ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.8K subscribers
25.5K photos
2.85K videos
40 files
9.76K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha audio podkast tashkil etiladi

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral—mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” deb e'lon qilingan.

Mazkur tadbir doirasida “Huquqiy axborot minbari” ruknida gender tenglik, oilaviy zo‘ravonlik va huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha audio podkast tashkil etiladi.

🎙Suhbat spikeri: Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Baymirzaevna Artikova.

⏰ Ovozli chat joriy yilning 4-fevral kuni soat 19:00da “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida boshlanadi.

📥 Savollaringizni ushbu 👉 havola orqali oldindan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.

Mazmunan bir biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Jomboy tuman adliya bo‘limiga 30 nafar fuqarolarga ish haqi to‘lanmayotgani bilan bog‘liq mazmunda murojaat kelib tushdi.

O‘rganish davomida xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarida 17 nafar laborant hamda 13 nafar xo‘jalik mudiri vazifasidagi xodimlarga ish haqi to‘lanmagani aniqlandi. Holat yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudga da’vo arizalari kiritildi.

Ish mazmunan ko‘rib chiqilib, budjet mablag‘lari hisobiga saqlanadigan tashkilotlarda band bo‘lgan xizmatchilarning ish haqini to‘lab berish uchun 97 mln 183 ming so‘m undiruv belgilandi.

Munis USMONOV,
Jomboy tuman adliya bo‘limi boshlig‘i.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari rivojlanmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston biatlon federatsiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi hududida biatlon sport turini rivojlantirish, ommaviylashtirish, biatlon bilan shugʻullanuvchilar, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda oʻz aʼzolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

1-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:
▪️ jismoniy va yuridik shaxslarga egalik qilish, doimiy foydalanish yoki vaqtinchalik foydalanish huquqi bilan tegishli bo‘lgan yer uchastkasi yoki uning bir qismi jamoat ehtiyojlari uchun olib ko‘yishga oid qat'iy tartiblar;
▪️jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan yer uchastkasi va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining huquq egalariga kompensatsiya berish tartib-taomillari.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Qonun loyihasining qabul qilinishi jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga yer uchastkalarini olib qo‘yish masalalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan yaxlit qonun bilan tartibga solishga, nizoli vaziyatlarni oldini olish va ushbu sohadagi nizolarni samarali hal etishga xizmat kiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Nodavlat notijorat tashkilotlarining “Ochiqlik indeksi”dagi natijasi

Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining shaffoflik standarti asosida 2021-yil yakuni bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlarining “Ochiqlik indeksi” natijasi e’lon qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya 776 million so‘m davlat mablag‘ining noqonuniy foydalanilishiga chek qo‘ydi

Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 2021-yilning oktabr oyida jami 18 ta 58 901 672 so‘mlik shartnomalar markazning huquqiy xulosalarisiz tuman G‘aznachilik bo‘limidan o‘tkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021-yil 24-noyabrda 10-23/1-165-sonli taqdimnoma kiritilgan va tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining 2021-yil 26-noyabrdagi 240-k-sonli buyrug‘i bilan hisobxona bo‘limi shartnomalar bo‘yicha hisobchisiga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_brifingi

📢 Bugun, 3-fevral kuni Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing o‘tkaziladi. Brifing UZREPORT va O‘zbekiston-24 telekanallarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda onlayn translyasiya qilindi.

📍Mavzu: Qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan

⏰ Vaqti: 12:00

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifingi

⚡️Bugun AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Adliya vazirligi faoliyatiga oid hamda boshqa masalalar bo‘yicha ko‘tarilgan savol va murojaatlarga javob berdi.

@adliyangiliklari
​#Открытая_юстиция

Что?

ОТЧЕТНОСТЬ Министерства юстиции
ПЕРЕД ОБЩЕСТВЕННОСТЬЮ

Беседа в формате открытого диалога и вопросов-ответов. Цель — обеспечение открытости и прозрачности деятельности Министерства юстиции, информирование общественности о его деятельности по итогам 2021 года и перспективных планах, получение фитбека (обратной связи) от населения и представителей медиа.

Министерство юстиции третий год подряд проводит проводит встречу с журналистами, блогерами и лидерами общественного мнения, открыто обсуждая существующие проблемы в системе и вызовы современности.

2022 год — не исключение. В ходе медиаивента с министром юстиции Русланбеком Давлетовым будет не только проанализирована деятельность ведомства, но и рассмотрены основные тенденции в обществе в правовой сфере. У журналистов будет уникальная возможность получить информацию и ответы на свои вопросы из первых уст.

Где?
г. Ташкент, ул. Сайилгох, 5
Онлайн-трансляция на страницах Министерства юстиции в социальных сетях

Когда?
7 февраля 2022 года, 11:00

@adliyangiliklari
​#Ochiq_adliya

Nima?

Adliya vazirligining
JAMOATCHILIKKA HISOBOTI

Ochiq muloqot va savol-javob tarzidagi suhbat.
Maqsad — Adliya vazirligi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta'minlash, uning 2021-yildagi faoliyati va istiqboldagi rejalarini keng jamoatchilikka yetkazish, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari bilan samarali qayta aloqani mustahkamlashdan iborat.

Adliya vazirligi tomonidan ketma-ket uchinchi yildirki, jurnalistlar, blogerlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida tizimdagi mavjud muammolar ochiq muhokama qilinadigan uchrashuv o'tkazib kelinmoqda.

2022-yil ham bundan mustasno emas. Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ishtirokida bo'lib o'tadigan media iventda nafaqat vazirlik faoliyati tahlil qilinadi, balki jamiyatda huquqiy sohadagi asosiy tendensiyalar ham ko‘rib chiqiladi. Jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladilar.

Qayerda?

Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 5
Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida onlayn translyatsiya qilinadi

Qachon?

7-fevral, soat 11.00 da

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Navoiy shahridagi umumta'lim maktabi o‘qituvchilari xalqaro toifadagi sertifikatga ega bo‘lsada ularga ustama haq to‘lab berilmayotgani yuzasidan adliya bo‘limiga murojaat qildi. Holat o‘rganilganda, shahar hududidagi 26 nafar rus tili o‘qituvchisiga jami 56 million so‘m ustama haqlari to‘lanmagani ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng, viloyat adliya boshqarmasi va tuman, shahar adliya bo‘limlari tomonidan viloyatdagii 7ta hududda xalq ta’limi tizimidagi mazkur holat monitoring qilinib, huquqni qo‘llash amaliyotini noto‘g‘ri talqin qilish oqibatida viloyatdagi S-1 darajaga barcha rus tili o‘qituvchilariga to‘lanmay kelinagan 700 millionga yaqin pul mablag‘lari undirib berildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yuristlar malakasini oshirish markazida yuriskonsult va advokatlar uchun malaka oshirish kurslari boʻlib oʻtmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Adliya vazirligining 2022-yil yanvar oyidagi eng yaxshi xodimi aniqlandi

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi jamoa orasidan eng yaxshi xodimni aniqlab, ragʻbatlantirib bormoqda. An’anaga koʻra, vazirlikning Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi Suxrob Joʻraqulovich Yusupov 2022-yilning yanvar oyi uchun “oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.

Suxrob Yusupov 2009-2018-yillar mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida turli lavozimlarda ishlagan.

Adliya vazirligidagi mehnat faoliyatini 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro va xorijiy tashkilotlarda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini huquqiy himoya qilish boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari – boʻlim boshligʻi lavozimidan boshlagan.

2020-yil 12-iyun kuni Adliya vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan hamda bugungi kunga qadar ushbu lavozimda samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Suxrob Yusupov davlat organlari va tashkilotlari hamda tadqiqot institutlari tomonidan siyosiy huquqiy soxaga oid xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasiga berilgan baxolarga sabab boʻlgan omillar va muammolarning kompleks oʻrganilishi, mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishi, shuningdek ularni amaliyotga tatbiq etilishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda.

Adliya vazirligi jamoasi Suxrob Joʻraqulovich Yusupovni bunday eʼtirofga sazovor boʻlganligi munosabati bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

@adliyangiliklari
⚡️"Tadbirkorlik sohasida ko'rsatiladigan davlat xizmatlari" mavzusida ovozli chat davom etmoqda.

🎙Suhbat spikerlari:

▫️Abror Maxsudov – Davlat xizmatlari agentligi mutaxassisi;

▫️Alisher Jumagulov – Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi
.

📹Suhbat TDYU huzuridagi Professional o‘qitish markazining Facebookdagi sahifasida online translyatsiya qilinmoqda.

@adliyangiliklari