ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Ijtimoiy tarmoq va Telegram messenjerida Adliya vazirligi nomidan turli manbalar ochilgan. Ularning orasida bir qator feyk kanallar ham mavjudligi aniqlanmoqda.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini va Telegram messenjeridagi kanallarini eslatib o‘tmoqchimiz:

▫️Facebook
https://www.facebook.com/groups/adliya
https://www.facebook.com/minjustuz

▫️Instagram
https://www.instagram.com/adliyanews

▫️Youtube
https://www.youtube.com/c/Adliya

▫️Telegram
@huquqiyaxborot
@pravoinf
@leginf
@adliyangiliklari

Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligining Instagram, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalari hamda “Adliya yangiliklari” Telegram kanali rasmiy maqomga ega. Sahifalarning nomidagi maxsus belgi (✔️) orqali ulanrni oson ajratib olish mumkin.

Ehtiyot bo‘ling, axborotni ishonchli manbalardan oling!

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Madad” NNT tomonidan 2022-yilning birinchi yarim yilligida ko‘rib chiqilgan murojaatlar tahlil qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_brifing

⚡️Adliya vazirligi: aholi murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishi tahlili

AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing boshlanadi.

📹 Quyidagi 👉havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Adliya organlari tomonidan sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlariga 13,7 mlrd so‘m (ish haqi, ustama va boshqa to‘lovlar) undirib berildi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ma'lum qildi:

Adliya vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, 2022- yilning 1-yarim yilligi davomida jami 78 182 ta murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarning 43 764 tasi qanoatlantirilgan, 23 576 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirish berilgan va 6 321 tasi ko‘rib chiqish uchun taalluqliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan, 392 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 51 tasi rad etilgan, 4 078 tasi ko‘rib chiqilmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

Hurmatli OAV vakillari hamda blogerlar!

2022-yil 20-iyul
kuni soat 10:00 da Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markazida bo‘lib o‘tadigan media-turga taklif etamiz.

Media-tur davomida:
▫️ Davlat xizmatlari markazi, adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlari faoliyati;
▫️ Yuridik xizmat ko‘rsatish sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar bilan yaqindan tanishtiramiz.

Muloqot davomida siz sohaga oid o‘zingizni qiziqtirgan savollar bilan Toshkent shahar adliya boshqarmasi mas'ul xodimlariga murojaat qilishingiz mumkin bo‘ladi.

📱Ma'lumot uchun telefon: +99897-764-05-41

📍Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi 7 "G" - uy.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Vazirlik vakillari hamda BMTning qochqinlar bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi Osiyo va Tinch Okeani mintaqaviy byurosi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

👉Batafsil
____________

👉Читать на русском языке

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Joriy yilning 19—21-iyul kunlarida Adliya vazirligi va BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan “Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish” mavzusida seminar-trening o‘tkazilmoqda.

Ushbu treningda 100 dan ortiq vazirlik va idoralar va hududiy adliya organlarining mas'ul xodimlari an'anaviy va masofaviy shaklda ishtirok etib, qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Live #Adliya_xabari

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” bo‘lib o‘tmoqda.

Unda deputatlar “Fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish darajasini yanada takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi masalani muhokama qilmoqda.

Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlarning savollariga adliya vaziri R. Davletov javob beryapti.

📹 Batafsil: https://youtu.be/YpBXlC50bVM

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashgach fuqaro suyultirilgan gaz bilan ta'minlanadigan bo‘ldi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Diqqat_muhim

Hurmatli fuqarolar!

Adliya vazirligining davlat xizmatlari bo‘yicha 1148 – “Ishonch telefoni” faoliyatida vaqtincha nosozliklar kuzatilmoqda.

Hozirda tegishli mutaxassislar tomonidan ushbu muammoni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Muammolar bartaraf etilishi bilan bu haqida ma'lum qilamiz.

@adliyangiliklari
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining murojaatini hamda ushbu hududda jamoat tartibi tiklanganligini, fuqarolarning xavfsizligi, ularning huquq va erkinliklari himoyasi ta'minlanganligini inobatga olib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini 21-iyul kuni soat 05:00 dan boshlab muddatidan avval tugatish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Urgutlik o‘quvchi 16 yildan so‘ng rasman hujjatli bo‘ldi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Markaz tomonidan tuman budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga 94 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirib berildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri: «Murojaatsiz pensiya tayinlash tizimini joriy qilinadi»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Hukumat soatida” adliya vaziri R. Davletov Moliya vazirligi bilan birgalikda yoshga doir pensiyani murojaatsiz tayinlash tizimi yaratilayotganini ma'lum qildi.

Ya'ni fuqaro uzoq yil mehnat qilib, pensiya yoshiga yetganda davlat avtomatik unga pensiya tayinlashi kerak. Fuqaroning o‘zi ariza berib, bir dunyo hujjat to‘plab, haqligini isbotlayman, deb sarson bo‘lib yurmasligi kerak.

«Har qanday noaniqliklar pensiya oluvchining foydasiga talqin qilinishi kerak», — dedi vazir.

Ushbu tizim taxminan bir yil ichida ishga tushadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Ishdan noqonuniy bo‘shatilgan xodim qayta tiklandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

📹 Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan media-tur davomida OAV vakillari huquqiy xizmat ko‘rsatish sohasi bilan tanishdi

@adliyangiliklari