ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.75K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

“Madad” NNT Germaniyaning Konrad Adenauer fondi bilan hamkorlikda “Huquqiy axborot kuni” loyihasini amalga oshiradi

“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti va Konrad Adenauer nomidagi fondning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

NAVOIYDA "MENING HUQUQIM" AKSIYASI TASHKIL ETILDI

Navoiy viloyat adliya organlari tizimida "Mening huquqim" yoshlar aksiyasi tashkil etilmoqda. Aksiyada umumta'lim maktabining yuqori sinf o'quvchilari qamrab olingan.

Huquqiy targ'ibot tadbirlari davomida mamlakatimizda yoshlarga oid siyosatni amalga oshirish, mazkur yo'nalishdagi qonun hujjatlari, yoshlar uchun mavjud imtiyozlar haqida ko'rgazma vositalari orqali ma'lumotlar berib borilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Navoiy shahridagi 5 va10 umumta'lim maktablarida tashkil etildi. Muloqotlar davomida qonunchilikdagi yangiliklar haqida ma'lumot berilib, yoshlarning murojaatlari ko'rib chiqildi.

Navoiy viloyati adliya boshqarmasi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov AQSh Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha komissiyasi raisi bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Yuridik texnikumlar faoliyati yuzasidan seminar tashkil etildi

Joriy yilning 6-aprel kuni Adliya vazirligida ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan seminarda Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘I J. Nuritdinov, Toshkent davlat yuridik universiteti va yuridik texnikum rahbariyati hamda mas’ullar ishtirokida yuridik texnikumlarning moliyaviy barqarorligi va faoliyatini yanada kuchaytirish va ularning faoliyatiga amaliy yordam berish masalalari muhokama qilindi.

Seminarda yuridik texnikumlarning moliyaviy barqarorligi, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, o‘quvchilarning amaliyotini tashkil etish va pedagoglar tomonidan dars jarayonlariga zamonaviy metodikani qo‘llash hamda Yuridik texnikumlarda 2022/2023-o‘quv yili qabuliga tayyorgarlik ko`rish bo‘yicha tavsiya va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, Yuridik texnikumlarning reytingini yanada ko‘tarish, bunda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 705-son qarorining ijrosini amalga oshirish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Poytaxtimizda zamonaviy markazlar soni yana bittaga ko‘paydi

Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bunyod etilgan va zamonaviy IT-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan Yakkasaroy tumani Davlat xizmatlari markazining 700 kvadrat metr maydonga ega yangi binosi o‘z faoliyatini boshladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari