ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Ochiq_adliya

Adliyada yuridik texnikum o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni

Adliya vazirligi tomonidan Toshkent shahar yuridik texnikum o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

Toshkent shahar yuridik texnikum o‘quvchilari dastlab vazirlikning markaziy apparatidagi tarkibiy bo‘linmalari ish jarayoni, vazirlik kutubxonasi bilan yaqindan tanishdi.

Yoshlar vazirlik va muzey bo‘ylab ekskursiya davomida huquqshunoslik tarixi, adliya organlari faoliyati haqida batafsil tushunchaga ega bo‘lishdi.

Bundan tashqari, ochiq muloqot davomida texnikum o‘quvchilari uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, shuningdek ularning yuridik ta'limni davom ettirish hamda kelajakda adliya organlarida ishlashga qiziqishini orttirish maqsadida mutaxassislar tomonidan taqdimotlar ham qilindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun Adliya vazirligida Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda huquqiy eksperiment o‘tkazishning huquqiy asoslarini takomillashtirishning dolzarb muammolari va ularni bartaraf etish hamda huquqiy mexanizmlarini belgilash masalalari bo‘yicha davra suhbati tashkil qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Davlat_xizmatlari

Yana bir yangi xizmat ishga tushdi!

Hukumat qarori (317-son, 07.06.2022-y.) bilan tasdiqlangan davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan:

👶🏻Bolalarni sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasidagi ekspertlarni akkreditatsiya qilish boʻyicha davlat xizmati ishga tushurildi.

Ariza beruvchi DXMga bevosita yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron murojaat qiladi.

🔹 Ariza beruvchi oliy maʼlumotga, pedagogika, yoshga oid psixologiya va fiziologiya, bolalar psixiatriyasi sohalarida bilimlarga (diplom yoki sertifikatga) ega boʻlishi kerak.

🔹 Soʻrovnoma toʻldirilgandan so'ng, 7 ish kunida oʻrganib chiqiladi.

🔹Ariza beruvchini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingach, talabgor 1 kun ichida akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.

🔹Ekspert akkreditatsiya qilinganligi toʻgʻrisida guvohnoma 5 yil muddatga beriladi.

📌 Mazkur davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida ID-kartalarni rasmiylashtirish xizmati ishga tushdi.

Ushbu xizmatni sifatli ko‘rsatish uchun markazda barcha shart-sharoit yaratilgan bo‘lib, zarur texnik asbob-uskunalar olib kelinib, o‘rnatilgan. Muhimi, ushbu xizmatdan markaz orqali foydalanish istagida bo‘lganlar onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham elektron ariza berishlari mumkin. Hujjatni rasmiylashtirish muddati — 1 kun.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliyaspartakiadasi

Ruslanbek Davletov: Biz katta adliya jamoasimiz — sport esa bizni yanada jipslashtiradi!

“Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, ayniqsa, xodimlarimiz o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviy ruhni kuchaytirish maqsadida Adliya vazirligi tizimida birinchi marta “Adliya spartakiadasi”ga start berdik.

Spartakiadada markaziy apparat va hududiy adliya organlaridan 135 nafar ishtirokchi sportning 10 turi bo‘yicha o‘zaro bellashadi.

Biz barcha ishtirokchilar o‘zidagi bor salohiyatni to‘liq namoyon etib, musobaqalarda eng so‘nggi soniyalargacha sog‘lom raqobat ruhida kurash olib borishiga ishonamiz. Biz kutgan natija aynan mana shu — o‘zaro sog‘lom va adolatli muhitni yanada kuchaytirish.

G‘oliblar musobaqa mezonlaridan kelib chiqib o‘z ishtiroki, erishgan natijasiga qarab munosib taqdirlanadi. Eng katta yutuq esa — bizning jipsligimiz, maqsadga tomon oxirigacha intilishimiz va eng yuksak marralarni ham qo‘rqmay oldimizga qo‘yishga ishonchimiz bo‘ladi.

Haqiqiy adliyacha timbilding!

Adliya xodimi deganda ham ishda, ham oilada, ham sportda, umuman jamiyat hayotida boshqalarga namuna bo‘ladigan ko‘p qirrali shaxs ko‘z oldimizda gavdalanishi kerak. Biz adliyachilarni shunday tasavvur qilamiz va shunga intilamiz.

Ishonamizki, bu kuchli start bo‘ladi: xodimlarimiz sport bilan bundan keyin ham doimiy shug‘ullanib borishadi”.

Ruslanbek Davletov,
adliya vaziri.


@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Moliya vazirligi bilan hamkorlikda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uyg‘unligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan ishchi seminar-trening o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlar

Sayyor xizmat — keksalarga tayyor xizmat

Andijon shahar davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 83 yoshli otaxon Odiljon Teshaboyevga xonadoniga borgan holatda sayyor xizmat ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralshgach

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan fuqarolarga 500 mln so‘mga yaqin ustama pullari undirib berildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri: muammolarimiz ko‘p, ular ustida hali ishlashimiz kerak!

📹 Adliya vaziri R. Davletovning Gaaga shahrida (Niderlandiya) bo‘lib o‘tgan Butunjahon odil sudlov forumi (The World Justice Forum 2022) dagi ma'ruzasidan.

Ma'ruzaning to‘liq shakli 👉videoda

@adliyangiliklari