ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida “Davlat organlari va ta'lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi ta'lim va halollik tizimini yaratish” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Urgut tumanida navbatdagi sayyor qabul

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

Adliya tizimida korrupsiyani oldini olish va qarshi kurashish natijalari

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Ichimlik suvi tarmoqlarida ta'mirlash ishlari amalga oshirilayotganda suv transportda yetkazib beriladi

Batafsil #infografika orqali tanishing.

@adliyangiliklari
#Munosabat

Deputat qonun hujjatlarini to‘g‘ri tahlil qilmasa, boshqalardan nima kutish mumkin?

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#FHDY_xizmatlari

📌 FHDY organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari uchun qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan toʻlov miqdorlari haqidagi maʼlumotlar infografikalarda.

🔊Hurmatli fuqarolar!

⚡️ FHDY organlarida ortiqcha pul mablagʻlari talab qilish holatlariga guvoh bo‘lsangiz, Adliya vazirligining @antikorbot telegram botiga hamda 1148 ishonch telefon raqamiga xabar berishingizni soʻraymiz.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/davxizmat
#Adliyadan_layfxak

Egasiz ashyo topib oldingiz, nima qilasiz? Aslida nima qilish kerak?

Agar siz biron bir joyda (masalan, teatr, doʻkon yoki shifoxona) yoki transportda hamyon topsangiz, uni olmaganingiz yoki oʻtib ketganingiz maʼqul, aks holda Sizga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasiga (oʻgʻrilik) asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatilishi mumkin.

Yodingizda boʻlsin! Fuqarolar jamoat joylarida narsalarini yoʻqotsalar yoki unutib qoldirsalar, ular tegishli joyning maʼmuriyatga narsasini qaytarib berish talabi bilan murojaat qilishi va oʻgʻrilik haqida ariza bilan jinoiy ish qoʻzgʻatish huquqiga ega.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

To‘lovni amalga oshirish yanada osonlashdi

Endilikda my.gov.uz yoki davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib o‘tirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yo‘q.

Buning uchun ommabop to‘lov tizimlarida invoysdagi QR-kodni skaner qilib, to‘lovni osongina amalga oshiring.

Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” to‘lov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
​#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

26-iyul
▪️ Adliya tizimida korrupsiyani oldini olish va qarshi kurashish natijalari e’lon qilindi.

27-iyul
▪️ Adliya vazirligi rahbariyati ishtirokida “Prezident hujjatlari ijrosini ta'minlashda ko‘rilayotgan choralar. Davlat organlarida Prezident hujjatlari ijro holati” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

▪️ Adliya vazirligi va “O‘zbekiston” telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan “YURIDIK KLINIKA” ko‘rsatuvining navbatdagi soni efirga uzatildi. Adliya vazirligi mas'ul xodimlari va boshqa mutasaddilar tadbirkorlik sohasidagi muammolar va qonunchilik masalalari bo‘yicha fuqarolardan kelib tushgan savollarga javob berdi.

28-iyul
▪️ Adliya vazirligida “Davlat organlari va ta'lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi ta'lim va halollik tizimini yaratish” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.

▪️ Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

▪️ Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasining ishchi guruhi Andijon viloyatida bo‘lib, xodimlar ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda quyi bo‘g‘in xodimlari bilan yuzma-yuz suhbatlar o‘tkazdi.

29-iyul
▪️ Adliya vazirligi: Sud-ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazish bo‘yicha uslubiyotlar zamon talablariga muvofiq yangilanadi.
___________

#Munosabat

▫️ Deputat qonun hujjatlarini to‘g‘ri tahlil qilmasa, boshqalardan nima kutish mumkin?

@adliyangiliklari
​#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹Zarafshon shahrida adliya bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

🔹Xatirchida o‘qituvchilarga 500 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirib berildi.

🔹Tomdi tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan olis hududlarda faoliyat yurituvchi pedagoglarga ustama pullari to‘lab berildi.

🔹Zarafshon shahar adliya boʼlimi aralashuvi bilan maktab direktorlariga bir martalik rag‘batlantirish pullari to‘lab berildi.

🔹Adliya boshqarmalari boshliqlari uchun Navoiy viloyatida noan'anaviy uchrashuv tashkil etildi.

🔹Bulung‘ur tuman adliya bo‘limi ko‘magi bilan 17 nafar bog‘cha xodimlarining 47 million so‘mdan ortiq to‘lanmay kelingan pullari undirib berilishiga erishildi.

🔹Urgut tumanida navbatdagi sayyor qabul o'tkazildi.

🔹Murojaatlarning “kaliti” qaerda? Samarqandda vakolatli organlar davlat xizmatlari ko‘rsatishda o‘tgan 6 oyda 5 mingdan ortiq murojaatga mas'uliyatsizlik bilan yondoshgan.

🔹Sayxunobod tumanidagi "Ittifoq" mahallasida "Huquqiy axborot kuni" o'tkazildi.

🔹Namanganda davlat xizmatlari ko‘rsatishda 6,5 mingdan ortiq qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

🔹Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi hamda O‘zbekiston tumani hokimligi hamkorligida navbatdagi fuqarolar sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

🔹Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan birinchi yarim yillikda 5,5 mingdan ziyod murojaat ijobiy hal qilindi.

🔹Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hokimlikka xat kiritdi — hokimlik huquqshunosi ishdan ketmoqda.

🔹Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan o‘z vaqtida qayd etilmagan 11 yillik nikoh qonuniy rasmiylashtirildi.

🔹Andijonlik xonanda qashqadaryolik shoirning sheʼridan ruxsatsiz foydalangani uchun jarimaga tortildi.

🔹Quyi Chirchiq tuman adliya bo‘limi ko‘magi bilan fermerga 255 mln so‘m kompensatsiya pullari undirildi.

🔹Namanganda aholiga xizmat ko‘rsatish talab darajasidami?

🔹Buxoro shahar adliya bo‘limi tomonidan 47 mln 686 ming so‘m kompensatsiya to‘lovlari undirildi.

🔹Shayxontohur tuman adliya bo‘limi ko‘magi bilan fuqaro ishga tiklandi hamda unga kompensatsiya pul mablag‘lari undirib berildi.

🔹Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan ayollarga homiladorlik pullari undirib berildi.

🔹Xorazm viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati hamda mutasaddi tashkilotlari vakillari ishtirokida Xiva, Xonqa va Shovot tumanlarida sayyor qabullar bo‘lib o‘tdi.

🔹Bogʻot tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaroga 11 649 577 soʻm miqdordagi mehnat taʼtili pullari undirib berildi.

@adliyangiliklari