ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha trenerlarni tayyorlash kursini muvaffaqiyatli tamomlagan mutaxassislarga sertifikatlar topshirildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi: Endi advokatlar ham sud-ekspertizasi tayinlash huquqiga ega bo‘ldi, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertlarining ham sudlarda ishtirok etish huquqi belgilandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Qoʻngʻirot va Beruniy tumanlarida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar D.Qurbonov va Sh.Raxmanovlarning “Notarius” AATdan foydalanish huquqi vaqtincha toʻxtatib turiladi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Qoʻngʻirot va Beruniy tumanlarida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar D.Qurbonov va Sh.Raxmanovlar faoliyatida notariat sohasiga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan oʻtkazilgan rejali tekshirish natijasi boʻyicha bir qator kamchiliklar aniqlangan.

Vazirlik huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 29-iyul kungi yigʻilish qarori asosida mazkur masala yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 1-avgust kungi 180-son buyrugʻi qabul qilinib, Qoʻngʻirot tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius D.Qurbonovning 2020-yil 22-aprel kungi QR 0031-sonli va Beruniy tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Sh.Raxmanovning 2020-yil 23-aprel kungi QR 0038-sonli litsenziyalarining amal qilish muddati 30-iyul sanasidan e’tiboran 1 (bir) oy muddatga vaqtincha toʻxtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yuridik texnikumlarga 2022/2023-o‘quv yili uchun respublika miqiyosida jami uch ming nafar o‘quvchi qabul qilinadi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan tadbirkorlarga 1 milliarddan ortiq kompensatsiya puli undiriladigan bo‘ldi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

Sud ekspertiza sohasida dual ta’lim prinsipi asosida kadrlarni qayta tayyorlash o’quv kurslariga hujjatlarni qabul qilish jarayoni boshlandi!

Batafsil ma'lumot
👇🏻
☎️ 71-209-11-55
📩 info@sudex.uz

@adliyangiliklari
​#Adliyadan_javob

So‘ragan edingiz

❓Nodavlat notijorat tashkilotini ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha ariza qancha muddatda ko’rib chiqiladi?

❗️Nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni qabul qilib olgan adliya organi ularni bir oylik muddat ichida ko‘rib chiqadi hamda nodavlat notijorat tashkilotini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran uch kun ichida muassislarga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida guvohnoma yoki qonunchilikning qaysi qoidalari buzilganligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga olib kelganligi haqida aniq ko‘rsatilgan hujjat beradi.

Asos: “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasi.
________________

❓Nodavlat notijorat tashkilotini ro’yxatdan o’tkazish uchun elektron shaklda ariza berish mumkinmi?

❗️O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 1-dekabrdan nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) faoliyati bilan bog‘liq bir qator xizmatlarni elektron tarzda amalga oshirish imkoniyatini ta’minlovchi e-ngo.uz portali ishga tushirilgan.

Ushbu portal orqali elektron tarzda NNT va ularning ramzlarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha hujjatlar taqdim etilishi mumkin.

Tizimga kirish uchun identifikatsiyalashning yagona tizimi “OneID” da ro‘yxatdan o‘tish va “OneID” da ERI kalitlari yordamida tasdiqlanish lozim.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

ADLIYA VAZIRLIGI INSON RESURSLARI BOSHQARMASI ISHCHI GURUHI NAVOIYDA

Ayni paytda ishchi guruhi Navoiy viloyatiga tashrif buyurgan. Maqsad xodimlar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdan iborat.

Ishchi guruhI a’zolari adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlari xodimlarining tizimda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni o‘zlashtirganligi, soha vakillari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mehnat intizomi va qonunchilikka rioya qilish tartibini joyiga chiqqan holda ko'zdan kechirmoqda.

Muloqotlar davomida xodimlar bilan kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni yanada kuchaytirish yuzasidan profilaktik tushuntirishlar olib borilmoqda. Soha vakillarining ish faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar, ish samaradorligini oshirish, jamoaviy birdamlik muhitini yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflari tinglanmoqda.

@adliyangiliklari