ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.84K videos
40 files
9.75K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Surxondaryoda yangi masjid ochildi

Hozirgi kunda yurtimizda jami 2 105 ta masjid faoliyat yuritib kelayotgan bo‘lsa, birgina 2021-yilda 25 ta masjid adliya organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Shu bilan bir qatorda, hududlarda aholining ibodat qilishlari
va diniy rasm-rusumlarni emin-erkin ado etishlari uchun masjidlarga bo‘lgan ehtiyoji ortib bormoqda.

Joriy yilning 3-mart kuni Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Angor tumani “Bahor” MFYda joylashgan “Sayyid Baraka” jome’ masjidi 130-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ushbu masjid 500 namozxonga mo‘ljallangan.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kun holatida Surxondaryo viloyatida jami 130 ta diniy tashkilotlar ro‘yxatga olingan bo‘lib, shularning 127 tasi jome’ masjidi, 2 tasi cherkov va 1 tasi O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligidir.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi

@adliyangiliklari
#TANLOV

📣Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyda mavjud bo'sh (vakant) ish o'rinlariga tanlov e'lon qilinmoqda.

Adliya organlari va muassasalariga xodimlarni ishga qabul qilish Adliya organlari va muassasalarida HR-menejment tizimi to'g'risidagi nizomga muvofiq ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar quyidagi veb-sayt orqali 2022-yilning 16-martiga qadar qabul qilinadi.

👉 Quyidagi link orqali vakant lavozimlarga hujjat topshirish mumkin.
1-link
2-link

@adliyangiliklari
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Adliya_xabari

Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha umummilliy imtihonning final bosqichi boshlandi

📂
Imtihon shartiga ko'ra, 10 nafar ishtirokchi final bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritgan.

🎁 G'oliblar quyidagi sovg'alar bilan taqdirlanadi:

●
1-o'rin – televizor;
● 2-o'rin – oshxona kombayni;
● 3-o'rin – multivarka.

➡️ Imtihon jarayonlarini https://youtu.be/68FIx7KEy3E havolasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
#Podkast

⚡️"Fuqarolik-huquqiy nizolarni hal qilish masalalari" mavzusida ovozli chat boshlandi!

🎙Suhbat spikerlari:

▫️Baxrom Tangabayev – O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati sudyasi;

▫️Davlatjon Habibullayev – Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi professori.

📹Suhbat TDYU huzuridagi Professional o‘qitish markazining Facebookdagi sahifasida online translyatsiya qilinadi.

Ovozli chatga ulanish 👉@huquqiy_gap

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha umummilliy imtihonning g‘oliblari aniqlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Adliya vazirligining 2022-yil fevral oyidagi eng yaxshi xodimi aniqlandi.

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi jamoa orasidan eng yaxshi xodimni aniqlab, ragʻbatlantirib bormoqda. An’anaga koʻra, vazirlikning Yuridik taʼlim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining yetakchi maslahatchisi Karimova Lolaxon Karimovna 2022-yilning fevral oyi uchun “oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

Lolaxon Karimova 1995-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Adliya tizimidagi mehnat faoliyatini 2001-yilda Fargʻona viloyati adliya boshqarmasining yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlab, uzoq yillar davomida tizimdagi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Lolaxon Karimova huquqiy taʼlim ahvolini tahlil qilish, uni takomillashtirish, huquq sohasida taʼlim ishlari uslubiy jihatdan taʼminlanishini tashkil etish, shuningdek huquqiy tarbiya va taʼlimning zamonaviy shakllarini joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishda oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda.

Adliya vazirligi jamoasi Karimova Lolaxon Karimovnani bunday eʼtirofga sazovor boʻlganligi munosabati bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish jarayonlari to‘liq elektronlashtiriladi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Vazirlar Mahkamasining litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish sohasini tizimlashtirish bo‘yicha qabul qilngan 3 ta qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

⚡️Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha kamaytiruvchi koeffisientlar qo‘llanilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bilan bog‘liq holatlar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Muhokamalarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tadbirkorlar manfaatlarini ifoda etmayotgani, xususan, mol-mulk solig‘i bo‘yicha kamaytiruvchi koeffisientlar qo‘llanmayotganligi bo‘yicha fikrlar bildirilgan.

Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq 2022-yil 1-yanvardan boshlab hududiy Kengashlarga yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha 1 kvadrat metr uchun belgilangan eng kam qiymatga tumanlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda 0,5 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koeffisientni qo‘llash vakolati berildi.

Ushbu masalar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlariga kamaytiruvchi koeffisientlarni yanada kengroq qo‘llash yuzasidan yuborilgan tavsiyalar natijasida, ko‘plab viloyatlarda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalar bo‘yicha kamaytiruvchi koeffisientlar qo‘llash to‘g‘risida qarorlar qabul qilinmoqda.

Mazkur vakolat doirasida xalq deputatlari, xususan Andijon (7), Buxoro (11), Jizzax (10), Qashqadaryo (12), Navoiy (6), Namangan (11), Sirdaryo (7), Surxondaryo (13), Farg‘ona (15) viloyatlari hamda Kengashlari tomonidan jami 92 ta tumanda yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha eng kam qiymatga 0,5 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koeffisientlarni qo‘llash masalasi muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilingan.

Ayni vaqtda bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Xayrli_tashabbus

⚡️Adliya vazirligi : ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, hayotga tatbiq etishga va hamkorlikka tayyor

Adliya vazirligida Davlat xizmatlari agentligi va “Ona” jamoat fondi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi va birgalikdagi ijtimoiy loyihani amalga oshirishga kelishib olindi.

Unga ko‘ra, davlat xizmatlari markazlarida “Ona” jamoat fondining “ezgulik qutilari” joylashtiriladi. Mazkur qutilar orqali yig‘ilgan mablag‘lar turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan, ko‘p farzandli ayollar va boquvchisi yo‘q yolg‘iz onalarni qo‘llab-quvvatlash va ularga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.

Mablag‘larni qabul qilib olish va ularni hisobga olish bo‘yicha maxsus nizom tasdiqlangan bo‘lib, fond tomonidan bu haqda jamoatchilikka axborot berib boriladi va mablag‘lar shaffoflik tamoyillari asosida sarflanishi ta'minlanadi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari