ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Янги_Ўзбекистон_№_97_619,_2022_йил_17_май.PDF
3.9 MB
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 97-sonida (2022-yil 17-may) “Siyosiy-huquqiy modernizatsiya qonun ustuvorligini ta'minlashga xizmat qiladi” nomli adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan intervyu chop etildi.

Intervyu bilan tanishib chiqishingiz mumkin (1-2-sahifalar).

@adliyangiliklari
#Adliya_tanlov

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yil 15-maydan 15-iyunga qadar “Qoidalarga yo‘l ham bo‘ysunadi” shiori ostida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha huquqiy savodxonlik oyligi e'lon qilingan.

Oylik doirasida “Bir qadam” videoroliklar tanlovini o‘tkazish belgilangan.

Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin.

Videoroliklarni baholash va g‘olibni aniqlashda quyidagilarga alohida e'tibor qaratiladi:

▫️mavzu mohiyatini to‘g‘ri tushunganlik;
▫️holatni yoritishda ta'sirchan ifoda;
▫️original yondashuv.

⏳Videorolikning davomiyligi 1 daqiqadan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovga materiallar 10-iyungacha @birqadamtanlovibot Telegram boti orqali qabul qilinadi.

❗️Tanlovga taqdim etilgan videoroliklar hakamlar hay'ati tomonidan saralanib, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritiladi.

Tanlov g‘olibi planshet hamda diplom bilan taqdirlanadi.

Huquqiy, ijodiy salohiyatingizni namoyon eting va g‘olib bo‘ling!

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Adliya vaziri ommaviy sayyor qabulda Toshkent viloyat aholisi murojaatlarini qabul qildi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#FHDY_xizmatlari

FHDY organlari tomonidan 2022-yilning dastlabki 4 oyi davomida yurtimizda egizak bolalar tug‘ilishi holati hududlar kesimida.

Ushbu davirda:

🔹3 nafar ayol - 4 nafardan
🔹43 nafar ayol - 3 nafardan
🔹3084 nafar ayol - 2 nafardan

Batafsil 👉 infografikada

@adliyangiliklari
Davlat xizmatlari markazlari faoliyati monitoring qilinganda, haydovchilik guvohnomalarini almashtirish bo‘yicha murojaatlar soni uzaytirishdan so‘ng sezilarli darajada kamayganini ko‘rsatdi.

Misol uchun, guvohnomalarni almashtirish muddati mart oyigacha belgilanganida Chilonzor tumani davlat xizmatlari markaziga kuniga 500—700 nafar fuqaro murojaat qilgan. Biroq, guvohnomalarni almashtirish muddati uzaytirilishi bilanoq, haydovchilar oqimini 10 barobardan ko‘proq kamayishiga olib keldi.

Bu, ayniqsa, Andijon tumani Davlat xizmatlari markazi misolida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Agar fevral oyida 2577 nafar fuqaro, mart oyida esa 2723 nafar fuqaro markazga murojaat qilgan bo‘lsa, aprel oyida ularning soni 1103 nafarni, may oyining birinchi yarmida esa atigi 100 nafarni tashkil etgan.

👉Batafsil
___________

👉Читать на русском языке

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi yo‘lga qo‘yildi.

Ko‘rsatuvning navbatdagi soni 25-may kuni soat 12:00 da "O‘zbekiston" telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.

Mavzu: Xotin-qizlarning qonunchilikdagi huquqlari, imtiyozlar va muammolar yechimi

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti orqali yuborishingiz mumkin.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

📹 Adliya vaziri ommaviy sayyor qabulda Toshkent viloyat aholisi murojaatlarini qabul qildi.

@adliyangiliklari
#Matbuot_anjumani

📢📢 2022-yil 20-may kuni soat 15:00 da O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qonunchilikdagi yangiliklar

Tadbirda Adliya vazirligi mas'ul xodimlari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob beradi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Savol, murojaat, ariza yoki shikoyatlaringizni @MARKAZ16Uz ga yuboring.

Anjuman "UzReport TV" hamda Youtube tarmog‘i orqali onlayn yoritiladi.

@adliyangiliklari
#Davlat_xizmatlari

Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar 3 ish kunidan ko‘proq vaqtga kechiktirilsa, undirilgan to‘lovlarning 50 foizi sizga qaytarilishi mumkin.

Buning uchun Adliya vazirligiga murojaat qilsangiz bo‘lgani.

To‘lovlar Adliya vazirligi maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan sizga bir ish kunida qaytariladi (keyinchalik qaytarilgan mablag‘lar Adliya vazirligi tomonidan muddat buzilishiga yo‘l qo‘ygan vakolatli organ hisobidan undirib olinadi).

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Respublika ishchi guruhining topshirig‘iga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Buxoro viloyatida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati, davlat organlari va tashkilotlariga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifati, ishni samarali tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda viloyat darajasidagi 12 ta davlat organi va tashkilotlari rahbarlari viloyat studiyasidan hamda ularning tuman, shahar bo‘limlari rahbarlari, tuman va shahar adliya bo‘limlarining boshliqlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi rahbarlari tumanlardan ZOOM platformasi orqali onlayn ishtirok etishdi.

Suhbat davomida davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmat mobaynida yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan mazkur sohani va qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Buxoro viloyatidagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi.

Unda NNTlarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratining ahvoli hamda sohada uchrayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, milliy va xalqaro grant loyihalarini yozish bo‘yicha seminarlar tashkillashtirish, davlat organlari tomonidan viloyatlar darajasida ijtimoiy buyurtmalarni berish masalalari qayd etildi.

Buxoro viloyat adliya boshqarmasi rasmiy saytida NNTlar faoliyatiga oid alohida bo‘lim tashkil qilish, unda sohaga oid ko‘p beriladigan savol-javoblar, imtiyozlar va preferensiyalarga oid bo‘limni ishga tushirish yuzasidan topshiriq berildi.

Uchrashuvda qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilib, ulardan kelgusida sohani rivojlantirish maqsadida foydalanilishi qayd etildi.

Viloyat adliya boshqarmasi va NNTlari o‘rtasida har chorakda uchrashuvlar o‘tkazib borishga kelishib olindi.

@adliyangiliklari