ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xushxabar

Adliya vazirligi: Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami taqdim etildi

Bugun, 17-may kuni Adliya vazirligi hamda “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda tayyorlangan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘plami” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Hozircha 5000 nusxada chop etilgan mazkur to‘plamda shaxslarning huquqlariga oid 11 ta qonun hujjatlaridagi normalar jamlangan.

Yangi to‘plam tadbir ishtirokchilariga hamda “Inklyuziv hayot” nogironlar jamoat birlashmasi singari va boshqa tashkilotlarga beg‘araz taqdim etiladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Gender masalalari bo‘yicha trenerlarni tayyorlovchi o‘quv seminarlariga start berildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Davlat_xizmatlari

Hisobga olish uskunalarini qiyoslovdan o'tkazish bo'yicha davlat xizmatlari faqat DXM yoki YIDXP orqali amalga oshiriladi.

Bunda, hisobga olish uskunalarini qiyoslash davriyligi:

▫️ yuridik shaxslar uchun – 4 yil;
▫️ jismoniy shaxslar uchun – 8 yilni tashkil etadi.

Davlat xizmatini ko'rsatganlik uchun quyidagicha yig'im undiriladi:

▫️jismoniy shaxslardan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslardan tashqari) BHMning 20 foizi (54 ming so'm);
▫️hududiy elektr tarmoqlari korxonasidan (maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi jismoniy shaxslar uchun) BHMning15 foizi (40 ming 500 so'm);
▫️yuridik shaxslardan BHMning 1,5 baravari (405 ming so'm) miqdorida.

❗️“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro'yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarga belgilangan yig'imning 50 foizi miqdorida chegirma qo'llaniladi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

2023-yil 1-fevraldan jamoatchilik nazoratining yangi institutlari joriy qilinishi belgilanmoqda

2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Demokratik islohotlarni amalga oshirishda davlat organlarining mas'uliyatini yanada oshirish, shuningdek, ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kengaytirish va samarali ro‘yobga chiqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqildi.

Loyiha doirasida joriy etilishi rejalashtirilgan jamoatchilik institutlari va boshqa yangiliklarni mutahassislar bugungi matbuot anjumanida batafsil tushuntirib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

2023-yil 1-fevraldan jamoatchilik nazoratining yangi institutlari joriy qilinishi belgilanmoqda.

2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Demokratik islohotlarni amalga oshirishda davlat organlarining mas'uliyatini yanada oshirish, shuningdek, ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kengaytirish va samarali ro‘yobga chiqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqildi.

Loyihaga ko‘ra, jamoatchilik nazoratining quyidagi yangi institutlari joriy qilish rejalashtirilmoqda, xususan:

▫️jamoatchilik kuzatuv komissiyasi — imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar, bolalar uylari, “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarida shaxslarning huquqlariga rioya etilishini monitoringini amalga oshiruvchi jamoatchilik nazoratining tashkiliy tuzilmasi;

▫️jamoatchilik inspeksiyasi — davlat organlarining faoliyati jamoatchilik manfaatlariga muvofiqligini tekshirish va baholash, shuningdek jamoatchilik nazoratini mustaqil ravishda yoki tekshiruv va nazorat vakolatiga ega davlat organlari bilan hamkorlikda amalga oshirish uchun tuziladigan jamoatchilik nazoratining tashkiliy tuzilmasi;

▫️jamoat inspektori — jamoatchilik nazorati sub'ekti tomonidan davlat organi va mansabdor shaxsning faoliyati yoki uning qarorini jamoatchilik tekshiruvidan o‘tkazish uchun jalb etilgan shaxs.

Bu haqda Adliya huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori Eldor Maxkamov bugungi matbuot anjumanida qayd etdi.

@adliyangiliklari
👍1🔥1👏1
​#Adliya_xabari

Ochiq ma'lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma'lumotlar soni ko‘paymoqda.

Bu haqda “Davlat boshqaruvi organlarining hududiy masalalarni hal qilishdagi mas'uliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning strategik yo‘nalishlarini rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish”gi mavzusidagi matbuot anjumanida Adliya vazirligi vakili aytib o‘tdi.

Xususan, Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi Farmoni bilan tasdiqlangan Ochiq ma'lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma'lumotlar ro‘yxati quyidagi 6 ta yangi pozitsiyalar bilan to‘ldirilmoqda:

▫️davlat mulkini sotishda o‘tkazilgan tender savdolari;
▫️yirik investitsiya loyihalari bo‘yicha xalqaro tenderlar;
▫️ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtiradigan tender savdolari;
▫️davlat xaridlari elektron tizimining elektron tender savdolari platformasi barcha xaridlar;
▫️to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazilgan boshqa tenderlar (tanlovlar, kontraktlar) bo‘yicha ma'lumotlar;
▫️Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari o‘zlarining turli umumxalq bayramlarini tashkil etish va ularni o‘tkazish uchun pul mablag‘larini ajratish bo‘yicha qaror, farmoyish, buyruq yoki boshqa rasmiy hujjatlari bo‘yicha ma'lumotlar.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

O‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida 340 ta umumta'lim maktabida pedagog-o‘qituvchilarga 1 mlrd 432 mln so‘m miqdoridagi lavozim maoshiga qo‘shimcha ustama va rag‘batlantirish pullari to‘lab berilmagani aniqlandi.

Bu holatni bartaraf etish maqsadida tumanlardagi xalq ta'limi bo‘limlariga 14 ta taqdimnoma, fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudiga 15 ta da'vo arizalari kiritildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan shifokorning huquqlari tiklandi

Yangihayot tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaroga 2 mln so‘m miqorida mehnat daftarchasini berishi kechiktirilgan muddatda o‘rtacha oylik ish haqqi undirib berildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari