ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.75K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Aholiga va davlat organlariga huquqiy xizmat ko‘rsatish markazlarida press-tur tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹 Muvofiqlashtirish natijasida birlashadigan tashkilotlar qaysi binoda joylashadi? Bunga imkoniyat mavjudmi?

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

📹 “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida 10 kunda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan video bayonot.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_mediatur

📹 Adliya vazirligi tomonidan jamoatchilik va OAV vakillari hamda blogerlarni Toshkent shahrida joylashgan tuman adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari hamda yangi tashkil etilgan yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil qilindi.

@adliyangiliklari
#Biznes_inkubatorlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalarni ta'minlash maqsadida Savdo-sanoat palatasi tomonidan Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida Hududiy Biznes-inkubatorlar tashkil etilgan.

Ushbu Biznes-inkubatorlar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun o‘quv kurslar tashkil etish, zarur axborotlarni olish va amaliy masalalarni hal etishda huquqiy maslahat berish faoliyatini ko‘rsatadi.

Shuningdek, tadbirkorlar bilan doimiy aloqada bo‘lish va ularni tadbirkorlik yo‘nalidagi yangiliklardan xabardor qalish maqsadida “Biznes Inkubator” Telegram kanali ishga tushirilgan.

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarimiz ushbu kanalga a'zo bo‘lishi mumkin 👉https://t.me/businessincubator

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Raqamli texnologiyalar sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish hamda axborot xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etamiz!

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan “Mintaqaviy muloqot” XNNTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada huquqshunoslar, mutaxassislar va xorijiy ekspertlar ishtirok etadilar.

Tadbirda raqamli texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish muammolari, axborot xavfsizligiga erishishda sun’iy intellekt texnologiyalarining rolini oshirish masalalari muhokama qilinadi.

🗓Sana: 2022-yil 6—7-aprel
⏰Vaqt: 9:30
🏢Manzil: Toshkent sh., "Hilton" mehmonxonasi.

✅Tadbirda onlayn ishtirok etish havolasi
https://us02web.zoom.us/meeting/register/tZErcOGtrjIiH9B8d2TIu3ksaV6ramisNxt7

Tadbir dasturi bilan quyidagi havola orqali tanishasiz 👉https://hsti.uz/?p=27678
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹 Shtat birliklari qisqarsa xodimlarning taqdiri nima bo‘ladi?

@adliyangiliklari
#Adliya_tanlov

“Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Adliya vazirligi tomonidan “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” doirasida o‘tkazilgan “Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi nihoyasiga yetdi.

Uchta nominasiya bo‘yicha tashkil etilgan tanlovning yakuniy bosqichida ovoz berish natijalariga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi hamda sertifikat va tegishlicha sovrin bilan taqdirlanadi:

▫️Nargiza Yunusova, “Eng yaxshi jurnalistik material uchun” — televizor;
▫️Hamida Mirsultanova, “Eng yaxshi blogpost uchun” — blender to‘plami;
▫️Muxlisa Azizova, “Adliya e'tirofi” — multivarka.

Adliya vazirligi fuqarolarimizni jamiyat hayotida ijtimoiy faol bo‘lishga, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish orqali jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga chorlab qoladi. Zero, huquqni bilish foydali.

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Adliya vazirligida 2022-yil mart oyining eng yaxshi xodimi aniqlandi

Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi bosh maslahatchisi Rasulov Farhod Olim oʻgʻli Adliya vazirligida mart oyining eng yaxshi xodimi deb topildi.

F. Rasulov oliy maʼlumotli, mutaxassisligi boʻyicha huquqshunos. 2016-yilda Samarqand davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2017-yilda Adliya vazirligi Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasining 1-toifali ish yurituvchi kotibi lavozimidan boshlagan. 2018-yildan hoziri vaqtga qadar Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasida turli lavozimlarda xizmat qilib kelmoqda.

Farhod Rasulov nodavlat notijorat tashkilotlarini (shu jumladan, ularning ramzlarini) davlat roʻyxatidan oʻtkazish, nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga, ustav faoliyatiga, taʼsis hujjatlariga rioya etilishida hamda ularga ajratilgan mablagʻlar, grantlar, boshqa moliyaviy va moddiy resurslardan oqilona va maqsadli foydalanilishini taʼminlash sohasida ayniqsa samarali mehnat qilib kelmoqda.

Adliya vazirligi jamoasi Farhod Rasulovni bunday eʼtirofga sazovor boʻlganligi munosabati bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Adliya vazirligining “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Xiva shahar Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida sog‘liqni saqlash xodimlariga mobil davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Tadbir davomida DXM xodimlari tomonidan 150 taga yaqin davlat xizmatlari ko'rsatilgan bo'lib, tibbiyot xodimlarining davlat xizmatlari va FHDY sohasiga oid muammolari o'rganildi va tegishliligi bo'yicha yechim topti.

Sayyor xizmat davomida ishtirokchilarga davlat xizmatlaridan masofadan turib, yaʼni onlayn tartibda foydalanish borasida mahorat darslari oʻtkazilib, sohaga oid huquqiy maslahatlar ham berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Namanganda yangi masjid foydalanishga topshirildi

Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida “Kamolxon Eshon Buva” jome' masjidi Namangan viloyat adliya boshqarmasidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu esa tuman fuqarolariga Muborak Ramazon oyining kirib kelishi oldidan munosib tuhfa boʻldi.

Maʼlum qilinishicha, masjid zamonaviy shaharsozlik talablari asosida qurib bitkazilgan boʻlib, unda tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklar mavjud. Masjid 1500 ming nafar odamga moʻljallangan boʻlib, hudud aholisi va mahalliy homiylar mablagʻlari evaziga qurib bitkazilgan.

Maʼlumot oʻrnida, 2022-yil 1-aprel holatida, viloyatda jami 194 ta diniy tashkilotlar mavjud boʻlib, shundan 190 tasi masjidlar, 3 tasi cherkovlar va 1 tasi Musulmonlar idorasining viloyat vakilligi hisoblanadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan shahar hududidagi "Farovon" mahallasida "ADLIYA SAYLI" tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari