yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi.
“Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasiga asosan, nodavlat notijorat tashkilotining davlat organlari hamda ular mansabdor shaxslarining faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mazkur Qonunning 8-moddasiga muvofiq, nodavlat notijorat tashkiloti qonunchilik va ta'sis hujjatlariga rioya etishi, moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi axborot bilan tanishish erkinligini ta'minlashi, o‘z faoliyati to‘g‘risida belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etishi shart.

“Teatr arboblari uyushmasi” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalarining ommaviy tadbir o‘tkazishga ruxsatnoma berishi bilan bog‘liq munosabatlarga aralishishi ustav faoliyatidan chetga chiqish va qonunchilik talablarini buzish deb hisoblanadi.

“Teatr arboblari uyushmasi”ning 2022-yil 7-sentabrdagi 01-02-71-son xati qonuniy kuchga ega emas.

Shunga ko‘ra, “Teatr arboblari uyushmasi” qonunchilik hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida 2022-yil 10-sentabr kuni yozma ravishda ogohlantirildi va davlat tashkilotlariga yuborilgan xatini ijrodan chaqirib olish haqida ko‘rsatma berildi.

Qayd etish lozimki, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 31-moddasiga ko‘ra, teatrlar badiiy yo‘nalishlarni, repertuarni tanlashda, sahna asarlarini yaratish, ommaviy ijro etish va (yoki) ommaviy namoyish qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishda, shuningdek samarali ijodiy jarayonni va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan, qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishda erkindir.

Ularning faoliyatiga aralashish madaniy faoliyat sohasidagi asosiy prinsiplardan biri bo‘lgan “ijodiy faoliyat erkinligi”ga ziddir.

Shu bilan birga, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasiga ko‘ra, madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishga, shafqatsizlik va zo‘ravonlikni targ‘ib etishga, shuningdek, o‘zga shaxslarning huquqlarini kamsitishga qaratilgan plakatlar, timsollar, transparantlardan va boshqa ashyolardan foydalanish taqiqlanadi.

Kelgusida nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan ustav faoliyatidan chetga chiqish holati takrorlansa, ma'muriy javobgarlik choralari ko‘rilishi va faoliyatini to‘xtatish yuzasidan sud organlariga murojaat qilinishi haqida ma'lum qilindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Farg‘onada davlat xizmatlari markazining “Qumtepa” filiali ish boshladi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Qo‘qon shahar hokimligidan 1,5 mlrdga yaqin moddiy zarar undiriladigan bo‘ldi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
​#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

5-sentabr
▪️ Yuridik texnikumlarga kirish sinovlari natijalari e'lon qilindi.

▪️ O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Faxriylari kengashining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.

6-sentabr
▪️ “Korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olishda innovatsiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayoniga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etish” tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

▪️ AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniel Rozenblyum bilan uchrashuv.

7-sentabr
▪️ “Tadbirkorlik kodeksi” – tadbirkor manfaatlari uchun” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

▪️ Milliy matbuot markazida Adliya vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarni identifikasiyalashning Mobil-ID tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

9-sentabr
▪️ Tovar belgilari o‘z egalariga qaytarildi.

10-sentabr
▪️ Adliya vazirligi Teatr arboblari uyushmasining xatiga munosabat bildirdi.

@adliyangiliklari
​#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Yakkabog‘lik o‘rmon xo‘jaligi xodimlariga ustama haqlari undirib berildi.

🔹 23 nafar sobiq MFY xodimlariga maxsus ustama haqlari undirib berildi.

🔹 Kosonlik fuqaro 68 yoshida guvohnoma oldi.

🔹 Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan profilaktik kuzatuv tadbiri jarayonida “Shadozi” xizmat koʻrsatish belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganlik holati aniqlandi.

🔹 Bandixon tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazining amaliy yordami bilan tuman maktabgacha ta’lim bo‘limidan noqonuniy ravishda 1 mlrd 559 mln undirilishi belgilangan sud qarori bekor qilinib da’vo ariza rad qilindi.

🔹 Uzun tumanidagi 41-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisiga xalq ta’limi tomonidan shu kunga qadar to‘lab berilmay kelayotgan ustama puli undirib berildi.

🔹 Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi qurilish muammolariga amaliy ko‘mak berdi.

🔹 Qo‘qon shahar hokimligidan 1,5 mlrdga yaqin moddiy zarar undiriladigan bo‘ldi.

🔹 Farg‘onada davlat xizmatlari markazining “Qumtepa” filiali ish boshladi.

🔹 Namanganda “Biz birgamiz” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.

🔹 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan mustaqillikning 31 yilligiga bag’ishlab “Adliya xalq orasida” nomli huquqiy aksiyasi o‘tkazildi.

🔹 Sirdaryo viloyatida sportchilarga 11 milliondan ortiq xizmat safari xarajatlari to‘lanmagani aniqlandi.

🔹 Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish yuzasidan Samarkand davlat tibbiyot universitetida seminar o‘tkazildi.

🔹 Ohangaron shahrida “Adliya xalq orasida” nomli huquqiy festival o‘tkazildi.

🔹 Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi ko‘magi bilan 48 nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.

🔹 Kogon tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Kontrafakt mahsulotlari savdosiga qarshimiz!” shiori ostida targʻibot loyihasiga start berildi.

🔹 Onaxonning Andijondagi muammosi Navoiyda hal bo‘ldi.

🔹 Karmanada veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlariga 1 mlrd soʻmga yaqin pul mablag‘lari undirib berildi.

🔹 Nurotalik kutubxonachilarga 42 mln soʻmga yaqin qo‘shimcha haq to‘lab berildi.

🔹 Xatirchida 72 nafar shirkat xo‘jaligi a’zolariga 380 mln soʻmdan ortiq pay ulushlari undirildi.

@adliyangiliklari