ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.85K videos
40 files
9.76K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Mutaxassis_sharhi

"Asoslimi... ?"

📹 Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikdagi yangi loyiha...

Uning ilk soni "Yo'llarimiz va yo'l infrastrukturasi insonlar uchunmi yoki...?" mavzusiga bag'ishlanadi.

👉🏻Batafsil

@adliyangiliklari
Toshkent davlat yuridik universitetining @kompromatuzb Telegram kanali tarqatgan xabarga
RADDIYASI

14-fevralda “Talabaning murojaati: “Toshkent davlat yuridik universitetdagi mantiqsizlik va adolatsizlik haqida!” sarlavhasi bilan tarqatgan xabar quyidagilarga ko‘ra asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblaymiz.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
📣 Adliya vazirligi tomonidan ilk bor “Eng yaxshi yuridik xizmat” respublika tanlovi e’lon qilinadi

Tanlovda tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar barcha davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari ishtirok etishlari mumkin.

✅ Tanlovda ishtirok etish uchun namunaga muvofiq anketa to‘ldirilib yurist@adliya.uz elektron pochtasiga joriy yilning 15-mart kuniga qadar yuboriladi.

Ishtirokchilardan hujjatlar (anketa) 2022-yil 15-fevraldan 15-martgacha yurist@adliya.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

📌 Tanlovda yakunlangan yil davomida amalga oshirilgan ishlar, ijobiy amaliyotlar inobatga olinadi.

🎁 Tanlov ishtirokchilarining hujjatlari ko‘rib chiqilib, joriy yilning 1-aprel kuni g‘oliblar Toshkent viloyatidagi “OLMOS” mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan final bosqichida sertifikat va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ayol xodimlar uchun navbatdagi seminar tashkil etildi.

“Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” loyihasi doirasida Respublika targ‘ibot guruhi tomonidan “Sanoat qurilish bank” ATB ayol xodimlari uchun xotin-qizlar huquqlari kafolati hamda ularga berilayotgan imtiyozlar mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv-seminari tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Xalqaro_OAV_biz_haqimizda

🇹🇷🗞 Turkiya matbuoti: O‘zbekistonda mulk huquqlari kafolatini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda

Anqarada joylashgan «RUSEN» tahliliy instituti rasmiy veb-saytida e'lon qilingan tahliliy maqolada mamlakatimizda mulk huquqlarini himoya qilish va sohada amalga oshirilayotan eng muhim islohotlar qalamga olingan.

Xususan, oxirgi besh yil mobaynida mulk huquqlari muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qator yangi huquqiy hujjatlar qabul qilinganiga ham alohida e'tibor qaratilgan.

«Bosh prokuratura va Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakiliga mulkdorning mulkiy huquqlari buzilgan taqdirda, jumladan, qonunga xilof ravishda cheklash yoki mahrum qilish holatlari aniqlanganda tezkor choralar ko‘rish topshirilgani — sohada mansabdor shaxslar tomonidan huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olishga qaratilgan muhim qadamdir», — deydi muallif.

👉Maqolani o‘qish

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan “Skeyt O‘zbekiston” assotsiatsiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi O‘zbekistonda skeytbording va roller sportini rivojlantirish va ommalashtirish, skeytbording va roller sporti bilan shug‘ullanuvchilar, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, skeytbording va roller sport turlari boʻyicha madaniy-maʼrifiy, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport tadbirlarini oʻtkazish, xalqaro sport aloqalarini kengaytirish hamda oʻz aʼzolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilishdan iborat.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi


@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston tentpegging federatsiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi tentpegging sport turini rivojlantirish
va ommalashtirish, sport orqali aholi, ayniqsa yoshlarni sportga, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, tentpegging hamda boshqa turdosh sport turlari bo‘yicha madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport tadbirlarini o‘tkazish, xalqaro sport aloqalarini kengaytirish hamda o‘z a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilishdan iborat.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Toshkent davlat yuridik universitetini strategik rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

TDYU Kuzatuv kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Kengash raisi, adliya vaziri Ruslanbek Davletov olib bordi. Unda Kengash aʼzolari, unversitet rahbariyati va talabalar ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Muhokma uchrashuvlari — samarali munozara va muloqot maydon

Bugun Adliya vazirligining mutassadi xodimlari hamda Toshkent shahridagi adliya bo‘limlari va yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari raxbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “E-qaror”, “E-huquqshunos” va “Yurist.adliya.uz” elektron tizimlarini hamda markazlarni tashkil etishdan maqsad, ularning vazifa va funksiyalari hamda kutilayotgan natijalar haqida so‘z bordi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari